8-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

701. Xitoyliklarning shunday falsafiy fikrlari mavjud: «Donishmandlarni xudo ikkinchi yuz bilan taqdirlaydi».
Xo‘sh «Ikkinchi yuz» nima?

Javob: Kal bosh

702. Ilf va Petrovning asari qahramonlari bir kuni oilada uni yo’qligidan (yetishmasligi sababli) janjallashib qoladilar. Shunda 1-qahramon hatto Lev Tolstoy ham bunday qilmaganini aytib fikrini isbotlamoqchi bo’ladi. 2-qahramon esa bo’lishi mumkin emas “Anna Karenina” va “Urush va tinchlikday asarni yozayotganda bunday qilmagan “Kreyser sonatasini” yozayotganida balki shunday bo”lgandir deydi. Savol qahramonlar o’rtasidagi janjal nimadan kelib chiqqanini toping?
Javob: Go’sht yeyish.
Bilamizki Tolstoy vegeterian bo’lgan. Asar qahramonlaridan biri esa Urush va tinchlik Anna Kareninaday asarlarni yozish qiyin va katta kuch talab qiladi deydi. Kreyser sonatasi esa hikoya hisoblanadi.

703. Ikkinchi jahon urushida AQSH bir guruh hindularni frontga olib keldi. Bu guruh “shamollar bilan gaplashuvchilar” deb nomlandi. Siz guruh nomidan kelib chiqib ularning vazifasini aniq ayting?
Javob: Ular shifrovka bilan shug‘ullanishgan. O‘zlarini tilida maxfiy xabarlarni jo‘natib turishgan.

704. Joan Rouling shunday deydi:
« Men o‘z farzandlarimga qarar ekanman, mening uchun ular mukammal emasdek go‘yo. Ularga har safar qaraganimda nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lamanu, ammo imkonim yo‘qligini tushunib yetaman».
Diqqat savol: Rouling nima haqida gapirmoqda?

Javob: O‘z asarlari

705. Karikaturalarning birida ikkita baliq tasvirlangan. Ular suv sathida bo‘sh baliq konservasini ko‘rib qolishadi va birinchisi boshqasiga «Qara kimnidir X i tushib qolibdi» demoqda . X ni xohlang bir xohlang ikki so‘zda ayting?
Javob: vizitka (tashrif qog’oz)

706. XIX – asrning o‘rtalarigacha Ularning soni uchta bo‘lgan. Lekin Italiyaliklar ko‘p spagettilar iste’mol qilishni boshlaganlaridan keyin ularni soni to‘rttaga yetdi. Ularni ikkita so‘zda yozib bering?
Javob: Vilka tishlari

707. Sayyohlar uchun chiqarilgan kitobchalarda u diqqatga sazovor joyga borish uchun bir hafta soqol olmaslikni maslahat berishadi. Aks holda u yerning o‘ziga xos xususiyatidan maza qilib bahramand bo‘lolmaysiz. Gap qaysi turistik joy haqida ketyapti?
Javob. O‘lik dengiz
Suvi judayam sho‘r bo‘lganligi sababli u yerga borishdan bir hafta oldin soqol olish tavsiya qilinmaydi. Soqol olayotganda qolgan arzimas tirnalgan/kesilgan joylarga ham dengizning o‘ta sho‘r suvi tegib achishtirib azob berishi mumkin.

708. Nyu York shahrida ko‘chalarga va yo‘l chetlariga ko‘plab taksafonlar o‘rnatilgan. Hozirgi kunda ularning mitti kutubxonaga aylantirilayotganini ko‘pchilik bilsa kerak. Taksafonlarning muomaladan chiqayotganiga asosan qo‘l telefonlarining ko‘payib ketgani emas balki “U” ning yo‘kligi ekan. Savol nima Nyu Yorkdagi taksafonlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda?
Javob: Tanga

709. 1967-yilda Kanadaning Sent Pol shahrida birinchi marta ular uchun qo‘nish maydoni ochilgan. Lekin hali xanuz birortasi kelmagan. Ularni toping?
Javob: Noma’lum uchar jismlar. NUJ

