18-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1701. 1955-yil AQSH da tamaki faqat 25 sentlik qabul qiladigan avtomat mashinalarda sotilgan va bir quti tamaki 23 sent turgan.
Savol: Ishlab chiqaruvchilar 2 sent qaytimni iste’molchilarga qaytarish uchun qanday yo’l tutishgan?

Javob: Sigaret bilan 2 sent qoʻshib qadoqlangan!

1702. O’rta asrlarda Xitoyda sudyalar aynan bir maqsad bilan qora ko’zoynak taqishgan.
Savol: maqsadni maksimal aniqlikda ayting?

Javob. Qanday hukm o’qilishini ko’zlaridan o’qib olmasliklari uchun!

1703. Bir xazil videorolikda keltirishicha Fransiya va Italiyada koronavirus pandemiyasini yengish maqsadida tibbiyot xodimlari o’z o’rnilarini (bir asar qaxramonlariga) “ULAR” ga bo’shatib berishmoqda ekan.
Vaziyat qaltis ekanini inobatga olib “ULAR” ni bir so’zda yoki asarni ikki so’zda aniq ayting.
Javobni topishda sizlarga Turk seriallari yordam berishi mumkun?

Javob: Mafiya

1704. Mantiqan oʻylab oʻqituvchi va oʻquvchilar qanday hodisani kuzatishayotganini aytib bering?

Javob: Quyosh tutilishi

1705. Turkiyalik bu “Ayol” ilk tug’ilgan paytida yahudiy bo’lgan. Keyinchalik u San’atning bir turiga o’zini urdi. Bu yil dunyo koronavirus bilan kurashayotgan bir paytda, Turkiya prizdenti yordami bilan u “ayol” islom dinini rasman qabul qildi.
Savol: “Ayol” ismini ikki so’zda aniq ayting?

JAVOB: Ayo Sofya (Avliyo Sofiya)
532-537 yillarda qurilgan ibodatxona. Keyinchalik muzey sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Joriy yilning may oyida keskin tortishuvlarga qaramay iyun oyida Jome (Masjid) ga aylantirildi. Ilk namoz 24-iyulda nasb

1706. Me’mor Sinon posho boshchiligida qurilgan Sulton Sulaymon masjidining qiziq bir siri bor edi. Me’mor Sinon posho Sulton Sulaymon masjidini qurish davomida uzoq o‘lkalardan tuyaqush tuxumini olib keltirib, qandillar orasiga qo‘ydirgan ekan. Tuxumning qandillar orasiga qo‘yilishining sababi nimada kim biladi?

Javob: Urushlarda Istanbul boy berilganida Masjiddan boshqa maqsadlarda foydalanmasliklari uchun
Yaxudiy yoki Nasroniylar Istanbulni bosib oladigan bo’lsa Tuxumlarni teshib qo’yish reja qilingan. Eskirgan tuxumlar yaqin qurilgan qandillar yorug’ida isib ozidan badbo’y xid taratadi deb xisoblagan.

1707. Vodorod bombasi yana qanday ataladi?
Javob: Termoyadro bombasi

1708. Salomalaykum o’simligining ikkinchi nomi nima ?
Javob: Hilol

1709. Genetik Tomas Morgan o’z tajribalarida foydalangan meva pashshasi qanday ataladi?
Javob: Drozofilla

1710. Hayvon yog’lari odatda qattiq holatda bo’ladi, qaysi hayvonning yog’i suyuq bo’ladi?
Javob: Baliq Yogʻi

1711. Qonun belgilagan hollarda oilaning bir a’zosi tomonidan boshqa bir a’zosi yoki a’zolarini moddiy ta’minlash uchun majburan to’lanadigan mablag’ nima ?
Javob: Aliment

1712. Aleatiko qaysi mevaning navi hisoblanadi?
Javob: Uzum

1713. Tili taxlangan holatda turadigan va faqat harakatlanayotgan o’ljani tuta oladigan hayvon qaysi?
Javob: Baqa ( qabul: Qurbaqa )

1714. Aleut orollari qaysi davlatga tegishli?
Javob: Aqsh

1715. Tiriklikning eng kichik tuzilish darajasi nima?
Javob: Hujayra

1716. Dunyodagi eng katta suv ombori qaysi ?
Javob: Bratsk

1717. Qisqa_Savollar
1-savol:
Eng shovqinli stadion deb qaysi jamoaning stadioni topilgan?
Javob: Galatasaray

2-savol:
Qaysi futbol jamoasini binafshalar deb ham atashadi?
Javob: Fiorentina

3-savol:
AQShda futbol qanday nomlanadi?
Javob:Soccer

4-savol:
Futbolda eng tezkor penta-trik kimga tegishli?
Javob: Robert Levandovskiyga (9 minut)

5-savol:
Yildirim Boyazid qo’shini askarlari qanday atalgan?
Javob: Yanicharlar

6-savol:
Qaysi nemis qiroli “qizil soqol” deb atalgan?
Javob: Fridrix Barbarossa

7-savol:
O’rta asrlarda Skandinaviyada yashagan qo’rquv bilmas dengizchilar qanday atalganlar?
Javob: Vikinglar

8-savol:
Abbosiylar halifaligining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
Javob: Bog’dod

9-savol:
Enterit qaysi organning kasalligi?
Javob: ingichka ichak

10-savol:
O’z-o’zini tiklay olmaydigan yagona a’zo?
Javob: tish

11-savol:
Odamda qon ivishi buzilishi?
Javob: gemofiliya

12-savol:
Tomoq shilliq qavatining yallig’lanishi?
Javob: rinit

13-savol:
Vodorodning eng kamyob izotopi?
Javob: tritiy

14-savol:
Qarta qirollaridan chillik qirolga kim asos qilib olingan?
Javob: Buyuk Karl

