26-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2501. 1933-yil 29-aprelda birinchi martta ular futbolistlar maykalarida paydo bo’lgan. O’sha paytda “EVERTON” va “MANChESTER CITY” o’ynagan.
Uni toping?

Javob: Raqamlar va familya ismi!
Izohga xojat yo’q.

2502. Yer sharining tropik va subtropik mintaqalarida o’suvchi o’simliklarni X lar sifatida o’stirish mumkin. Yaponiyada qarag’ay, tilomoch, eman, olxo’ri kabi daraxtlar X lar sifatida o’stiriladi, albatta bir hususiyatini ma’lum yo’llar bilan cheklash orqali.
Diqqat savol: Siz menga X ni ikki so’zda aytib bering?

Javob. Uy o’simliklari.
Yaponiyada bu daraxtlarni o’sishini ma’lum usullar bilan sekinlashtirib uyda o’stirilar ekan!

2503. Bolalar 6-7 yoshlarida maktabga borishadi. Maktabda ularga ustozlari ta’lim-tarbiya beradilar. Xalqimizda bu jarayonni yana bir jarayonga o’xshatishadi va bu juda ibratli o’xshatishdir.
Diqqat savol: Savoldagi sonlarga e’tibor berib bu o’xshatishni 2 sonini qatnashtirgan holda aytib bering?

Javob. 2-beshik.
Bolalar tug’ilganiga 6-7 kun bo’lganda beshikka solishadi. Beshik ular tanasini tarbiyalaydi. Dono xalqimiz maktabni bolalarni 2-beshigiga o’xshatisharkan.

2504. Peugeot.com saytidagi bir sahifada matnli ma’lumotlar mavjud emas, u yerda faqat bir mashina tasvirlangan. Ushbu mashina modelini ayting?
Javob: 404.
Izoh: 404-Sahifa topilmadi.Ushbu saytda “404 xato”ni shunday tasvirlashgan!

2505. Men sizga ta’riflab bermoqchi bo’lgan futbolchi juda bosiq va o’z vaqtida yetarlicha muhlislariga ega bo’lgan. Bu futbolchi klub miqoyisida barcha mukofotlarni qo’lga kiritgan. Yoshlar o’rtasidagi jahon chempiomati oltin to’pni, eng yaxshi sportchi kabi yana boshqa sovrinlarni qo’lga kiritgan. Faoliyatining ilk va ko’p qismini Fransiyada o’tqizgan bo’lsada u yerda juda kam sovrinlarni qo’lga kiritgan ln barbir muhlislar olqishiga sazovor bo’lgan. Yordam berib aytishim mumkin bu futbolchi hozir ham faoliyat olib bormoqda va o’z termajamoasida sardor sifatida. Gap qaysi futbolchi haqida bormoqda?
Javob: Suydu Keita!

2506. Mashhur Amerikalik milliarder Ross Pero shu ikki shtatning chegarasida joylashgan, kichik Teksarkana shaharchasida tug’ilgan. Savol: O’sha ikki shtatni yozib bering?
Javob: Texas va Arkanzas

2507. Harbiy uchuvchi Lyav Vyatkinning qarashi bo’yicha, U ilmiy-texnika inqilobi davrining tipik ertak personaji hisoblanadi. Uni nomini ayting?
Javob: Karlson, u tomda yashaydi.

2508. Bu ikkita kashfiyot bilan insoniyat II jahon urushida tanishishga majbur bo’lgan,oqibatda bittasi hayot olib keldi,boshqasi-o’lim. Ikkala kashfiyotni ham yozib bering?
Javob: Penitsillin va yadro quroli!

2509. Bir safar Bi-Bi-Si radiosi Charli Chaplinning reklamasi sifatida. Uni o’n minut davomida translatsiya qilgan edi. Uni bir so’z yordamida yozib bering?
Javob: Kulgu!
H.o: qahqaha, xanda
Izoh: Ko’proq tomoshabinlar ,,Oltin vasvasasi” filmiga kelishlari uchun Bi-Bi-Si radiosi 10 daqiqalik kulgusini yozib olib premyerani namoyish qilgan.

2510. Pomir tog’larida yashovchi xalqlar, qasam ichayotgan kishi o’rtaga non qo’yib qasam ichirash ekan.Va unga, mubtalo degan so’zlarni ishlatishgan ekan.
Diqqat savol uni toping?

Javob: Chaqmoq!
Bilamizki baland tog’larda chaqmoq ko’p tushadi. Odam undan tirik qolishi gumon agar tegsa.

2511. Sportdialog.ru saytida bir maqolalardan birida, shunday deydi. Nima uchun Amerikaliklar yevropacha futbolni sevmasliklarini haqida yarim xazil yarim chin 5 ta sabab va xaqiqatni gapirib sabab ko’rsatishgan. Demak,
Birinchi xaqiqat! Amerikaliklar birorta ashulani bilmasliklarini aytib o’tishgan. Ikkinchi xaqiqat! Futbol Amerikada Onalar sporti ekanligini ko’rsatib o’tishgan.
Uchunchi xaqiqat! Futbolda bo’lganligiyu, lekin qo’ldan chiqarganligini aytib o’tishgan.
To’rtinchi xaqiqat! Amerikada sportdagi bezorilikning yo’qligini ko’rsatib o’tishgan.
Diqqat savol: Maqolada keltirildan beshinchi sabab va xaqiqatni topib bering?

Javob: Amerikaliklar futbol o’ynashni bilmasliklari.

2512. Ota-onalar, aka-opalar, amaki tog’alar, amma-xolalar, yana asfaltni yorib chiqqan maysani, intizom bilan chiziqqa tizilib uchayotgan laylaklarni, yo’lda senga nazokat bilan yo’l berib, kayfiyatimizni ko’targan yo’lovchini, besharpa yashab kelayotgan tamizli qo’shnilarimizni ham bu ro’yhatga kiritishimiz mumkin. Tor ma’noda oladigan bo’lsak ayrimlar bu maqomga erishishlari uchun ma’lum xujjatga ega bo’lishlari kerak.
Diqqat savol: Yuqorida qaysi ro’yhat berilganini bir so’zda ayting?

Javob: Murabbiylar. Ular o’z ibratlari bilan bizga murabbiy bo’la olar ekanlar.