710. Multik ko‘radiganlar oramizda yo‘q emas albatta .Bu mulqahramonni ismini eshitib ,har kuni ishlatadigan X ni nomi shundan olingan ekanda deb qo‘ydim . X ni asosan ayollar ishlatishidan kelib chiqib multqahramon va X ni nomini bir so‘zda ayting?
Javob : ARIYeL
(Rus qizi nomi va kir yuvish kukuni)

711. Amerikalik fermerlar pul ishlashni antiqa yo‘lini o‘ylab topishgan ekan. Ular makkajo‘xori bo‘yi 2 metr bo‘lguncha o‘stirar ekan. So‘ng hosilni yig‘ib olishib, poyalarini qoldirib bir o‘yin tashkil qilisharkan, Savol o‘yin nomini toping?
Javob: Labirint

712. Qadimda bir podshohlik saroyi yonida ko‘l bo‘lgan. U ko‘lda podshohning buyrug‘i bilan timsohlar boqilgan. Ba’zida podshoh timsohlarni ko‘ldan uzoqroqqa haydab bir ish qilgan.
Savol: Podshoh timsohlarni haydab ko‘lda qanday ish qilgan?

Javob: Podsho ko‘lda o‘zining xazinalarini saqlagan. Xazinani olish yoki qo‘yish maqsadida timsohlarni uzoqroqqa haydagan. Timsohlar xazina qo‘riqlash vazifasini bajargan

713. Soch, pilla, o‘rgimchak tolalarining vazni, ingichkaligi va pishiqligi shu o‘lchov birliklarida o‘lchanadi?
Javob: Denye

714. 1968-yili Shvedsiya markaziy banki «Riksbank»ning 300 yilligi munosabati va Nobel xotirasiga chuqur ehtirom yuzasidan U soha bo‘yicha ham mukofot ta’sis etildi?
Javob: Iqtisodiyot

715. U xalq ijodi romantikasi va fantaziyasidan, folklor obrazlaridan keng foydalangan holda «Yetti boshli dev» asarini yozgan?
Javob: Sadriddin Ayniy

716. Avesto kitobida «Apoxtar» so‘zi uchraydi. Xo‘sh u qanday tushunchani ifodalaydi?
Javob: Do‘zax

717. Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston va O‘zbekiston- birgalikda dunyodagi 65% X yetishtirar ekan?
Javob: Paxta

718. Inglizlar uni « Yalqov sakkiz» deb atashadi?
Javob: Cheksizlik belgisi♾

719. 1996 – XIV
1995– X
1994– XIV
1993 – X
Ushbu yillar va asrlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni topgan bo‘lsangiz 1991-yilga tegishli asrni yozib bering.

Javob: XV
Gap bu yerda yurimizdagi yillar nomi haqida ketayotgan edi. XV-asr Alisher Navoiy 1441-yil)

720. Abulfayzxon» fojiasida «Eng qop-qora saodat sensan» deya unga qarata aytilgan?
Javob: Taxt

721. 1997-yilning 4-avgustidan keyin NASAning internet saytiga 220000000 ga yaqin kishi tashrif buyurdi. Ularning maqsadi nima edi?
Javob: Mars sayyorasining rasmlarini ko‘rish uchun.
(Mars Pathfinder sun’iy yo‘ldoshi tomonidan uzatilgan)

722. 1917-yilda fransuz zargari Mishel Shabilion uni Fransiya uchun yasab bergan. 1958- yili esa butun Yevropa uchun?
Javob: Futbol bo‘yicha Fransiya va Yevropa kubogi

723. «Salomon va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon» va «Yusuf qissasi» asarlarini U yozgan?
Javob: Ibn Sino

724. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»da Mavlono Lutfiyni shunday ta’riflaydi?
Javob: Malikul-kalom So‘z podshosi)

725. Ularni birinchi bo‘lib 1947-yilda tog‘larda amerikalik tadbirkor Arnold ko‘rgan. O‘sha paytlardan beri ularni AQSHning o‘zida 8000 ga yaqin odam ko‘rgani haqida ma’lumotlar bor. Ular-?
Javob: Uchar likopchalar

726. Undan kinofotoplyonka ishlab chiqarishda, balzamlashda, anatomik va zoologik preparatlarni saqlashda va antiseptik fiksatror sifatida foydalaniladi?
Javob: Formalin