15-savol:
Ilk audiopleyerni qaysi kompaniya chiqargan?
Javob: Sony

16-savol:
Ilk marta ovozli kino qaysi davlatda yaratilgan?
Javob: Fransiyada

17-savol:
“Utopia” asarining muallifi?
Javob: Tomas Mor

18-savol:
“Boburnoma”da “Baldai mahfuza”- qo’rg’on shahar deb qayer tilga olinadi?
Javob: Samarqand

19-savol:
Bolalar yozuvchilariga beriladigan eng oliy mukofot?
Javob: Xans Kristian Andersen mukofoti

20-savol:
“Jannat qidirganlar” romani muallifi?
Javob: Shuxrat

21-savol
XX asr birinchi yarmining mashhur futbolchisi Dyula Jengeler qaysi terma jamoas tarkibida to’p surgan ?
Javob: Vengriya

22-savol
XX asrning boshida qaysi qotishmaning yaratilishi samolyotsozlikning rivojlanib ketishiga sabab bo’ldi ?
Javob Duralyuminiy

23-savol
Non yopishda qaysi mikroorganizmlardan foydalaniladi ?
Javob: Zamburug’lar

1718. Qisqa_Savollar

1 – Savol.
U yozuvchining taxallusi ” Bexavotir suv ” degan ma’noni anglatar ekan
Javob: Mark Tven.

2 – Savol
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon ” romani qaysi taxallus ostida nashr qilingan.
Javob: Julqunboy.

3 – Savol.
O’tkir Hoshimov ” Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobini kimga baģishlagan?
Javob: Farzandlarining onasi Òlmasxonga.

4- Savol.
“Bu kunning komediyasi” qaysi ingliz yozuvchisi qalamiga mansub?
Javob: J. Golsoursi.

5 – Savol.
Ular ilk bora ekranga chiqqanda Jasper va Jinks deb nomlangan.
Hozirda ularni qanday ataymiz?

Javob: Tom va Jeryy

6- Savol.
Rassomlikda ” Mavhumlik, nomalumlik, va uzoqlashish” degan ma’noni anglatuvchi syurrealizm kòrinishlaridan biri bu?
Javob: Abstraksionizm

7- savol
Shou, triller, boyevik, shlyager, komiks
Biz nimaning janrlarini sanab òtdik?

Javob: Ommaviy madaniyat

8- Savol.
Bu mahsulot reklamasida òynagan 3 ta aktyor òpka saratonidan vafot etgan.
Javob: Marlbaro

9- Savol.
Banknotalarga òz ismini yozgan birinchi shaxs bu?
Javob: Yuliy Sezar

10- Savol.
Skripka tori ustidan kamonchani yuritganda qaysi hodisa sabab ovoz chiqadi?
Javob: Ishqalanish hodisasi

11 – Savol.
Inglizchada “Majburiy nurlanish tufayli yoruģlikning kuchayishi” manosini anglatgan sòz birikmasidan olingan.
Yoshligimizda kòpchiligimizda bòlgan òyinchoq nomini ayting.

Javob: Lazer

12 – Savol.
Quyosh sirtidan eng uzoqdagi qismi X deb atalib, u quyoshning tòliq tutilishida namoyon bòladi.
X ni ikki sòzda ayting.

Javob: Quyosh toji

13- Savol.
U inson 50 yil ichida 50 marta òzgargan va bu uchun ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.
Javob: Maykl Jekson

14 – Savol.
Birinchi animatsion ovozli multfilm qaysi studiyada ishlab chiqarilgan?
Javob: Uold Disney

15- Savol.
Bu davlat bozorlarida ochiq qòllar bilan sabzavotlarga tegish mumkin emas.
Javob: Italiya
.
16- savol!
“Uch pullik opera” , ” Galileyning hayoti” asarlari muallifi kim?
Javob: B. Brext.

17 – savol!
Romen Rollanning “14 iyul” pyesasiga musiqa bastalagan bastakor kim?
Javob: A. Oneger

18-Savol!
Bola chechak bilan og‘risa, undan ot go‘ngi,
qizilcha bilan og‘risa, aynigan olma hidi,
sil kasali bo‘lsachi?

Javob: Piyoz hidi

19-savol
Shokolad qaysi davlatda ixtiro qilingan ?
Javob: Shveytsariyada

20- Savol!
Neft tashiydigan yuk kemalari qanday nomlanadi ?
Javob: Tanker

1719. Qisqa_Savollar
1 Savol
Qadimgi greklar nimani Gesper va Fosfor deb atashgan?
Javob: Venera

2 Savol
Qaysi Rim imperatori Got urushini olib borgan?
(367-369-yillar)

Javob: Valent II

3 Savol
Marokko bayrog’ida nechta chiziq bor?
Javob: 0 (hech qancha)

4.Savol
Qaysi matoning fransuzcha nomi “latta” ma’nosini beradi?
Javob: Shifon

5-savol
MCMXCIX bu nechchi?
Javob: 1999

6-Savol
AQSHda yagona Sovet jangchilari uchun yodgorlik qayerda joylashgan?
Javob : Los – Anjelos

7 Savol
Qaysi muzeyda qimmatbaho narsalar brilliant va oltindan yasalgan qutichalarda saqlanadi?
Javob : Luvr muzeyida

8 Savol
Tikuv mashinkasidagi ignaning raqami nimani anglatadi?
Javob : Ignaning qalinligini

9-savol
“Titanik” filmida Jekning familiyasi?
Javob: Doulson

  1. Savol
    ” Diktator” ” Ulkan shahar chiroqlari” ” Yangi zamonlar” filmlari rejissyori kim?
    Javob : Charli Chaplin

1720. Qisqa_Savollar
1-savol O‘ynagan roli uchun 20 mln $ ishlab topgan birinchi aktrisani toping:
Javob: Juliya Roberts

2-savol
Berta Benz insoniyat tarixida birinchi bo‘lib Bu ishni qilgan ayol hisoblanadi:
Javob Mashina haydagan