2513. Bu shaharga 1899 yilga oltin izlovchilar tomonidan asos solingan ekan. Ikkinchi Jahon urishi paytida Amerika samolyotlarining SSSR ga yetkazib berishadi. Ushbu shahar orqali o’tgan aviatrassadan foydalanishgan ekan. Hozirgi paytda ushbu shahar nomi dunyoda har yili o’tkaziladigan poyga bilan tanilgan ekan. Sizlarga yordam sifatida aytishim mumkinki, bu poyga Ankoridj shahri yaqinidan boshlanadi. Diqqat savol! Demak, biz sizdan bu poyga qanday poyga deb so’ramimiz, sizlar esa gap qaysi shahar nomi ketayotganini yozib bering?
Javob: Nom!
Ayditarod deb nom olgan itlar poygasi ankoridj shahridan boshlanib, Nom shaxrida tugaydi. Sezgan bo’lsangiz kerak, bu poyga balto yurgan marshrit bo’yicha o’tkaziladi.

2514. Aflotun X ni o’z shakliga ko’ra, sferik koinotga òxshatadi. Hokimiyatning asosiy belgilari (toj, tiara) aynan X bilan bog’liq. Qizig’i hindularda Braxmada X dan 4 ta bor degan qarashlar mavjud. X haqida ma’lumotlar yetarli bo’lsa X ni toping?
Javob: Bosh

2515. Bir kishiga otasidan meros qolibdi. Oradan biroz vaqt bir olg’ir kelib, unga qarindoshligini aytib merosdan o’z ulushini talab qilibdi. Shunda merosxp’r undan qanaqa qarindoshligini so’rasa haligi olg’ir: “Bu dunyoda hammamiz bir ota-onadan tarqaganmiz, shunday ekan hammamiz bir-birimizga qarindoshmiz” deb so’zini ma’qullabdi.
Shunda merosxo’r unga bir tanga berib qulog’iga shivirlab shirin so’z bilan bir narsa debdi. Bu gapni eshitgan olg’ir esa sekin juftakni rostlabdi.
Xo’sh aytingchi merosxo’r unga nima degan ekan?

Javob: Merosxo’r haligi odamga sekin shivirlab: “Ey birodar sekinroq gapiring, boshqa qarindoshlarimiz ham gapizni eshitib o’z haqlarini talab qolishsa shu bir tangadan ham ayrilib qolasiz” degan ekan.

2516. Van Shoujen fikricha U haqiqat va yolg’onni ajratuvchi, o’ylamasdan, o’rganmasdan bilguvchi qalbdir. D/s gap nima haqida ketyapti?
Yordam sifatida aytishim mumkinki u hammada o’ziga yarasha bor?

Javob: Tabiiy bilim!

2517. Serra Leone davlatining diktatori davlat tepasiga kelgandan so’ng , u kunni bayram deb e’lon qiladi. Savol:Siz u kunni topgan bo’lsangiz diktatorni ismi nima edi?
Javob: Valentin
14-fevral

2518. Buyuk sarkarda Aleksandr Makerdonskiyning Tars shahridagi shiddatli yurishdan keyin qizishib ketgan va shox tog’ daryosida cho’milishga qaror qiladi. Suvdan chiqqan sarkarda o’sha zaxotiyoq aynan o’sha kasallikka uchraydi! Keyinchalik uning xakimi Flipp uni oyoqqa turg’izgan va boshqa saroy xakimlari, amaldorlarga aynan sarkardaga X ni bermaslikni hatto dasturxonida uning bo’lmasligi va u haqida gap bo’lmasligini qattiq tayinlagan. Ammo sarkarda undan o’zini ayirolmasdi, ya’na tuzalganidan so’ng aynan X bo’yicha Xindistonda musobaqa ham uyishtirgan, ammo musobaqa g’olibi g’oliblikdan so’ng uch kun o’tib o’zidan tashqari yana 40 qatnashchisi singari jon taslim qiladi. Endi menga shoh qaysi kasallikka uchraganini emas, uning darturxonida aynan nimaning turishi taqiqlangan?
Javob: Vino va alkagol.
Izoh: Suvdan chiqqan sarkarda xuddi “yashin urganday yerga yiqildi va tildan qoldi, xushsiz, xayot alomatlarisiz bir kechayu kunduz yo’tdi.” Olimlar keyinchalik bu kasallikning insult ekani aniqlashadi. Shoh vino ichichni kanda qilmadi. Doro ustidan zafar qozongan sarkarda 22 kun to’xtovsiz ichib, g’alabasini nishonlagan. Xindistonda esa alkagol ichish bo’yicha musobaqa uyishtirgan. Musobaqada 4 xoya (taxminan 13 litrga teng) vino ichgan Promax ismli grek g’olib bo’ladi va 3 kun o’tib jon taslim qiladi.

2519. X Fransiyada Fransuz olimi, nobel mukofoti sovrindori tomonidan 1886-yili kashf qilingan. U asosan yorqin sariq rangda bo’lar ekan va juda zaharli. Diqqat savol: Gap nima haqida ketyapti?
Javob: Ftor

2520. Bir insonning fikricha “Xaqiqiy x o’zida ikki unsurni mujassam etmog’i shart” Birinchidan , taassurotning oniy va doimiylikka daxil bo’lishi. Ikkinchidan, taassurot faqatgina o’z manbai bo’lmish laxza yoki xodisaga xos bo’lishi talab e’tiladi. Diqqat savol! Agar siz x ni topgan bo’lsangiz ushbu fikr egasini toping?
Javob: Matsuo Basyo!

2521. Bir faylasuf shunday yozadi:
“Birinchi menga qadrni o’rgatdi, Ikkinchi – mehrni,
Uchinchi esa – jabrni.
Hayratlanarlisi shuki, jabrni o’rgatgani men uchun azizroq”.
Diqqat savol: Birinchi, ikkinchi va uchinchi kimlar?

Javobi: Ona, turmush o’rtog’i va farzand.

2522. Bir kar-soqov ish yuritish buyumlari sotiladigan do’konga kirib sotuvchiga qalam uchlagichni tushuntiribdi. Chap qo’lini chap qulog’iga solib, o’ng qulog’i atrofida o’ng qo’lini aylantiribdi. Sotuvchi darhol uni tushunibda va so’ragan narsasini beribdi. Keyin esa do’konga ko’r kiribdi.
U menga qaychi kerak deb qanday tushuntirgan?

Javob: Qaychi bering deydi ?

2523. Ota ayyorona kulgu bilan 1-sinf o’g’liga savol berdi: Menga eng katta sonni ayt deb. O’g’lidan javobni eshitgan ota, hayron qolgancha bosh silkidi, nima deyishini ham bilmay. Diqqat savol!
O’g’li nima deb javob bergan otasiga?