727. U gollivud, ko‘zoynakli, tuxumli, gurunchli va xatto mono bo‘lishi mumkin. U-?
Javob: Dieta

728. «Hayot-o‘lim, ha-yo‘q, 0-1» Bu prinsip bo‘yicha triggerlar ishlaydi. XX-asrning 20-yillarida ularni «triggerlar» deb atashgan?
Javob: Yollanma qotillarni

729. Qaysidur amerikalik millioner o‘limi oldidan o‘z pullaridan ma’lum bir foizini jiyaniga, u universitetda o‘qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan so‘ng jiyani Ginnes rekordlari kitobiga kiritilishi arzigulik o‘ziga xos rekord o‘rnatgan. Qanaqa rekord?
Javob: Jiyani vafot etgunicha universitetni tugatmagan

730. Tirik jonzot bo‘lmagan yagona burj vakili bu-?
Javob: Tarozi

731. Bu hayvon nomining tarjimasi «O‘lganlarning ruhi»?
Javob: Lemur

732. Qadimgi Yunonistonda falsafa va notiqlik ilmidan pullik saboq beruvchilar shunday nomlangan?
Javob: Sofistlar

733. Sudanda begemot, Hindistonda sigir, Laosda fil qanchalik e’zozlansa, bu mamlakatda timsohni shunday e’zozlashadi. Hatto uni davlat gerbiga ham tushirishgan. Xo‘sh qaysi davlat?
Javob: Lesoto

734. Bu keng tarqalgan ibora birinchi marta Genrik Ibsenning “Greda Gabler” dramasida ishlatilgan?
Javob: Sevgi uchburchagi

735. Uni sharafiga Oydagi krater, Karl Linney tomonidan bir o‘simlik turi va IBM kompaniyasi kardiogramma tadqiqoti dasturi nomlangan. Unga atab ko‘yilgan xaykal, yodgorliklarni esa Riga, Dushanbe, Ankara, Xamadon va Buxoroda ko‘rish mumkin?
Javob: Ibn Sino

736. Lotinchada “baland talaffuz qilaman” deb ayting?
Javob: Intonatsiya

737. 2013-yilda AQSHning bu shtati oxirgi bo‘lib rasmiy qullikni bekor qilgan, shtat nomi “katta daryo” ma’nosini beradi?
Javob: Missisipi

738. 1930-yillarda u Edinburg universiteti rektori bo‘lib ishlagan va ajdodlari haqida «Marlboro, uning hayoti va davrlari» nomli ko‘p tomli asar ham yozgan?
Javob: Uinson Cherchill

739. Ushbu atamaning fanga kirishiga 1973-yil 23-avgustda qamoqdan qochib, bankni o‘marmoqchi bo‘lgan Yan Erik Uilson bilan bog‘lashadi?
Javob: Stokgolm Sindromi

740. U haqidagi dastlabki ma’lumotlarni 712 va 720-yillarda yozilgan «Kodziki» va «Nihongi» to‘plamlarida uchratish mumkin. Bu to‘plamlar esa aslida Xitoy madaniyati, afsonalari va falsafasi asosida yozilgan?
Javob: Sintoizm

741. Titsianning bu o‘quvchisi o‘zining «Odam Ato va Momo Havoning gunohkorligi», «Yelenaning o‘g‘irlanishi» kartinalari bilan mashhur bo‘lgan, taxallusi «Kichik bo‘yoqchi» ma’nosini beradi?
Javob: Tintoretto

742. «O‘qotar va chaqmoq» so‘zlarini Syeylonchada ayting?
Javob: Anakonda

743. 1893-yil 2-yanvarda Lui Dagger uni birinchi marta suratga tushirib, birinchi astrofotografiyani yaratgan. Lekin shu kungacha yerdan uni to‘lik suratga tushura olmaymiz?
Javob: Oy

744. AQSHlik Uilyam Felps Ino 1903-yilda birinchi marta bu qoidalarni ishlab chiqqan?
Javob: yo‘l harakati qoidalari

745. 1997-2001 yillarda u Stenford Universitetida o‘qib yurganida o‘q o‘tkazmaydigan oynali xonada va doimo 25 ta tansoqchi himoyasida yashagan. 2010- yili tibbiyot sohasida magistr darajasiga yetgan?
Javob: Chelsi Klinton