3-savol:
Barmoq yoki oyoq barmoqlarining to’liqsiz soni tibbiyotda nima deyiladi?
Javob. Oligodaktiliya

4-savol:
Pueblo De Nuestra Senora La Reina De … …. De La Porcincula. Bu qaysi shaxarni rasmiy nomi?
Javob. Los-Anjeles

5-savol:
2019-yil Boliwood kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “O’G’RI” filmida dunyodagi qaysi dolbzarb mavzu ko’tarilgan?
Javob Korrupsiya

6-savol:
Bu sport turi 1896 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1903 yildan jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Bu qaysi sport turi?
Javob. Sport gimnastikasi

7-savol:
Insoniyat taqdiri, bolalik, yigitlik, keksalik va undan keyingi o’lim haqida hikoya qiluvchi “Yevropaning zavoli” degan kitobni kim yozgan.
Javob. O. Shpengler(1980- 1936)

8-savol:
Uni ilk bor Dekartning “Geometrya”(1637) asarida ishlatgan. Hozirgi ko’rinishda M. Roll 1690 yilda kiritadi. U qaysi belgi?
Javob. Ildiz

9-savol XX asrning ikkinchi yarmida G’arbiy tasviriy san’atida “Alfa” oqimi paydo boldi. Bu oqim qanday ataladi?
Javob: Syurealizm

10-savol. Monako va Indoneziya davlatlarini bir biriga bog‘lab turuvchi narsa nima ?
Javob Bayroqlarining birxiligi

1721. U ni qadimgi misrliklar o‘ylab topishgan.U dastavval bambukdan ishlangan. Bu narsa insonlarni bir biriga bog‘lash uchun ham ishlatiladi. U ning hozirgi kunda har xil va qimmatbaxo turlari mavjud.
Diqqat savol “U” ni toping?

Javob: Uzuk

1722. Dastavval ikkita osmonga qaragan projektorlar yonadi, so‘ngra yana ikkitasi yonib oltin rang raqamlar va so‘zlarni yoritadi.
Diqqat savol. Gap qaysi mashhur kompaniya emblemasi haqida ketmoqda ?

Javobi. XX th century fox.

1723. Xitoyda boylik ramzi, Misrda o‘lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa x ni o‘lchov asboblariga tasvirlashgan va x savdoda halollik belgisi bo‘lgan.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob: Boyqush

1724. AQSH da haydovchilarga mo‘ljallangan kitoblar chiqariladi. Lekin bu kitoblar yo‘lda ketayotgan haydovchilarga xalaqit bermaydi.
Diqqat savol. Ular qanday kitoblar?

Javob: Audio kitoblar

1725. Rossiyada o‘tkazilgan so‘rovnomada rus xalqining 42% bu davlatlarni 1 ta emas,alohida-alohida davlat deb hisoblar ekan (bizda ham).
Diqqat savol. Bu qaysi davlat ?

Javob: Gollandiya-Niderlandiya

1726. Qaroqalpog‘iston Respublikasidan Surxondaryo viloyatini ayirsak qaysi viloyat kelib chiqadi va sababi?
Javobi. Sirdaryo viloyati.
Izoh : Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil raqami 95,Surxondaryo viloyatiniki esa 75. 95-75=20

1727. U insonda juft (2 ta) holatda bo‘ladi.Biri 150-200 tagacha,ikkinchisi esa 100-150 tagacha bo‘ladi.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: kiprik

1728. Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi : “Bundan bir necha o‘n yillar oldin o‘rtamiyona havaskor rassom va yetuk reklama agentining uchrashganligini unutib bo‘lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni bosib olishiga bir bahya qolgandi”
Diqqat savol. Ular kim edi ?

Javobi. Gitler va Gibbels.
Gitler havaskor rassom bo‘lgan,Gibbels esa asli kasbi reklama agenti bo‘lgan.

1729. Shveytsariyalik olim Jan Jak Babel yillarni hisoblab chiqib,shunday xulosaga kelibdi. Miloddan avvalgi 3500-yili va 292-yili odamzod usiz yashagan ekan.
Diqqat savol. Nimasiz odamzod yashagan ?

Javobi. Urush.
Faqatgina shu ikki yilda urush bo‘lmagan ekan.

1730. Keniyaning Nayrobi shahridagi hayvonot bog‘idagi timsohlar basseyni yonida shunday yozuvlar bitilgan : “Iltimos,timsohlarga narsa tashlamang,aks holda … … … “
Diqqat savol. Jumlani davom ettiring.

Javobi. “Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang,aks holda o‘zingiz olib chiqasiz” deb yozilgan edi.

1731. Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sabori ajoyib arxitektura mo‘jizasi bilan qurilgan ekan.Uning gumbazi o‘rtasida dumaloq teshik bor. Bu joydan saborga quyosh nuri tushib turadi. Ammo qanchalik g‘alati tuyulmasin, u yerdan bironta ham yomg‘ir yoki qor tomchisi ichkariga tushmas ekan.
Diqqat savol.Bunga sabab nima ?

Javobi. Sababi,u teshikdan doimiy ravishda issiq havo chiqib turadi va u yomg‘ir va qor tomchisini urib qaytaradi yoki bug‘lantirib yuboradi.

1732. Bu sportga 1845-yili AQSH lik Aleksandr Kartrayt asos solingan. O‘yinda 9 ta ishtirokchi, 9 urinish va maydon tomonlari 90 futdan bo‘ladi. 107 sm li atributi ham bor.
Diqqat savol. Bu qaysi sport turi ?

Javob: beysbol

1733. 3 ta tovuq 3 kunda 3 ta tuxum qo‘yadi.12 ta tovuq 12 kunda nechta tuxum qo‘yadi? (matematiklar savoli)
Javob: 48 ta

1734. “Y” ning boshqa o‘rtoqlariga qaraganda faqat bitta farqi bor.Bu farq shundan iboratki o‘rtoqlarining barchasida rasmiy “X” bor. “Y” da esa rasmiy “X” yo‘q. Shuning uchun ham bu “Y” dunyoda yagona bo‘lib qolmaqda.
Diqqat savol.”Y” va “X” ni toping?