Javob: 31 Deb javob bergan
Izoh: o’g’il kalendardagi eng katta sonni aytgan!

2524. Yunon faylasufi Falesning bir xachiri bo’lgan ekan. Bu xachir daryodan o’tayotganda nayrang qilar, bu nayrangiga sabab esa unga X ortilayotganida edi. Keyin faylasuf bu nayrangini yo’qotish uchun xachirga Uni ortadigan bo’ldi va xachir o’z-o’zidan bu nayrangidan voz kechdi.
Diqqat savol: X va U ni topingchi?

Javob: Xachirga dastlab tuz keyin esa yung yuklangan. Nayrangni esa tushungan bo’lsangiz kerak.

2525. 1923 Yilda u faqatgina bir qancha muddat yangi elita uylar sotish uchun mijozlarni e‘tiborini tortishi kerak bo‘lgan noqonuniy reklama edi. Ammo hozirgi kunga kelib uni butun dunyo taniydi. Shuni aytib o‘tish kerakki hozirgi kunda u o‘zini bir qismini yo‘qotgan. Uni topgan bo‘lsangiz yo’qolgan qismini ayting?
Javob. Land.
U – Hollywood yozuvi edi.1923 yilda Holywoodland deb o‘rnatilgan edi.

2526. Ko‘pchilik bu falokat sodir bo‘layotganda so‘nggi daqiqada iloji boricha teparoqga sakralsa halokat oqibatini kamaytirish ehtimoli mavjud deyishadi. Lekin tadqiqotlarga qaraganda bunday vaqtda sakrash emas, aksincha yotib olish kerak ekan. Bu qanday falokat?
Javobi: Lift uzilib tushishi.

2527. Tasavvur qiling sizni ko‘zoynagingiz uyda qolib ketdi. Sizga bu holatda bir belgi yordam bera oladi. Albatta bu belgi ko‘zoynakchalik tiniq ko‘rsatib bermaydi. lekin ancha yordam berishi mumkin. Lekin bu belgini Braziliyada ishlatishga ehtiyot bo‘ling chunki u yerda bu qo‘pollik hisoblanadi. Savol oson bu belgini toping?
Javob: ?

2528. Kofeni kim yoqtirmaydi deysiz. Kofe bu tetiklik va X manbaidir. Biz kofeni ichib uning tagidagi quyqasini to‘kib yuboramiz ammo tinib tinchimagan inglizlar undan ham foyda olishni o‘ylab topishgan. Angliyani Banberi shaharchasida kofe quyqasidan X ishlab chiqaradigan Y qurilgan ekan.X ni bir so‘zda Y ni esa ikkita harf yoki ikkita so‘z bilan ayting?
Javobi: X – energiya
Y – ES (Elektr stansiyasi)

2529. Detektiv voqea joyiga yetib keldi. Klassik asarladagi holat – bitta murda va uchta gumondor shahs: haydovchi , guvernantka va bog‘bon. Politsiya komissari detektivga “Uchchovida ham alibi bor. Lekin qotil aniq uchchovidan biri. Qay biri ekanligi haqida tahminingiz bormi?” dedi. Detektiv uchchovi bilan suhbatlashib bo‘lgach o‘rnidan turdida esnab turib atrofga ko‘z yugurtirdida “Men charchadim , uyga ketaqolay , ertaga yana kelaman” deb eshik tomon yo‘l oldi va komissarga qarata “Haydovchini qibsga olib yahshilab so‘roq qiling , aminmanki u aybiga iqror bo‘ladi” deb chiqib ketdi. Detektiv nimaga aynan haydovchidan gumon qilgan?
Javobi: Chunki haydovchi esnamagan.
Bilamizki esnoq juda yuqumli , hattoki kimdir esnayotganini eshitsak ham albatta esnaymiz. Bu kasallik faqatgina psihik nosog‘lom odamlargagina yuqmas ekan.

2530. Hozirgi kunda sharikli ruchkalarsiz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz. Ular qulayligi bilan e‘tiborimizni qozongan. Ammo ba‘zi paytlarda siyohni oqib ketishi juda yomon holat. Kosmosga chiqayotganda kosmonavtlar uchun Amerika olimlari millionlab dollar sarflab vaznsizlik holatida siyohi oqib ketmaydigan sharikli ruchka ishlab chiqishdi. Sovet olimlari bu muammoga qanday yechim topishgan?
Javobi: Ular oddiy qalamdan foydalanishgan.

2531. Bir qancha qurbaqalar sakrab ketayotganda ulardan ikkitasi chuqurchaga tushib qolibti. Chuqurdan chiqishga urinib sakray boshlashibti ammo kuchi yetmabti. Tepadagilar “sakramanglar baribir kuchinglar yetmaydi”deb baqirishibti. Bu gaplardan keyin birinchi qurbaqa taqdirga tan berib sakramay qo‘yipti. Ikkinchisi esa yana ham balandroq sakray boshlapti va nihoyat chiqib olibti. Do‘stlari “Qanday chiqding? Axir juda chuqur ediku?” deb so‘rashibti. Qurbaqa esa “Qo‘llab turganinglar uchun rahmat do‘stlarim. Siz bo‘lmaganda chiqa olmasdim” deb yo‘lida davom etibti. Savol : qurbaqa nimaga unday degan?
Javob. U kar bo‘lgan. Do‘stlarim meni qo‘llayapti deb o‘ylab ruhlanib ketgan.

2532. Ushbu sherni o’qib turib, shoir shu damda qum zarrasi bo’lmaganligining alami va uning ovozini do’zax nafasiga o’xshatganligini ko’rib hayron qolasiz. Yana bir shoirimiz esa oshiqlarni u bilan mushtlashishini ham aytib o’tgan. Diqqat savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Shamol!

2533. Bu insonlarni bog’lab turuvchi narsalar juda ko’p. Ayniqsa 2017 yilda mamlakatimizda 3 joyda shunday ishlar amalga oshirildiki bu 2 insonlar orasidagi bog’liqlik yana bir bor o’z isbotini topdi.
Diqqat savol: Bu ikki inson kimligini topgan bo’lsangiz 2017 yilda mamlakatimizning qaysi hududlarida ularni bog’lagan ishlar amalga oshirilganligini toping?

Javob: Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo.
Izoh: ularning har ikkalasi ham adolatli vijdonlj rahbar, xalq uchun yuksak ishlarni amalga oshirgan buyuk shaxslar.
A.Temur va I.Karimov haykallarining o’rnatilishi.