746. Volter unga shunday ta’rif bergan: “Bu qachonki tinglovchi so‘zlovchini gaplarini tushunmasa, so‘zlovchi esa o‘zi aslida nima deganini anglamagan xolat”?
Javob: Falsafa

747. U asli 1910-yili Turkistonda tug‘ilgan .«Surat» lirik qissasi bilan lirik doston janrining rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Qirg‘iz eposi «Manas», Shota Rustavellining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
Javob: Mirtemir

748. Bu mashhur tenor 3500 dan ortiq taqdimotlarda, 140 dan ortiq opera partiyalarini ijro etib o‘ziga hos rekord qo‘ygan.Pavorotti va Kareras bilan birga 4 ta jahon chempionatida konsert qo‘ygan?
Javob: Plasido Domingo

749. Kolumbiya bosh aeroporti shu afsonaviy shahar nomi bilan ataladi?
Javob: Eldorado

750. 2013-yilgi jahon chempionatida 2 daqiqa ichida 108 zarba yo‘llanib bu o‘yindagi bir ochko olish uchun sarflangan rekord muddat yangilangan?
Javob: Badminton

751. “Har bir ko’chada ikkitadan non do’koni,bir juft shirinliklar do’koni,ikkita pivo bari va ko’plab magazinlar bo’lishi lozim,asosiysi ularning hammasi xususiy bo’lishi kerak.” degan edi Vatslav Gavel.
Savol ushbu atama bilan u qaysi davlat Prezidenti ekanligini bildirgan?

JAVOB: Chexoslavakiya.

752. Polshadagi ushbu tunelga kiraverishda nimaning reklamasini ko’rish mumkin?

Javob: changyutgich

753. Savol:Ikkita shunday son borki uni harf bilan yozsangiz ham raqam bilan yozsangiz ham bir xil miqdorda sifr ishlatiladi. Bular qaysilar?
JAVOB: 100-Yuz
va 1000-Ming

754. Anna ismli qizning Sotsial tarmoqqa yozgan statusidan: “Kutilmaganda U mening qo’limga kelib tushdi va men U ni o’zi kelgan tarafga qayta uloqtirdim. Menga bunday ko’ngilsizliklar kerak emas!”. Diqqat Savol Annaning qo’liga kelib tushgan.U ni ikkita so’z bilan ayting?
Javob: Kelinlik guldastasi

755. Buyuk Britaniya qirollik oilasida to’y munosabati bilan ishlangan suvenirlarida kelin va kuyovning ismlarining bosh harflari o’rin oladi. Dastur bo’yicha kuyovning ismi kelinnikidan oldin kelishi kerak. Lekin shaxzoda Willyam va Keyt Middlton larning to’yida ular buning teskarisini qilishadi. Sababi sifatida ushbu qisqartmani aytib o’tadi. Nega ular bunday qarorga kelishadi?
Javob: WC qisqartmasi sabab.
Angliyada bu qisqartma water closet ya’ni hojatxona ma’nosini anglatgan, shuning uchun ular CW qilib ismlarini joylashtirgan

756. Boshqurdistonning avvalgi prezidenti M.Raximov mamlakatdagi har xil inshootlar, sport maydonchalari, imoratlarga ma’lum bir vaqtda borishni xush ko’rgan. Shu sababli unga xalq norasmiy bir laqab qo’ygan.
Savol: Qanday laqab?

Javob: Otkirvalka ya’ni ochqich

757. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik yoshlarimiz turli xil mavzularda “STATUS” yozishlari hammamizga tanish odatiy holdir
Bir qiz statuslarini birida ezgulikka yo‘l haqida bir iborani kiritadi. Birgina imloviy xato esa ibora mazmunini o‘zgartirib yubordi ya’ni qizni erga tekkisi kelgan degan xulosalar bo‘ldi.
Siz esa o‘sha iborani yoki iborani biroz o‘zgargan xolatini ayting?