Javob: Nauru davlati. Nauru rasmiy poytaxti yo‘q bo‘lgan yagana davlat.X – poytaxt, Y – Nauru davlati

1735. Arablarda “U” ning katta shakli yo‘q. “U” faqat kichik shaklda bo‘ladi.Qolgan barcha joylarda esa “U” ning katta va kichik shakllari bor.
Diqqat savol. “U” ni toping?

Javob: Harf arablarda bosh harf ya‘ni katta harf bilan yozilmaydi.

1736. U joylashgan mamlakat aholisi U ni “Dunyodagi eng uzun qabriston” deb atashadi.Balki U dunyodagi eng kattasi emasdir, ammo, U eng uzunligiga ishonish mumkin.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Buyuk xitoy devori

1737. Insonlar va hayvonlar X ishni qila olishadi.Ayrimlar fikricha X ish insonlar uchun ziyon,ammo olimlar bu fikrga qarshi.Qizig‘i shundaki bu X ishni ayrim daraxtlar ham qila olishadi. Daraxtlar X ishni qilishganda Y modda ajralib chiqadi. Bu Y modda sanoat uchun juda foydali hisoblanadi.
Diqqat savol. X va Y ni toping? (izoh bilan)

Javob. “X” bu yig‘lash, “Y” esa kauchuk.
Kauchuk so‘zining yana bir ma‘nosi bo‘lib “daraxt ko‘zyoshi” edi. Ayrimlar faqat Y ni topishda.

1738. Germaniya eng rivojlangan davlatlardan biri bo‘lsa ham bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng ohirgi o‘rinda turadi ya‘ni bu ko‘rsatkich 15 %. Keniya davlati esa kuchli o‘n talikka kirmasa ham bu ko‘rsatkich bo‘yicha 1-o‘rinda turadi ya‘ni 51 % ni tashkil etadi.
Diqqat savol. Bu qanday ko‘rsatkich?

Javob: Bolalar soni bo‘yicha ya‘ni Germaniyada aholining 15 % ini bolalar tashkil etadi.

1739. Yer yuzida faqatgina bitta qushning ko‘zi o‘z miyasidan ham katta bo‘lar ekan.
Diqqat savol. Bu qaysi qush ?

Javob: Tuyaqush

1740. “B” nomli pivoda bir antiqa “A” xususiyat bor.U qolgan barcha pivolar qilgan A ishning mutloq teskarisini amalga oshiradi. Fan va mutaxassislar ham bu A ning sababini tushuntirib berisha olmayapti.”B” nomli antiqa holatlar haqida mashhur kitob ham bor.
Diqqat savol. “B” va “A” ni toping? (izoh bilan).

Javob. “B” – “Ginnes” nomli pivo edi. “A” esa ko‘pik ya‘ni Ginnes nomli pivo ko‘piklari stakandan tepaga emas,aksincha tepadan pastga qarab tushar ekan. Qolgan barcha pivolarda esa ko‘pik tepaga ko‘tariladi.

1741. Ba‘zi fransuzlar xitoyliklarga hazillashib shunday deyishar ekan.
Xitoyliklarda 3 ta armon bor : ular po‘roxni ixtiro qilishgan,ammo pushkani emas,ular yozuvni chop qilishni(pechatni) kashf qilishgan,ammo gazetani emas,ular komposni kashf qilishgan,ammo, … … … ni emas.
Diqqat savol. Xitoyliklar nimani kashf qilishmagan?

Javob. Amerikani kashf qilishmagan deyishar ekan.

1742. Somali – 1,
Sent Kis va Nevis – 2,
Iroq – 3,
Mikroneziya – 4,
Solomon orollari – 5,
Avstraliya – 6,
Venesuela – 7,
Kongo (KDR) – 8,
Tuvalu – 9,
Kabo-Verdu – 10.
Diqqat savol. Ushbu raqamlar nimani bildiradi va O‘zbekiston nechanchi raqamda turadi ?

Javob. 12ta O’zbekiston bayrog’ida yulduzlar soni

1743. AQSH da o‘tgan asrning birinchi yarmida vertikal temiryo‘l degan ibora paydo bo‘ldi.
Diqqat savol. Vertikal temiryo‘l deb ular nimani atashgan?

Javob: lift

1744. Chili davlatidagi ofislarda ishlaydigan erkaklarga bir kiyimni kiymaslikni buyurar ekan. Agar ular bu kiyimni kiyishsa shahardagi GES lar kuch bilan(zo‘riqib) ishlarkan.
Diqqat savol. Bu qaysi kiyim ?

Javob: galstuk bo’yinbog’

1745. Qilgan ishi uchun oylik(maosh) olmaydigan hodimlar deyarli uchramasa kerak. Buni qarangki, Britaniya muzeyida 6 nafar ana shunday hodimlar bor ekan. Ular hech qachon maosh olishmaydi,lekin doimo qorni to‘q va mamnun holda yurishadi.Ushbu hodimlarning asosiy vazifalari muzey eksponatlarini ULAR dan himoya qilish kerak.
Diqqat savol. Hodimlar eksponatlarni nimalardan(ULAR dan) himoya qilishgan?

Javob: Hodimlar – mushuklar, ULAR – sichqonlar. Ya‘ni muzey eksponatlarini sichqonlardan himoya qiladi.

1746. KOBOL dasturlash tilida boshqa tillardan farqli o‘laroq dasturlashda ko‘plab buyruqlar ,izohlar va maxsus so‘zlarni ishlatishga to‘g‘ri keladi. Lekin shunday bo‘lsada ushbu til AQSH lik dasturchilar orasida juda mashhur bo‘lgan.
Diqqat savol. Nima uchun bu dasturlash tili mashhur ?