2534. Abduraxmon Mirzo, Abdullo Mirzo, Said Umar, Mironshox bu insonlarni bog’lab turuvchi bu narsaga antropolog Gerasimning qiziqishi yuqori bo’lgan, buni uning xato hatti harakati yaqqol kursatadi. Diqqat savol: ularni bog’lab turgan bu narsaning yaralishiga sabab bo’lgan insonni toping.
Javob. Muhammad Sulton.
Izoh: ularni bog’lagan narsa bu Go’ri Amir maqbarasi. A.Temur,Mirzo Ulug’bek, Shoxrux Mirzo, Said Barakalarning ham qabrlari shu yerda. Antropolog maqbarani buzib A.Temur ruhini bezovta qilgan. Maqbara qurilishiga esa Muhammad Sultonning o’limi sabab bo’lgan.

2535. XV asrda Xitoylik sudyalar o’z sirlarini bildirib qo’ymaslik uchun bu ishni qilishgan. Diqqat savol! Siz menga bizning mamlakatimizda bu ishni qaysi faslda ko’proq qilinishini ayting?
Javob: Yoz faslida.
Xitoylik sudyalar o’z sirlarini ko’zlari orqali bildirib qo’ymaslik uchun qora ko’zoynak taqishgan ekan. Bizda esa yozda nima uchun qora ko’zoynak taqilishini hamma bilsa kerak!

2536. Bu mavjudotlar ko’pgina xalqlarda qadrlanadi xususan bizda ham, hatto uning “vazifasi”dan kelib chiqqan holda ular oliy donishmandlik mujassami sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek ular ko’pgina mamlakatlarda turli marosim va tibbiy amaliyotlarda mavjud.
Gap qaysi mavjudot haqida?

Javob. Asalari

2537. Bu narsaga ehtiyoj yo’qmi yoki o’rganmagan bo’lamizmi bilmadimu bu X ni bir yoshgacha juda kam qilarkanmiz. Keyinchalik odam bu X ni bir yiliga 3-3.5 million marta qilar ekanmiz. Va bu odat bo’lib qolar ekanda keyin voz kechish qiyin ekan, voz kechib bo’lmaskan ham. Savol: Gap nima haqida borayabdi?
Javob: Kiprik qoqish, ko’z pirpiratish

2538. Braziliyaning mayda chaqalari – sentavosining avers qismida janubiy xoch yulduzi tasvirlangan. Revers qismlaridagi tasvirlar esa nominaliga qarab o‘zgarib boradi. 50 sentavolik tangada Braziliyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Joze Marii da Silvi Paranyus Juniora tasvirlangan. 25 sentavolik tangada esa Braziliyaning birinchi prezidenti feldmarshal Manuela Deodoru da Fonseka tasvirlangan. Shuningdek 10 sentavoligida imperator Pedru I,
5 sentavolik tangada Braziliya mustaqilligi uchun kurashgan Juakina da Silvi Shavyerani tasvirini ko‘rish mumkin. Savol: 1 sentavolik tangada kim tasvirlanganligini toping?

JAVOB: Pedro Kabral
Izoh: Braziliyani aynan Kabral ochgan.

2539. Tirik jon borki vaqti vaqti bilan kasallik har xil dardlarga uchrab turadi. Bobomiz Amir Temur ham shular qatorida bir dardga chalingan paytda tabiblar unga davolash usulini aytishgan ekan. Buni eshitib – E shunaqami? demak meni bu darddan davolaydigan odam hali tug’ilgani yo’q! degan ekanlar. Diqqat savol: Ulug’ bobomiz Amir Temurni qanday davolamoqchi bo’lishgan ekan tabiblar?.
Javob: Qo’rqitib.
Izoh: “Xiqichoq” tutib qoganda odamni qo’rqitsa xiqichoq tutishi yo’qoladi deb aytishgan ekan. Turgan gapki Amir Temurni qo’rqitadigan odam bo’lmagan

2540. Qarshingizda Tosh davridan bir karikatura turibdi Personajlardan biri aytayapti: qani yana sinab ko’ramizmi?
Karikaturaning tagida esa ” Ikkinchi va uchinchining ixtiro qilinganicha” deb yozib qo’yilgan. Menga Birinchi, ikkinchi va uchinchi nimaligini ayting?

Javob : Tosh qaychi qog’oz✊✌️✋

2541. Spartada podsho vafot etsa 10 kun ikkita muassasa yopilgan. Buni Persiya shohi Kserks eshitganida, bunday qilishni Persiyada iloji yo’qligini chunki bu uning ikkita sevimli ishidan mahrum qilishini aytadi. Bu ikki muassasaning nomi nima?
Javob: Bozor bilan Sud

2542. Diqqat savol: 2002-yilgi futbol bo’yicha jahon chempionatiga bag’ishlangan, “Eurosport” kanalida namoyish etilgan eshittirishni “harakatdagi zarba” deb o’girish mumkin. Diqqat savol: Bu eshittirishning homiysi qaysi firma hisoblanadi?
Javob. KIA

2543. Ali ibn Abu Tolib r.a.ning X ga bergan ta’rifini eshiting: “Agar inson shamolga minib X dan qochsa, X yashinga minib unga yetib oladi”. Atrofidagilarga ushbu fikrini asoslash uchun: Alloh yer yuzidagi barcha jonzotlarning X i mening bo’ynimda degan va’dasini eslatadi.
Demak savol: X ni bir so’z bilan ayting?

Javob. Rizq

2544. Ruxshona bir qo’shig’ida Sevgini parvoz etishini ta’kidlab U ni eslab o’tadi.
Bundan yetti yil oldin Inglizlar U bilan internet tezligini solishtirib ko’rishgan.
Uni ayting-?

Javob: Kabutar

2545. Karikaturalarning birida ikkita baliq tasvirlangan. Ular suv sathida bo’sh baliq konservasini ko’rib qolishadi va birinchisi boshqasiga «Qara kimnidir alfasi tushib
qolibdi» demoqda . Alfa ni xohlang bir xohlang ikki so’zda ayting?

Javob. Tashrif qog’ozi. vizitka

2546. 1800 – yillarda Angliya va Irlandiyada qiziq bir holatlar yuzaga keldi. Har kuni ertalab bir necha “bezorilar” qo’lida uzun quvurlar bilan yurishgan. Odamlarning uylari derazisi yoniga borib, qo’lidagi quvurlar yordamida oynalarga qarata loviya otishgan.
Diqqat savol: yuqorida ta’kidlangan “bezorilar” ning maqsadi nima ekanligini ayting?