Javob: ErTaklar yaxshilikka yetaklar
O‘zgartirilgani:
ErKaklar yaxshilikka yetaklar

758. Qizlarni turmushga tayyorlayotgan Onalar uchun qadimiy maslahat kitobidan parcha:”Qizim rashkdan saqlangin.Turmush o’rtog’ingga tez tez tanbeh qilishni ehtiyot etma! Chunki tanbeh nafrat uyg’otadi.Keyin o’zingga oro berib yur!Buning uchun eng yaxshi vosita surmadir.Yana xushbo’y atirlardan foydalan” deb shunday atirni tasviya qiladi.Momolarimiz eng yaxshi atir deb nimadan foydalanishni maslahat berishgan?
Javob: Suv-eng yaxshi atir bu oddiy suvdir. Chunki suv barcha atirlarning ota-onasi.

759. 1995-1998 yillarda Rossiya jurnallarida chiqqan latifalarning ko’pchiligi ULAR haqida ekan. ULAR haqidagi latifalar ushbu yilarda nashrdan chiqqan jurnallarning 47% ni tashkil qilgan. Diqqat savol ushbu yillardagi latifa qahramonlarini toping?
Javob: Qaynonalar

760. Germaniyada “Unschit” nomli restoran mavjud bo’lib, uning nomi “ko’rinmas” deb tarjima qilinadi. Restoran nomining bunday qo’yilishiga 2 ta sabab mavjud. Birinchisi barcha xizmatlar qorong’uda amalga oshiriladi. Ikkinchisini siz bizga yozib berasiz?
Javob: Ko’rlar uchun

761. Spartaliklar bir jang paytida Afinadan yordam so’raydi. Afinaliklar bunga javoban atigi ikki kishi yuborishadi. Spartaliklarning jangda g’alaba qilishiga shu ikki kishi ulkan hissa qo’shgan. Diqqat savol: Bu odamlar kimlar?
Javob: Musiqachilar.
Ular jangchilarning jangovar ruhini oshirgan

762. Tarqatma materialni tarqatolmaymiz, shuning uchun ta’riflab beramiz.
Rasmda ikkita 12, 13 yoshlardagi qizchalar, ularning peshonasida sochlari qaychida kesib olingan, kal. Boshining boshqa qismida sochlari yaxshi o‘sib turibdi.
Endi savol: Bu rasmlarni qo‘ygan kompaniya nimani reklama qilyapti?

Javob: Xubba Bubba saqichlari. (jvachka)
Izoh: Rezinka katta pufak bo‘lib peshona sochlariga yopishib qolganda qaychi yordamida ajratib olingan.

763. «Dadasi Eshmat qayerda ekan?»
«X daman deyapti» Suhbatni eshitib turgan 4 yoshli bolakay suhbatga aralashdi «Dada Eshmat kap- katta odam bo‘lsa birovni X ida nima qiladi???»
Savol: Bolakayni ajablantirgan X o‘rnidagi shahar nomini toping?

Javob: Sochi shahri.
Suhbatda Sochidaman deb aytgan kap- katta odam birovni sochida bo‘lishi mumkinmas axir))

764. U yigitlarga mavqe qizlarga ism – eng qizig‘i u qizlarga mavqe bo‘lolmaydi yigitlarga esa ism bo‘lolmaydi Savol: uni ayting?
Javob: SHAHZODA

765. «O‘g‘lim so‘nggi paytda matematikadan juda bo‘shashib ketding, mana isboti bugunam ikki obsan?!» «Dada nahot tushunmaysiz men bu ma’lumotni o‘qigach umuman xafsalam pir bo‘lgan matematikadan» Savol: O‘g‘il qanday ma’lumot o‘qigan edi?
Javob: Matematiklarga Nobel berilmaydi

766. Faraz qiling ular xuddi sohil. Sohillar bir nechta xolatdan faqat uchta xolatda birlashadi. Savol: O‘sha uchta xolatni topishga urinib ko‘ring?
Javob: P, B, M xarflari.
Soxillar esa lablar edi

767. Yozning issiq kuni hovli..
Ota o‘g‘liga o‘rgatyapti: «Ko‘ryapsanmi o‘g‘lim anavi olomonni? Bir necha yuz o‘zimizga o‘xshaganlar. O‘sha yerga bora ko‘rma, borsang tamom o‘lasan, qiziqib borganlar qaytolishmayapti » Savol: Bu suhbat «kimlar» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi?