Javob. KOBOL dasturlash tilida buyruqlar,izohlar va kodlarga qarab haq to‘lanadi, ya‘ni qanchalik ko‘p kod yozsa shanchalik ko‘p haq to‘lanadi.

1747. U ko‘plab kafe, oshxonalar, supermarketlarda va AYOQSH(zapravka)larda bo‘lishini bilamiz.U haqidagi maqolada aytilishi bo‘yicha, U oylik maoshdan tejab qolish va narxlarni pasaytirishga xizmat qilar ekan.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: O‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatish

1748. “X” chempion Rossiyada 1-o‘rinni, Fransiyada 2- o‘rinni, Germaniyada 3-o‘rinni olgan.
Diqqat savol. “X”chempion O‘zbekistonda nechinchi o‘rinni olgan?

Javob: o’zbekistonda yo’q
X chempion bu “r” harfi edi.

1749. Uni gultoji, belbo‘gchasi, tomog‘i va ko‘rpusi bor. Uni ichki bosimi 1 million 700 ming paskaldan past bo‘lmasligi kerak.
Diqqat savol. Uni toping.?

Javob: Shampan vinosi butilkasi.
Agar bosim 1mln 700 mingdan kam bo‘lsa u otilmaydi.

1750. Bu jonzot 600.000 yil oldin Osiyoning janubi-g‘arbida paydo bo‘lgan. Yevropaga Salb yurishlari paytida kelib qolgan. Hozirda bu jonzotga qarshi kurashish 4 marta oshgan.
Diqqat savol.Bu qaysi jonzot ?

Javob: Kalamush

1751. Janubiy Koreyada turmush qurushda bir cheklov bor ekan. Agar yigit va qiz da “X” narsa bir xil bo‘lsa, ularning turmush qurishi taqiqlangan.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob: Familiya

1752. Bizga ma‘lumki [ g‘ ] harfi faqat o‘zbek lug‘atida uchraydi. Lekin yana bir millat lug‘atida ham bu harf ishlatilar ekan.
Diqqat savol. Bu harf yana qaysi millatda ishlatiladi?

Javob: Fransuzlar

1753. Qadimgi Misr va Xitoyda eng oliy jazo “X” hisoblangan. Bu “X” ochlik va suvsizlik emas.
Diqqat savol.”X” ni toping?

Javob: Uxlatmaslik eng oliy jazo bo‘lgan.

1754. Deyarli barcha davlatlarning rasmiy “Y” bor. Lekin ikkita shunday “Y” lar borki, Ular qolganlariga o‘xshamaydi.Biri 219 yil oldin qabul qilingan bo‘lsa,ikkinchisi 2019-yilda.
Diqqat savol. “Y” larni toping?

Javob: Washington va Nursulton .

1755. Buyuk Britaniyada oldinlari U 18 yoshdan kichiklarga, 60 yoshdan ham oshganlarga va homilador ayollarga berilmas edi. Hozirda U Buyuk Britaniyada umuman yo‘qolgan.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: O’lim jazosi

1756. 1983 – yilda Vatikanda shunday bir holat kuzatildi. Bu holat boshqa biron bir davlatda kuzatilmagan.
Diqqat savol. Bu qanday holat?

Javob: tug’ilish bo’lmagan

1757. Savol juda qisqa.Diego, Manfrid va Sid qaysi “davrda” do‘stlashishgan ?
Javob: Muzlik davrida multfilm

1758. San‘atshunoslar Ularni ikki turga ajratib, birinchilari qisqa masofaga yuguruvchilar, ikkinchilari esa uzoq masofaga yuguruvchilar deb atashadilar.
Diqqat savol. Birinchi va ikkinchilar kim?

Javob: Qisqa masofaga yuguruvchilar bu kinoda rol o‘ynaydiganlar. Ular kinoda faqat 1 marta rol o‘ynaydi. Uzoq masofaga yuguruvchilar esa teatrda rool o‘ynaydiganlar. Ular bitta rolni qayta qayta o‘ynaydilar.

1759. Arab maqolida u otga (miniladigan otga) o‘xshatilgan. U ni asrasang seni asraydi,agarda uni qo‘yib yuborsang seni harob qiladi.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob: Til

1760. O‘zbekistonda “X” hammada bor. Bu “X” Rossiyadagi “X” bilan deyarli bir xil. xitoyda esa bu “X” bir million aholida bir xil ekan. Yevropada futbol muhlislari bilan tanilgan “Y” davlatda esa bu “X” yo‘q ekan.
Diqqat savol. X va Y ni toping?

Javob: X – familiya, Y – Islandiya

1761. XIX asr oxirlarigacha Angliyada ayrim jentelmanlar saylovlarda 3 marta ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan. Birinchisi yashash joyiga qarab, ikkinchisi Londondagi ish joyiga qarab.
Diqqat savol. Uchunchisi nimaga qarab ovoz bergan?

Javob: O‘qiydigan joyiga qarab ya‘ni oliy o‘quv yurtida ham ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan.

1762. 1964- yilda amerikalik yozuvchi Vinsent Gaddis ruxlar olami va mistikaga bag‘ishlangan jurnalda chop etgan maqolasida ilk bor “X” ni tilga olgan. Hazilkashlar ayollar sumkasini ham “X” ga o‘xshatishadi. X ikkita so‘zdan iborat bo‘lib biri familiya.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob: Bermud uchburchagi

1763. Bibixonim masjidi qurilishi jarayonida ishlatilgan toshlarga ishlov berish uchun 700 dan ortiq tosh o‘yuvchi ustalar jalb qilingan. Bundan tashqari yana chekka viloyatlardan 95 ta “Y” larni olib kelishgan. Tarixchilar Y larni tog‘larga qiyoslashgan.
Diqqat savol. Y ni toping?