Javob: Shu davrga kelib bu davlatlarda KNOKKER AP deb ataluvchi kasb yuzaga kelgan. Har kuni ertalab ular savolda ko’rsatilgan usul orqali uy egalarini uyg’otganlar.

2547. Vishvanatan Anand shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo’lgach, taqdirlash marosimida grossmeyster sahnaga chiqqach butun zal o’rnidan turib uni olqishladi. Bu olqishlar shaxmatchining jahon chempioni bo’lgani uchun emas, boshqa qilgan ishi uchun edi..
Savol: Mehmonlar Anandning qaysi qilgan ishi uchun olqishlashgan edi?

Javob: Chempion sahnaga OYOQYALANG chiqqan edi.

2548. 2002 – yili “O’rgimchak odam” kinofilmini suratga olish jarayonida film qaxramonining kostyumi ( kiyimi ) yo’qolib qolavergan. Oqibatda film kinorejissori yana 4 ta kostyum tiktirishga majbur bo’lgan. Har bir kostyum narxi 100 ming dollarga teng bo’lgan. Endi savolni eshiting : kostyum kim tomonidan o’g’irlangani toping ?
Javob: Kostyumga javobgar shaxs ! ( qoravul va qo’riqchi javoblari ham qabul )

2549. Bir karikaturaga ko’ra “BU” klubni tark etgan uchta o’yinchi yana qaytishni xohlashayotgani tasvirlangan ! Ikki futbolchi eshik taqillatib , bir esa qo’ng’iroq chalib turgan xolatda tasvirlangan . Diqqat savol : 3 ta futbolchi va jamoani toping?

Javob : Morata , Pogba , Bonucci !
Izoh : Ular barchasi Juventus futbolchilari edi !

2550. Insoniyat qadimdan turli kasalliklarni davolashda shifobaxsh o’simliklardan foydalanib kelgan. Dorivor o’simliklar eng muxim muolaja vositasi hisoblangan. Ularni yaratuvchi Allohga bexad va benixoya shukrlar bo’lsinki, U har bir tirik zotga mijoz, odamni eng mo’tadil mijoz bilan yaratdi. Odamdagi har bir a‘zoga loyiq mijoz berib, ba‘zi a‘zoni issiqroq, ba‘zisini sovuqroq, quruqroq va ba‘zisini xo’lroq qildi. Tanadagi eng issiq narsa—ALFA , uning paydo bo’lish o’rni esa—BЕTTAdir
Diqqat savol: ALFA va BЕTTA nimalar?

Javob: Ruh va yurak

2551. 1 Roberto Manchini, Inter.
2 Fabio Kapello, Milan.
3 Zdanek Zeman, Roma.
Bularning bari Italiyaning mashxur klublarida murabbiylik qilishgan. Lekin yana bir o’xshashlik bor bular orasida.
Diqqat savol: Yana bir o’xshashlikni aniq ayting?

Javob: Ular shu klublarni ikki martadan boshqarishgan. Ya‘ni qayta saylangan.

2552. Sadiy Sheroziyning to’rt qator she’rini eshiting . Sadiy o’z davrida Xajga borib kelgan bir amaldor xojiga nisbatan aytganlari :
Zulm ichra xalq terisin shilgan o’shal xojiga ,
Mening nomimdan borib ikki og’iz so’z degin.
Sen xojimas , balki xoji erur “Alfa ” ng
Chunki tikan ovqati , ko’tarar odam yukin.
Sadiy Sheroziy “Alfa” ga qanoatli yo bardoshli bo’lgani uchun xoji unvoni bermagan . Diqqat savol : xo’sh , aytingchi , qaysi xizmatlari uchun muallif “alfa” ga xoji unvonini berganlar ? Alfa kim ? ( nima ?) Va uning xizmati nima bo’lgan ?

Javob : Gap bu yerda zulmkor xojini xajga olib borib kelgan TUYA xususida ketmoqda !
U davrlarda Xaj safariga cho’lu biyobonlar oshib borishgan . Bu safarda eng qulay transport TUYA bo’lgan. Sadiy Sheroziy aniq seni xajga olib borib kelgan TUYA xoji sen emas demoqchilar.
Alfa – TUYA , Xizmati – Xajga olib borib kelishi !

2553. Lurkmore fikriga ko‘ra bu so‘z Kretin va Bandit so‘zlarining qisqartiruvidan tashkil topgan. Qaysi so‘z?
Javob: Kredit

2554. Mashhur aktyor Jet Lining aytishicha, agar jang vaqtida bu ishni qilsangiz, siz eng yuqori darajaga erishgan bolasiz. Tailandda chiqarilgan qonunga kora, endilikda askarlar va patrul xodimlari bu ishni qilib yurishlari shart. Diqqat savol: Aniq ayting, nima ish qilish?
Javob: Jilmayish

2555. Qadimgi yunon shaharlarining har birida eng baland tepalik ustiga qurilgan va atrofi
qalin devor bilan o‘ralgan qal’a bo‘lgan. Afinadagi shunday qal’alardan biri eng mashxuri
hisoblanadi. Diqqat savol! Bu qal’aning nomi nima?

Javob: Akropol

2556. Xazinani anglash
Ikki do’stning suhbatini eshiting.
— Hamkasblaring qachon seni xazina ekanligingni anglab yetar ekan-a?
— Umid qilamanki, … yuborishguncha anglashadi!
Diqqat savol: Nuqtalar o’rnini bir so’z bilan to’ldiring?

Javob: Ko’mib

2557. Pastda “Iblis Advokati” (“Адвокат дьявола”) filmidan parcha berilgan.
Hali mobil telefonlar yo’q bo’lgan paytlari “Frans-press” nashrining uddaburon va ayyor muxbiri Pyer Litye o’tkazilgan matbuot anjumanlari haqidagi ma’lumotlarni qolgan hamkasblaridan nisbatan tezroq yetkazib turgan. Chunki u doimo o’zi bilan matbuot anjumanlariga ulardan bir nechtasini olib yurgan. Yana bir qo’shimcha ma’lumot, rossiyalik aktyor Aleksandr Demyanenko va o’zbekistonlik To’lqin Tojiyevning o’ziga xos hamkorlikdagi kino qahramoni ham favqulodda vaziyatda muxbir Pyer Litye o’zi bilan olib yurgan narsaga duch kelgan.
Diqqat, savol: Qolgan hamkasblaridan tezroq xabar yuborish uchun “Frans-press” nashri muxbiri qanday ayyorlik qilgan?