Javob: Ota bola pashshalar.
Gap shundaki borgan pashsha doriga yopishib qolaveradi.

768. Parisatida Statira va … ?
Ular o‘zi uch kishi, uchinchisi bu ikkisidan mashhurroq va go‘zalroq. O‘sha uchinchisini ismini ayting?

Javob: Roksana.
U va yuqoridagi ikkovi A. Makedonskiyning rafiqalari edi

769. Savol.Ro’yhatga e’tibor bilan qarang!
Fransuz qirollari Fransisk II
Karl IX
Lyudovik XIII
Bu buyuk shaxslarni bir narsa bog’lab turadi.
Savol Nima?

Javob: Sil kasaligidab vafot etishgan

770. Savol.Ular haqida gap ketganda amerikaliklar shunday deydi:”Ular ovdan rohatlanadi-yu,ammo ovlagan jonzotining go’shtini yemaydilar”.Benjamin Franklin ular haqida juda qattiq fikr bildirgan “Ular hali mukammal jonzotga aylanishmagan”. O’zbek xalq maqolidagi “Yarim qaychi hech narsaga yaramaydi” degan maqoli ham aynan shular haqida.
Savol Ular kimlar?

Javob: Bo’ydoqlar

771. «Savolni javobini topay dedingiz -…. », Gol bo‘lay dedi… shtanga», «Yiqilay dedingiz yiqilmadiz –»
Savol shu iboralarni yozuvchi kitobida bir so‘z bilan ifodalaydi. Biz o‘sha so‘zni tikuvchilardan olganmiz. Xo‘sh qaysi so‘z?

Javob: BAHYA
«Bir bahya qoldi» iborasini hammamiz bilamiz.
Tikuvchilikda esa bahya bu chok orasi kichik o‘lcham.

772. U beriladi olinadi, ba’zan pulga sotilishi ham mumkin. Insonlar o‘rtasida unga kimdir vaqtida zor bo‘lishi mumkin, kimgadir esa ba’zan tekini ham yoqmaydi. Uni miqdorini qanday o‘lchash mumkinligini bilmadimu, ammo mashhur o‘zbek spektaklida bir personaj uni og‘irlik o‘lchovida ya’ni grammda o‘lchaganini eshitganman. Savol gap nima haqida?
Javob: MASLAHAT
Izoh: Kelinlar qo‘zg‘oloni spektaklida Ma’mur «aka 100 gramm maslahat bervoring» degan jumlalari barchangizga tanish bo‘lsa kerak.

773. Ushbu rasmlardan foydalanib so‘roq o‘rniga yashiringan javobni ayting?

Javob: Sfinks

774. Dengiz bo‘yida joylashgan qadimiy Pergam shahrida bir lavozim egalari bo‘lib, ular ma’lum bir vaqtda bozorlarni aylanishadi va rastalardagi baliqlarning dumini uzib chiqishadi. Diqqat savol: Bunday ko‘zlangan maqsad nima bo‘lgan?
Javob: Bunday lavozim egalari nafaqat Pergam, balki dengiz atrofida joylashgan shaharlarning ko‘pchiligida bo‘lgan. Ular kun oxirlagan paytda bozorlarda kun davomida sotilmay qolgan baliqlarning dumini uzib chiqishadi. Bundan ko‘zlangan maqsad, savdogarlar ertasi kuni sotilmay qolgan baliqlarni xaridorlarga “bugun tutib keltirilgan baliq”, deya sotmasligi uchun.

775. AQSHlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort, Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni bir umumiylik bog’lab turibdi. Bu qanday bog’liqlik?
Javob: Bu insonlar katta dubulg’ani qo’lga kiritganlar. Bularning barchasi tennischilar.