Javob: Fillar

1764. 1909 – yilgacha ingliz futbolida bir qoidaga amal qilgan. Agar maydonda “U” yotsa hakam o‘yinni darrov to‘xtatgan. Agar hakam o‘yinni to‘xtatmasa, o‘yinchilar xato qilishi, qo‘l bilan o‘ynalgan holatda chalg‘ishi mumkin edi.
Diqqat savol. U ni toping?

Javob. Kepka (shapka).
Izoh : 1909-yilgacha o‘yinchilar kiyimi bir xil bo‘lgan darvozabonda esa faqat kep

1765. London shahrida XVIII da qilingan bir qaror tufayli xatlar o‘z egalariga aniq yetkazila boshladi.
Diqqat savol. Qanday ish amalga oshirilgan ?

Javob: Uylar raqamlangan. Shundan keyin xatlar egalariga aniq yetkazila boshlagan.

1766. Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan faqatgina “X” odamlargina bosh kiyim kiyib yurishganlar. Bu bilan ularda “X” borligini bildirib yurishgan.
Diqqat savol. X ni toping?

Javob: X – bu kasal odamlar edi. Shu bilan o‘zlarini kasalligini bildirishgan.

1767. Unga anchadan beri haykal qo‘yishmoqchi edi lekin hech buning uddasidan chiqa olmagan. Lekin 1999-yilda Yekaterinburgda va nihoyat unga atab dunyoda birinchi haykal o‘rnatildi. Bronzadan ishlangan pastamentda faqat yalang oyoq izlari bor edi.
Diqqat savol. Bu haykal kimga atab qo‘yilgan ?

Javob: Ko’rinmas odamga

1768. Gollandiya (Niderlandiya) da statistikaga qaraganda eng uzun “Y” lar shu yerda ekan. Ularni boyi o‘rtacha 190 – 195 sm ekan. Bu ko‘rsatkich esa O‘zbekistonda 170 – 180 smni tashkil etadi.
Diqqat savol. Y ni toping?

Javob: Erkaklar. Eng uzun bo‘yli erkaklar yashar ekan.

1769. Savol juda qisqa. Angliyada “S”, AQSH da “U”, Germaniyada ham “U”.
Diqqat savol. Ho‘sh O‘zbekistonda qanday ?

Javob: M Metro

1770. Hamma bilsa kerak.Fokuschilarning aksariyat qismi tryuklarini(afsunlarini) quyon yoki kabutar orqali amalga oshiradi.
Diqqat savol. Nega aynan quyon yoki kabutardan foydalinishadi ?

Javob: Quyon va kabutar qorong‘ulikda qimirlamay turar ekan. Boshqa hayvonlar esa tipirchilab xalaqt beradi

1771. Shampan va vinolarni uzoq vaqt mobaynida saqlash uchun ularni tik holatda emas ,aksincha, yotqizib qo‘yishgan.
Diqqat savol. Nima uchun bunday qilishgan?

Javob. Ularning qopqog‘i yog‘ochdan ishlanganligi uchun. Ya‘ni yog‘ochga suv tegib turmasa qurib qoladi va ularning sifati buziladi.

1772. Qadimgi Bobil ruhoniylari oddiy odamlar o‘ta aqlli bo‘lib ketishidan qo‘rqib, uni iste‘mol qilishni man qilishgan. Aflotun(Platon) fikricha, u harakatlana olgan va uning miyasi bo‘lgan.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Yong’oq

1773. Aytishlaricha bu qushning asl vatani Hindiston bo‘lib, ilgarilari yurtimizda taqlidchan bo‘lganligi sababli, qafasda boqilib,to‘tiqush kabi gapirishga o‘rgatilgan. Xatto, uning bu hislatidan bir ibora ham kelib chiqqan.
Diqqat savol. Bu qaysi qush ?

Javob: Mayna (zag‘izg‘on). Ibora “Birovni mayna qilish yomon”

1774. XIX asr ortalarigacha ular uch ta bo‘lgan. Italiyaliklar makaronlariga tomat qaylasini qo‘shishni boshlaganidan keyin ular to‘rt ta bo‘lgan.
Diqqat savol. Ularni toping?

Javob: Vilka sanchqi tishlari

1775. O‘zbek milliy etiketiga ko‘ra uning birinchisi ozgina,ikkinchisi birinchisidan ko‘proq uchinchisi esa “to‘xta” deguncha davom etadi.
Diqqat savol. Uni toping?

Javob: Qo’lga suv quyish

1776. Turli kasblar insonlarga turlicha tasir qiladi va asoratlari bo‘ladi.”Ular” ma‘lum bir davrdan so‘ng bir oydan ortiqroq vaqt mobaynida idish tovoqlarni sindira boshlaydilar. Albatta o‘zlari xohlamagan usulda.
Diqqat savol. Ular qaysi kasb egalari ?

Javob: Kosmonavtlar edi. Ya‘ni ular koinotda gravitatsiya tasirida bo‘lib qaytishgan. Gravitatsiyada narsalarni qo‘yib yuborsangiz ham tushib ketib sinmaydi.

1777. Bruneyda bu maqsadda asosan plastik homashyodan foydalanishadi. 1917- yildan 1924-yilgacha Xivada ipakdan yaratilgan nusxalari hozirda kolleksionerlar tomonidan yuqori baholanadi. Uning qadimgi rasmiy varianti Xitoyda mil.avv. 812 – yilga to‘g‘ri keladi. Eng kattasi esa , Vengriyada yaratilgan bo‘lib, adopengyo deb nomlangan.
Diqqat savol. Gan nima haqida ketmoqda ?

Javob: Banknota ya’ni Pul

1778. Zamonaviy Britaniyalik tadqiqotchilarning aniqlashicha, Uning ko‘ngildagidek chiqishi uchun ayollarga o‘rtacha 6 ta urinish, erkaklarga esa o‘rtacha 4 ta urinish kerak bo‘lar ekan. U haqidagi maqolada “monopod” va “narpiss” kabi so‘zlar tilga olinadi.
Diqqat savol. Uni toping. Faqat aniq javoblar qabul qilinadi?