Javob: Pyer telefon qutisiga “telefon ishlamayapti” belgisini osib qo’ygan. U davrlarda yangilikni nashriyotga yetkazishning eng tez yo’li telefon qutilari bo’lgan.

2558. Ikki nafar polshalik radioboshlovchi yangi jahon rekordini o’rnatishdi – ular jonli efirda 93 soat-u 10 minut ishlashdi. Studiyada doimiy ravishda shifokorlar navbatchilik qilib turishdi. Va radioboshlovchilarning qon bosimi ko’tarilib ketgandan keyin, shifokorlarning talabi bilan efir to’xtatildi. Aslida ushbu aksiya boshlanganida, boshlovchilar bundan ham ko’proq, ya’ni 102 soat-u 30 daqiqa efir olib borishni maqsad qilishgandi.
Diqqat, savol: Radioboshlovchilar nega aynan shuncha vaqtni maqsad qilishgandi?

Javob. Ular ishlaydigan radioto’lqinlari fm102.3 da edi. Shu sababdan ular shu raqamga moslashtirishni xohlashgan.

2559. Bu juda-juda qiziq savol. O’ylaymanki, javobni topgan paytingiz quvonchdan qichqirib yuborsangiz kerak.
Qarshingizda Manchester universiteti binosi qarshisida o’rnatilgan haykalni ko’rib turibsiz.
Diqqat, savol: Bu haykal kimning sharafiga o’rnatilgan?

Javob: Arximed

2560. Oltingugurt – suv.
Fosfor – suv.
Metan – karbonat angidrid.
Parafin – karbonat angidrid.
Alyumin – qum.
Magniy – qum.
Diqqat, savol: Yuqoridagi ma’lumotnoma kimyogarlarga tegishli bo’lmasa, qaysi soha mutaxassislari uchun muhim hisoblanadi?

Javob: O’t o’chiruvchilar!
Chapdagi olov hosil qiluvchi moddalar, o’ngdagi uni o’chiruvchi moddalar!

2561. Amerikaliklar qisqartmalarni juda yaxshi ko’rishadi.
Diqqat, savol: 2010-yildan boshlab ingliz tilida E15 deyiladigan obyekt qaysi davlatda joylashgan?

Javob: Islandiya!

2562. O’tkir Hoshimovni “IKKI ESHIK ORASI” asarida X ga shunday ta’rif bergan:
X-misoli yomon kasal. Kelishi oson, ketishi qiyin.
Savol X ni toping?

Javob: Qish

2563. Xitoyda qishda muzdan ajoyib narsalar yasaldi buni ko‘rish uchun juda ko‘plab sayyohlar tashrif buyurishadi.Sayyohlarning ziyon yetkasmasligi uchun ularga qo‘l tekizish munkinmas.Lekin shunday insonlar borki ularga qo‘l tekizish mumkin.
Diqqat savol:Kimlarga qo‘l tekizish mumkin?

Javob: Ko‘zi ojizlarga
Izoh:ular ko‘rmagani uchun ushlab paypaslab ko‘rishgan

2564. “Tasodif” nomli o’zbek filmida ertalab Yodgorga otasi qo’ng’iroq qilib qayog’dasan deb so’raganida u javob berayotib otasiga yo’lda ketyabman hoz yetay deb qildim dedi. Shunda otasi uning yolg’on gapirganini bilibhali ham uxlab yotibsanmi tez o’rningdan turib stolda qoldirgan xujjatlarni olib kelishni buyiradi. Savol otasi uni yo’lda emas uyda ekanligini qanday bilgan?
Javob. Uy telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan.
Izoh:Bu filim chiqanda uy telefonlari bo‘lgan faqat

2565. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, IX asrdayoq O’rta Osiyoning ayrim shaharlarida uzluksiz ishlab turgan X lar mavjud bo’lgan. X-XI asrlarga kelib unga ega shaharlar soni ortgan. Saraxs, Balx, Marv, Nishopur, Ray, Kot, Gurganch va Gurgon shaharlari shular jumlasidan.
Samarqand esa bular qatoriga XV asrda qo’shilgan.
Yuqoridagi ma’lumotni oxirigacha diqqat bilan o’qib menga X ni ayting?

Javob: Rasadxona

2566. Xitoyliklarda shunday gap bor: ” Bir soatga baxtli bo’lmoqchi bo’lsang, shirinlik tayyorla. Bir kun baxtli bo’lishni istasang, baliq tutgin. Bir haftalik baxtli bo’lishni istasang, sayohatga chiq. Bir oyga baxtiyor bo’lishni istasang, turmush qur. Bir yil baxtli bo’lishni istasang, xazina top. Umr bo’yi baxtiyor bo’lishni istasang….. “!
Nuqtalar o’rnidagi jumlani to’ldiring?

Javob: Sevgan ishing bilan mashg‘ul bo‘l.

2567. O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umurlar “romanida unga shunday ta’rif berilgan
X o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi.
Savol:yozuvchi nimani o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshatadi?

Javob. Kuz
Izoh: Kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi.Har yonda kasalmand barglar ingraydi.

2568. Ahmad Lutfiy Qozonchining
“Sodat asri qissalari “asarida shunday deyiladi.
Makka shahrida qurg‘oqchilik va ocharchilik bo‘lgan vaqtda ham shahardagi daydi kuchuk va mushklarning qorinlari to‘yib semirib yurganini aytadi.
Savol:Siz menga nimani hisobiga
mushuk va kuchuklarni qorni to‘q yurganini ayting?

Javob. Qurbonliklar hisobiga
Izoh:o‘sha vaqtda odamlar but sanamlarga sig‘inishgan yomg‘ir yog‘ishi uchun ularga qurbonliklar keltirishgan.

2569. Bizning hududlarda BU ISH ish uchun tuproq va qumlardan foydalanishadi va bu eng samarali usul hisoblanadi. Lekin AQSH mamlakatida BU ISH uchun bir iste‘mol mahsuloti ishlatilarkan. Buni men Uyda yolg‘iz filimida guvohi bo‘lganman.
Savol: BU ISH deyilganda nima nazarda tutilmoqda?

Javob. QOR ERITISH UCHUN ❄️
Izoh: Uyda yolg‘iz filimida qorlarni eritish uchun tuz sepiladigan epizod bor.