776. Shahar nomlarini yozib oling: Xenchen, Yanchi, Anbyan, Finchjen, Yanchas… ularni nima birlashtirib turganligini yozib bering?
Javob: Buyuk xitoy devori

777. Mexmonxonani shifoxonaga aylantiruvchi belgi qaysi?
Javob: qizil xoch

778. Oshxonani anglatuvchi belgida aynan qaysi ikki predmet tasvirlangan?
Javob: Vilka va pichoq

779. Dam olish joyini anglatuvchi belgida qaysi daraxt tasvirlangan?
Javob: archa daraxti

780. Sizlarning har biringiz shubhasiz unga egasiz, kimdadir ko‘proq, kimdadir kamroq. Bunga bizda unchalik e’tibor berilmaydi. Lekin AQSh da uning yordamida armiyaga yoshlarni saralab olishadi. Albatta bo‘lajak vatan himoyachisi uchun uning qanchaligi katta ahamiyatga ega. Bilimdonlar uchun ham bu ahamiyatli ekanligini hisobga olib uni nimaligini ayting?
Javob: IQ

781. Men birinchi marta u bilan 16 yoshimda tanishdim. U bilan oz emas, ko‘p emas 10 yil birga bo‘ldik. Keyin u meni vaqtinchalik tark etdi. Biroq hijron uzoqqa cho‘zilmadi, oradan 3 hafta o‘tib biz yana diydor ko‘rishdik. U endi boshqacha, o‘zgacha edi. Biz yana 20 yil u bilan birga bo‘ldik. Buni qarangki, yana ayriliq. Bu ayriliq ham uch haftaga cho‘zildi va biz yana diydor ko‘rishdik, endi ajralmas bo‘lib, umrbod birga qoladigan bo‘lib uchrashdik. Mening bu beqaror va sodiq do‘stimni ayting?
Javob: Pasport

782. “To‘maris o‘yinlari” festivalida xalq milliy harakatli o‘yinlari “Otib qochar”, “Otishma”, “Tortishmachoq”, arqonda sakrash, to‘p uloqtirish, qo‘l kuchini sinash kabi musobaqalar bo‘ladi. Ushbu festivalilk marotaba Jizzah shahrida nechanchi yili bo‘lib o‘tganligini ayting?
Javob: 1999 yil – Ayollar yilida. Musobaqada faqat ayollar ishtirok etishadi.

783. Brassica rapa ni chiqarish uchun avval 3 ta Homo sapiens, so‘ngra Canis familliaris, Felis catus ovora bo‘lishdi, nihoyat Murinae vakili kelib ishni oxiriga yetkazadi. Endi ularning barchasi qanday sho‘rva ichishlari mumkin?
Javob: Sholg‘om sho‘rva.
Izoh: Bu yerda sholg‘om, 3 ta inson ya’ni, chol, kampir, nevara hamda it, mushuk va sichqonning lotincha ilmiy atalishi keltirilgan.

784. O’zbekiston hududida ular dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan. Hozirda esa u yerlarda kishilar to‘rttala faslda ham hayot kechirmoqdalar?
Javob: Qishloqda

785. U shoti, tegarchik va o‘q kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Uning ot, tuya, ho‘kiz, eshakka mo‘ljallangan turlari bor. Uning odamga mo‘ljallangan turi qanday atalishini ayting?
Javob: Riksha.
Izoh: Gap bu yerda arava haqida ketmoqda

786. O’zbek maqolida birinchi ishni qilgan – katta suv havzasiga, ikkinchi ishni qilgan esa, tozalangan qamish cho‘pidan to‘qilgan to‘shamaga o‘hshatiladi. Endi siz menga ikkinchi va birinchi ishni bir vaqtning o‘zida bajaradigan kishilar shug‘ullanadigan sport turini ayting?
Javob: Shaxmat.
Izoh: Shaxmat bilan shug‘ullanuvchi shaxmatchilar o‘tirib yurishadi. Maqol esa, “Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra”.