Javob: Selfida rasmga tushish.

1779. Kambodja davlatida hozirgi kunga kelib, dunyodagi eng ko‘p “U” bor. Turli manbalarga ko‘ra Kambodja hududlarida XX asr II yarmida yuz bergan urushlar tufayli 3 milliondan 6 milliontagacha “U” qolgan ekan.
Diqqat savol. “U” ni toping?

Javob: Mina. Urush davrida Kambodja davlatida juda ko‘plab faol minalar qolib ketgan. Eng ko‘p minalar ham shu joyda ekan.

1780. Hammamiz bilamiz qabul qilingan qonun hujjatlari uzoq vaqt mobaynida saqlanishi kerak. Lekin oddiy qog‘ozlarda esa qonunlarni uzoq vaqt saqlash qiying. Shuning ichun inglizlar va irland parlamentlari qunun hujjatlarini “Y” dan tayyorlangan qog‘ozga bosib chiqarar ekan. Italiyada “Y” lar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan ulardan tayyorlangan qog‘ozdan foydalanmaydi.
Diqqat savol. “Y” ni toping. Faqat aniq javoblar qabul qilinadi?

Javob. Buzoq terisidan tayyorlangan qog‘ozdan foydalanar ekan.(Italiya buzoqchalar o‘lkasi)

1781. Yagona kula oladigan jonzot bu inson deb o‘ylaydiganlar adashadi. Yana bir jonzot borki u ham kula olar ekan. U jonzot Osiyoning janubi-g‘arbida paydo bo‘lgan.Bu jonzotga qarshi kurashish hozirda ortib bormaqda.
Diqqat savol. Bu qaysi jonzot?

Javob. Kalamush

1782. Dunyo bo‘ylab eng ko‘p choy ichuvchi millat bu albatta, inglizlardir. 1945 – yildan boshlab Britaniyada “U” lari to‘g‘ridan to‘g‘ri “U” ning ichida choy qaynatish imkonini beruvchi qurilma bilan ishlab chiqarila boshlangan.
” U” o‘ta xavfli qurilmadir.
Diqqat savol.”U” ni toping?

Javob. “U” – bu tank edi. Tanklarda ham choy qaynatish imkoni bor ekan

1783. Bruss Li va Muhammad Ali ni birlashtiruvchi bir antiqa “hislat” bor. Bu hislat hozirgi kunda butun dunyoni “bosib” olgan.
Diqqat savol. Bu qanday hislat ?

Javob. Li dunyoda eng ko‘p tarqalgan familiya, Muhammad esa dunyoda eng ko‘p tarqalgan ism.

1784. Germaniyada qadimdan qolgan nikoh bazmi an‘analariga ko‘ra,mehmonlar yaxshi niyatlar tilab, kelin – kuyovning yo‘liga archa shoxlarini tashlashar ekan. Balki qishin-yozin shunday axil va o‘zgarmas yashashsin degan maqsaddadir. Kelin va kuyov esa mehmonlarga dastro‘mol tarqatar ekan.
Diqqat savol. Nima uchun dastro‘mol tarqatadi ?

Javob. To‘ydan qolgan narsalarni(ovqat,meva va boshqalar) olib ketish uchun. Bizda ham shunaqa odat bor. To‘ydan qolgan narsalarni tugun qilib tarqatishadi.

1785. Nyu-Jersi shtatining Kreskil shahrida barcha mushuklarning bo‘yinlariga “Ular” har doim mushuklarning yaqinlashganini sezish uchun uchta kichik qo‘ng‘iroqcha osib qo‘yiladi.
Diqqat savol. Ularni toping?

Javob: Ular bu qushlar edi, ya‘ni qushlar mushuklarning kelayotganligini sezish maqsadida osib qo‘yilgan qo‘ng‘iroqlar.

1786. XVIII asr oxirlari XIX asr boshlarida bir zamonaviy “ish” boshlangan. Bu ishning boshlanishida faqat 241 ta erkak qatnashgan ekan. Hozirgi kunda bu ishni yoshu-qari, erkagu-ayol bajarmoqda. Bu zamonaviy ishning tashabbuskori Baron Pyer de Kuberten hisoblanadi. Bu ish juda mashhur hisoblanadi. Ayrimlar bu ishga qatnashish uchun yillab tayyorlanadi.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Zamonaviy olimpiyada. 1896-yil 6-aprel kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Unda 241 ta erkak qatnashgan.

1787. Bitmay qolgan ish; inson tanasining bir qismi; peshona teri bilan topilgan pokiza ne‘mat; qilgan nojo‘yi ishlar uchun koyish va o‘yinga yolg‘on aralashtirib nohaq o‘ynash.
Diqqat savol. Bu tushunchalarning umumiyligi nimada ?

Javob. O‘zbek milliy kurashi. Ya‘ni chala, yonbosh, halol, tanbeh va g‘irrom.

1788. Xitoy rivoyatlariga ko‘ra bir kuni xon o‘z saroyidagi rassomga savol beribdi :
-Aytchi, qaysi birining rasmini chizish osonroq : kuchuknikimi yoki shaytonni.
Rassom “shaytonni” deya javob beribdi.
Diqqat savol. Rassom nega bunday javob bergan?

Javob: Chunki shaytonni hamma xohlagandek chizadi. Uni hech kim ko‘rmagan. Asli bilan solishtirib bo‘lmaydi.

1789. XIX asr boshlarida ilk marotaba bir ish amalga oshirildi lekin bu ish “oddiy” bo‘lak tufayli chippakka chiqdi va 1496 kishi halok bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘sha ish tufayli odamlar mo‘maygina pul ishlab olishdi.
Diqqat savol. Gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Bu 1912-yil 15-aprelda titanik birinchi reysdayoq halokatga uchragan. Oddiy bo‘lak bu aysber. Kinomotograflar uning halokati orqasidan juda katta foyda ko‘rishgan.