2570. Ingliz maqoliga ko’ra, Xlarning sovg’asidan ehtiyot bo’lishimiz kerak ekan. Bu sovg’a insonga do’st ekanligini hisobga olib, Xlarni ayting?
Javob: Yunonlar. Sovg‘a troya oti

2571. Biz bu narsadan ko’pincha voz kechib turamiz. Yaqinda menda bir qiziq savol tug’ildi. ya’ni U narsadan hayvonlar ham voz kechib turarmikan balkim ular bizga ko’rsatmasdan voz kechar.
Nima bo’lganda ham U narsadan voz kechib turilgani yaxshi
Diqqat savol siz menga U narsani yozib bering?

Javob. Tirnoq

2572. Yurtimizda hashorot nomi bilan ataladiigan yagona tuman qaysi?
Javob. Bo‘ka tumani
Izoh:Bo’kalar ot oshqozonida,qoramol terisida,qo’yning burnida parazitlik qiladigan hashorat

2573. Bilamizki ilm olishning eng qiyin usuli tajriba ( eksperiment) usuli. Undan oson usuli esa kitob oqish yani organish usuli
Diqqat savol siz menga eng oson usulni ayting?

Javob. Ko‘chirish (qabul kuzatish,ko‘rish)

2574. -Bir yigit elektrovoz tomidan tushib ketib halok bo’ldi.
-13yoshli o’quvchi 9 qavatli uyning tomidan pastga quladi.
-Askar yigit tank oldida xizmatdoshini peshonasiga qurol tirab o’q uzib yubordi.
Savol: Bu noxushliklarni sababini toping?

Javob: Selfi tushish

2575. Hadisi sharif xukmlarida, odam bolasining yoshi ulg’aygan sari ko’p narsalarga xohishi ortib boradi, deyilgan. Ammo 2 ta narsaga ko’proq egalik qilish xissi yillar o’tib ulg’aygandan ulg’ayaveradi. Birinchisi boylikka nisbatan, ikkinchisi … Deyarli hamma ikkinchisiga ega bo’lishni orzu qiladi. Savol; Bu qanday xohish?
Javob. Umurboqiy yashash(qabul uzoq umur va yashash)

2576. Tanizaki Dzyunitaro odamlarni atrofdagilardan ajratib qo‘ymasdan ularni himoya qiladigan millat uyini X ga o‘xshatgan. X dan biz yilning to‘rt faslida ham foydalanamiz?
Javob: soyabon

2577. Hazrat paygʻambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam aytgan ekanlar:
Ummatlariga shunaqa zamon keladiki, besh narsani yaxshi koʻrib, yana besh narsani unutadilar:
Dunyoni sevib oxiratni unutadilar! Dunyo molini sevib, hisobini unutadilar! Yaratilganni sevib, Yaratganni unutadilar! Gunohlarni sevib tavbani unutadilar! Saroylarni sevadilar, Xni unutadilar!
Savol: X-?

Javob. Qabr

2578. X ga qadim zamonlardanoq katta ahamiyat berilgan.Xatto podsholar saroyida X ning asl mohiyatini o’rganadigan xodimlar lavozimlari joriy etilgan.Podsholar davlat ishlarini boshqarishda o’z X laridan kelib chiqib farmonlar va qarorlar qabul qilishgan.
Diqqat savol: X nima?

Javob: tush

2579. X ga hozir juda oddiy narsa deb qaraymiz. Ekaterina ll paytida qirolicha X ga nisbatan shunday fikr bildirgan edi: “Rossiya bu qadar kambag’al davlat emaski, fuqarolarini mana shunday qilib masxara qilib shilib olishga yo’l qo’ysa”
Diqqat savol: Qirolicha nima haqida gapirgan X ni toping?

Javob: lotoreya

2580. Mil. avv. IV asrda qadimgi Misrda Uning tarkibi tuz, qalampir, yalpiz barglari va gulsafsar gullaridan tashkil topgan edi. Hammamizni tabassum qilishga “chorlaydigan” Uni ayting?
Javob: tish pastasi

2581. Tuladagi artilleriya zavodi poligonida ko’proq qish oylari sinov o’tkaziladi. Sinovlar uchun bu vaqt qulay deb hisoblanadi.
Diqqat savol: Qish oylarida sinov o’tkazish nima uchun qulay ?

Javob. Chunki sinovlar vaqtida snaryadlar o’rniga muz parchalaridan foydalanilgan. Boshqa faslda muz parchalari erib ketishi mumkin.

2582. Yaponlarda «Daruma» nomli milliy qo‘g‘irchoq bor ekan. Dastlab qo‘g‘irchoq tayyorlanganda umuman ko‘zi bo‘lmaydi. Yangi yil arafasida unga bitta ko‘z chiziladi.
Savol: Aytingchi, odatga ko‘ra, qo‘g‘irchoqqa ikkinchi ko‘z qachon chizilgan?

Javob. Qo‘g‘irchoqa birinchi ko‘z yangi yilda niyat qilganda
Ikkinchi ko‘z niyat amalga oshganda chiziladi.

2583. U xuddi mevaga o‘xshaydi. Daraxtda osilib turgan mevani pishmasdan uzib olish qanchalik qiyin bo‘lsa, u ham shuncha qiynaydi. Meva pishib yetilsa, erta tushgandek uning ham “pishishini” kutgan ma‘qul. Mevadan farqli o‘laroq uning umrini sun‘iy tavishda uzaytirish ham mumkin.
Savol: u nima?

Javob: Tugma

2584. Mirzakarim Norbekovning “Tentakni tajribasi” asarida shunday deyilgan.
Bemorga kasaling bedavo deb aytgan shifokor, aslida o‘zining kimligini unutgan u dir.
Savol:Siz menga uni ayting?

Javob. Jinoyatchilar

2585. Yana bir bor geogarafiyaga murojaat qilamiz
Diqqat savol
Amerika, Afrika, Avstraliya, Antarktida. Men sizlarga dunyoni yarimini aytib bo’ldim.
Diqqat savol ushbu qitalar orasida qanday bog’liqlik bor?

Javob. Hammasi A harf bilan boshlanadi

2586. Bu maqom ISESCO tomonidan Toshkentga 2007-yilda berildi. 2020 yilda yurtimizni yana bir shahari ushbu maqomni qo‘lga kiritdi siz menga shaharni emas.
Gap nima haqida ketayotganini ayting?

Javob. Islom madaniyati poytaxti

2587. Dunyodagi eng hushxor baliqlardan biri “Makrurust” balig’i doim boshsiz sotiladi. Uni bu ko’rinishda sotilishiga katta bir sabab bor.
Diqqat savol: Nega shunday sotiladi?