787. Diqqat qora quti! Mashhur “Ming bir kecha” asaridagi “Kanizak Tavaddud hikoyasi” da unga shunday ta’rif beriladi: “Qochoq bo‘lmasa ham zanjirband qilingan, o‘g‘ri bo‘lmas ham bog‘langan, urushda bo‘lmas ham nayza urilgan, jarohatlangan, ammo mushtlashish vaqtida emas, kechasi xotinidan ayriladi va kunduzi qo‘yniga oladi”. Qora qutida nima bor?
Javob: Tugma

788. Koreschada: aniosiyo. O’zbekchada nima?
Javob: Salom

789. Hammaga ma’lumki kostumlarni yengida 3ta tugma qadalgan. Diqqat savol : Nima sababdan?
Javob: Agar hozir Kimni egnida bo’lsa sinab ko’rishi mumkin .
Yuzini(burnini) kostum yengiga artmasligi uchun Gitler o’ylab topgan ekan

790. Bilasiz, shimol taraflarda qish qattiq keladi. Qarg‘alar qishda biron daraxt shoxlariga gala-gala qo‘nib tunashadi. Qishda qarg‘alar tunagan ayrim mo‘rtroq daraxt shoxlari bahorga chiqib qurib qolish hollari kuzatiladi. Sovuq urib ketadi. Aytingchi, nima uchun bu shoxlar qurib qoladi?
Javob: Qarg‘alar gala-gala bo‘lib shoxlarga kechqurun qo‘nib, ertalab uchib ketadi. Bu shoxlar kechasi ular taftidan qiziydi, kunduzi muzlaydi. Bu hol surunkali ravishda takrorlanavergach, o‘sha shoxning o‘sish jarayoni buziladi va bahorga kelib asta-sekin quriy boshlaydi

791. Lukoyl kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan Yuliya Sergunina qanday sharafli titulga ega bo‘lganini 2 so‘z bilan ayting?
Javob: Benzokolonka malikasi

792. Ma’lumki grek mifologiyasida Prometey xudolardan olovni o‘g‘irlab odamlarga keltirib beradi. Bunga o‘xshash afsona Keniya qabilalarida ham bor. Unga ko‘ra bir yosh yigit osmonga ko‘tarilib xudolarni yengadi va odamlarga uni keltiradi. Diqqat savol nimani?
Javob: Yomg‘ir
Izoh: Afrika uchun yomg‘irdan boshqa nima ham olov kabi zarur bo‘lardi?

793. Rolls Royce zavodlarida avtomobilllar hali hanuz faqat inson mehnati bilan yig‘iladi va avtomat-robotlardan foydalanilmaydi. Bu zavodga tashrif buyurgan bir jurnalist yuqoridagi faktni ta’kidlar ekan, zavodga kirishingiz bilan IKS e’tiboringizni tortadi deb yozadi. Bunday zavodlar uchun IKS noodatiy. Diqqat savol: IKS nima?
Javob: Sukunat, jimlik.

794. Shimoliy Amerika hindulari uchun u idish-tovoq , uy, kiyim kechak, oziq-ovqat vazifasini o’tagan u nima?
Javob: Bizon

795. O T T F F S S bu harflar ketma-ketligi nimani bildiradi.?
Javobi: Ingiliz tilida: 1,2,3,4,5,6,7 .

796. Yaponlar maqolini to‘ldiring:
“Yaxshi er doim sog‘lom bo‘ladi va …… bo‘lmaydi”.

Javob: Yaxshi er doim sog‘lom bo‘ladi va uyda bo‘lmaydi.
Izoh: yaponlarda uyda bo‘lmaydigan er yaxshi er hisoblanarkan. Bizda teskarisi shekilli 🙂

797. Tadqiqotchilar fikricha, “qo‘lqop”dan ko‘pincha siyosiy arboblar foydalanishar ekan, do‘stona va halol munosabatlarini isbotlash maqsadida. Hayotda esa bunday “qo‘lqop”ni odatda faqat o‘zingizga yaqin bo‘lgan insonlargagina ishlata olasiz. Diqqat savol, marhamat qilib ushbu “qo‘lqop”ni ko‘rsatib bering?
Javob: Suhbatdoshning qo‘lini ikkala qo‘l bilan qisib qo‘yish.

798. A,K,Q,J… qatorni davom ettiring?
Javob: 10.9.8…. karta

799. Sigirda-4, cho’chqada-8, tipratikanda-10, yaguarda-11,kurshapalakda-20
Xo’sh bu ko’rsatkich insonda nechaga teng?

Javob: uxlash vaqti.
Bu ko’rsatkich insonda 7-8 soat

800. Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo’ng’iroq qilmagan. Nima uchun?
Javob: Ular kar bo’lishgan