1790. Insonlar bir-biridan g‘azablanganda, urishib qolganda, jahli chiqqanda yonidagi odamga ham baqiradi.
Savol: Bu vaziyatda yonma-yon turgan odam nega baland ovozda baqiradi?

Javob: Bir biridan qalbi uzoqlashadi. Shuning uchun yonidagiga baqiradi.

1791. Hammamiz bilamizki buyuk shaxslar haykali ot bilan birgalikda ya‘ni ot ustida qilib tasvirlanadi. Bu haykallardagi ot ikki oyog‘ini ko‘tarib, bir oyog‘ini ko‘tarib yoki to‘rt ta oyog‘i ham yerda qilib tasvirlanadi.
Diqqat savol. Nima uchun haykal otning oyoqlari bu kabi shaklda qo‘yiladi ?

Javob. Ikki oyog‘ini ko‘tarib turgan bo‘lsa bu shaxs jangda halok bo‘lgan bo‘ladi, bir oyog‘ini ko‘tarib turgan bo‘lsa jangda yarador bo‘lib keyin halok bo‘lgan bo‘ladi, agar barcha oyoqlari yerda bo‘lsa bu shaxs o‘z o‘limi bilan vafot etgan bo‘ladi.

1792. Amir Temur hayoti davomida 5 narsaga qat‘iy e‘tiqod qilib, ularga doimo amal qilgan : alloh, tafakkur, qilichga va Ularga amal qilgan.
Diqqat savol. Qolgan ikkita narsani toping?

Javob: Iymon va Kitob

1793. O‘zbekistonni ruslardan ozod etib mustaqillikka erishtirgan shaxs Islom Karimov. O‘zbek xalqi unga haykal o‘rnatgan.
Bundan XI – X asr oldin arablardan “O‘zbekiston” ni ozod etib mustaqil etgan shaxs bor edi, lekin undan fors xalqi minnaddor va shu xalq unga haykal o‘rnatgan.
Diqqat savol. Bu shaxs kim ?

Javob: Ismoil Somoniy

1794. Faktli savol.1945-yil 31-iyunda O‘zbekiston tarixida bir voqea sodir bo‘lgan.
Diqqat savol. Bu qanday voqea ?

Javob: 1945-yil 31-iyunda O‘zbekistonda hech qanday voqea sodir bo‘lmagan, chunki 31-iyun yo‘q. Iyun oyi 30 gacha edi.

1795. Everest dunyodagi eng baland tog‘ emas, undan ham baland cho‘qqi bor. U Maunt-Kea deb atalib,uning balandligi o‘n ming metrdan oshiqroqni tashkil etadi. Lekin U tog‘ Everestdan baland hisoblanmaydi, bunga sabab u tog‘ shunday bir joyda joylashganki shuning uchun ham u tog‘ eng baland tog‘ bo‘la olmaydi.
Diqqat savol. Nega bu tog‘ eng baland hisoblanmaydi bunga sabab nimada ?

Javob: Bu tog‘ning ko‘p qismi suv ostida joylashgan shuning uchun ham eng baland hisoblanmaydi.

1796. Ular ikkisi ham 44 yoshida taxtga o‘tirgan. Ikkisi ham 52 yoshida Rossiyaga hujum qilgan va ikkisi ham 56 yoshida jangni boy berishgan. Ulardan biri Napaleon.Ikkinchisining ismi esa hozirgi kunga qadar bironta bolaga qo‘yilmagan ekan.
Diqqat savol. Ikkinchisi kim bo‘lgan ?

Javob: A. Gitler

1797. Bu jonzotning miyasi – tomog‘ida joylashgan, nerv sistemasi – qornida, tishlari – oshqozonida, buyraklari esa – boshida joylashgan. Bundan tashqari bu jonzot oyoqlari bilan eshitadi va ta‘mni panjalari bilan sezadi. Shuningdek bu jonzotni sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari sevib iste‘mol qilishadi.
Diqqat savol. Bu paysi jonzot ?

Javob: Lobster (qisqichbaqasimonlar oilasiga kiradigan jonzot)

1798. Hozirgi kunda shafyor kimligini hamma bilsa kerak ya‘ni manzilimizni yaqin qiluvchi taksilar haydovchisi. Lekin avvallari bu shafyor so‘zi faqat poyezdda bir ish qiladiganlarga aytilgan. To‘g‘rirog‘i u kasb egalarini shunday atashgan.
Diqqat savol. Poyezdda qanday ish bilan shug‘ullanganlarni bu nom bilan atashgan ?

Javob. Poyezd o‘txonasiga ko‘mir soluvchilarni shunday atashgan.

1799. Qarshingizda qadimiy qozoq xalqi uzugi. Ko‘rib turganingizdek u boshqa uzuklardan farqlanadi. Ya‘ni u bir barmoqqa emas ikkita barmoqqa taqiladi.
Diqqat savol. Bu uzukni kimlar taqishgan ? Yani qaysi ish bilan shug‘ullanuvchilar ayollar ?

Javob: Sovchilar bu kabi uzukni taqishgan. Uzuk shakli bundayligiga sabab ular ikki yoshni birlashtirish uchun ikki barmoqqa taqilgan

1800. Ularga jarayonga 72 soat qolganda dori ichishni, 48 soat qolganda alkogol, 24 soat qolganda yog‘li va achchiq mahsulot, 1 soat qolganda esa chekish taqiqlangan.Jarayondan 1 soatdan so‘ng chekishga, 24 soatdan keyin esa alkogol iste‘mol qilishga ruxsat berilgan.
Diqqat savol. Ushbu qoidalar kimlarga nisbatan amal qilishini ayting ?

Javob: Qon donorlari edi javob. Ya‘ni qon beruvchilar.