Javob. Baliq boshining xunukligi sabab uni xaridorlar harid qilishmagan.

2588. Birinchi lekin oxringi , ikkinchi lekin birinchi, uchinchi lekin ikkinchi. Ushbu uchlikni aniq ayting.?
Javob: Dekabr, Yanvar, Fevral.
Izoh: Dekabr qishning birinchi oyi lekin yilning oxringi oyi. Yanvar qishning ikkinchi oyi lekin yilning birinchi oyi. Fevral qishning uchinchi oyi lekin yilning ikkinchi oyi.

2589. AQSHva Rossiya!
Bu ikki davlat har sohada har doim birinchi bo‘lishga intilgan va shunday bo‘lib ham kelgan. Xattoki hozir men so‘ramoqchi bo‘lgan X va Y sababli ular birinchi.
Savol quydagicha:
X bilan asosan voyaga yetmagan yoshlar oliftagarchilikning prototipini namoyish etishar , Y bilan esa ular endi yosh bola emasliklarini ko‘rsatib qo‘yishmoqchidek, Y umuman olganda kattalarga ham kichiklarga ham obro‘ emas. Diqqat Savol: X – Y ?

Javob: X-Chekish ?, Y- spirtli ichimliklar ichish. ?
AQSH da chekish oqibatida , Rossiyada -Ichish sababli Bu ikki davlatda bu ikki yomon odat va uning yomon oqibati tufayli juda ko‘plab insonlar halok bo‘lishar ekan.

2590. Ularning turlari juda ko‘p.Ulardan biri juda issiq go‘yo “Olov” bo‘lib yonadi. Ikkinchisi esa qo‘shinda birinchi qatorda jang qiladi.Yana biri esa “Jimjiloq” bo‘lsa ,boshqasi ziravorlarning eng “kattasi” .Agar gap nima xaqida ketayotgaligini aniqlagan bo‘lsangiz Ular ishtirokidagi biz uchun yoqimli bo‘lgani toping?
Javob: Osh(palov )
Yuqoridagilar esa guruchlarning turlari ” Alanga, avangard, kenja va devzira”

2591. 80-yillarda futbol olamida Pele eng zo‘r o‘ynar edi .Lekin eng yaxshi emas. Ko‘pchilik eng yaxshi deb uni tilga olar edi.
Siz menga u kim ekanligini ayting?

Javob. Jorj Best
Izoh :Best ingiliz tilida best yaxshi degani

2592. Fransiyaning o‘z davridagi bosh vaziri Jorj Bido uni “Tarix tomonidan qoldirilgan dunyo yuzidagi chandiqlar” deb atagan.
Savol: Bosh vazir nimani chandiqlar degan?

Javob: Agar dunyo xaritasiga nazar solsangiz, undagi “chandiq”larni ko‘rishingiz mumkin. Bu – davlat chegaralari edi. Tarix davomida davlat chegaralari ko‘p bora o‘zgargan.

2593. Mashhur “Ahaltaka” otlari haqida hamma eshitgan bo‘lsa kerak.Otboqarlar malum sababga ko‘ra otlarni loyqa suvdan sug‘orishar ekan.
Savol: siz menga nima sababdan bunday qilinishini ayting?

Javob: Aksini ko‘rmaslik uchun
Izoh: Ahaltaka otlari juda hurkak bo‘lib toza suvda o‘z aksini ko‘rib o‘lib qolishi mumkun bo‘lgan

2594. Har yili kuz boshlanishi bilan ukamning ishxonasidagi taxminan 20 ga yaqin ishchilar biznikiga mehmonga kelishadi va bahorgacha qolishadi eng qizigʻi ularning qoʻl oyogʻi yoʻq bazan bexosdan koʻzim tushsa qoʻrqib ketaman bahorda issiq kunlar boshlanishi bilan ular yana ish joylariga qaytishadi.
Savol: Siz bu mehmonlar kimligini anglagan boʻlsangiz aytingchi ukam qayerda ishlaydi ?

Javob: Bu kasb sotuvchi edi.
mehmonlar esa manikenlar edi. Kuz kelishi bilan yengil kiyimlar oʻrnini qalin kiyimlar egallaydi va manikenlarga unchalik hojat qolmaydi, bu savoldagi manikenlar qoʻl oyoqsiz deyilgandi sveter yengil yozgi kiyimlar uchun .

2595. Yunon yozuvchisi Prokopiy do’sti Yustinianga yozgan maqolalarini aynan shunday atagan. Yashirin va chop etib bo’lmas qilib yozgani uchun ham u shunday yunoncha atama bilan yuritgan. Hozir bunday asarlarni bosib chiqariladiganlari ham, bosib bo’lmaydiganlari ham bor.
Savol: Bu qanday adabiy janr?

Javob: Anekdod

2596. Ular tabiatning buyuk hodisasi hisoblanadi. Hech bir kompaniya yoki tashkilot uni yasay olmaydi. Tabiat uni o’ta chiroyli, ranglarga boy qilib yaratgan. Oq rang, ko’k rang va hattoki qora rangdagilari ham uchraydi.
Savol: Tabiatda uchraydigan bu katta va chiroyli narsa nima?

Javob: Aysberg

2597. Ko’r bo’lib tug’ilgan inson bilan keyinchalik ko’r bo’lib qolgan odam orasida farq yo’q. Ikkalasi ham 100% ga ko’rmaydi. Ammo ko’r bo’lib tug’ilgan odam keyinchalik ko’r bo’lib qolgan odamidan bitta jihati bilan farq qiladi.
Savol: Nima bilan farq qiladi?

Javob. Tug’ma ko’rlar tush ko’rishmaydi. Keyinchalik ko’r bo’lib qolganlar esa tush ko’rishadi. Ular orasidagi asosiy farq shu.

2598. 1915 yili Birinchi jahon urushini eng qizg‘in pallaga kirgan payti nemis lageri ustida fransuz samolyoti paydo bo‘ladi va katta bomba tashlaydi. Nemis askarlari har tarafga tumtaraqay bo‘lib qochadi. Biroq kutilmagaida bomba portlamaydi. Aksincha bomba o‘rniga katta koptok tushadi. Uning ichida esa bir qog‘ozcha bor edi. Diqqat savol, qog‘ozchada nima deb yozilgan edi?
Javob: 1-Aprel

2599. Do‘kon oldida turadigan bu idishning vazifasi nima edi?

Javob: Do’kon ochiqligi bildirish

2600. Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan?
Javob: Guvoh