Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.
3701. Qadim afsonlarga ko’ra U shirin shaftoli va archa g’uddasining muhabbatidan paydo bo’lgan ekan. Andijonda Uni “tikonli oshna” deb atashadi.
Ushbu Uni toping?
Javob: Ananas
3702. O’tkir Hoshimov bir kitobida shubhasiz U dunyoning sakkizinchi mo’jizasi deb ta’rif bergan.
Uni toping?
Javob: Badiiy adabiyot
3703. U kichik mavjudod. U ilonlarga qaraganda ko’proq inson hayotiga zomin bo‘ladilar.
Gap nima haqida ketayotganligini toping?
Javob: Ari
3704. Bir kuni bekatda uch o’zbek va bir rus turgan ekan. Avtobus kelib to’xtabdi, shunda birinchi o’zbek:
-Yo pirim deb, avtobusga chiqibdi.
Ikkinchisi chiqayotib:
-Yo Ali debdi.
Uchinchi o’zbek esa:
-Yo Muhammad, deb avtobusga chiqib ketsa. Boyagi rus ichida bir nimalarni o’ylab, “X” ni aytib, avtobusga chiqibdi.
Diqqat savol: o’zbek tilini tushinmaydigan rus, nima deb o’ylaganini emas, nimani aytib avtobusga chiqqanini ayting?
Javob: O‘z ismini aytgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3912?comment=11033)
Izoh: O‘zbekchani tushunmaganligi sababli, o‘z ismlarini aytishyapti deb o‘ylagan
3705. Qadimgi Xitoyda eng og’ir qatllardan birida antiqa usulni qo‘llab o’ldirish bo’lgan. Unda tashqi tarafdan hech qanaqa jarohat ham yetkazilmagan. Zaharlashmagan ham.
Savol: Bu qanday usul edi?
Javob: Uyqusizlikdan o‘ldirishgan
3706. Murod Chovushning “Hech” asarida shunday satrlar bor:
Ayoldan qochishimiz kerak. Qochgan joyimiz esa…….. gacha
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring?
Javob: Ayolgacha
3707. Bu o’simlik ra’noguldoshlar oilasiga mansub buta hisoblanadi. Qaysi o’simlik haqida gap ketyapti?
Javob: Atirgul
3708. Tarixchilar bu hodisa haqida shunday degan:
Qallob qoʻlga tushdi, Fanda esa yangi kashfiyot boʻldi.
Buni nimaligini topgan boʻlsangiz menga shu kashfiyotchining eng mashhur soʻzlarini ayting?
Javob: “Evrika”
Izoh: Kashfiyotchi Arximed. Unga shoh Giyeron bir usta yasagan tojni buzmay sof oltindanmi yoʻqmi tekshirishni buyuradi. Bunda u tojni zichligini oltinniki bilan solishtirsa kifoya edi. Massasini tarozida oʻlchaydi. Ammo hajmi…
Vannaga tushgach “Evrika” deydi. Suvga botirilgan jism oʻz hajmicha suvni siqib chiqaradi deb Arximed qonunini yaratadi.
Toj sof oltindan chiqmaydi. Usta qallob boʻladi. Fan esa yangi kashfiyot bilan boyiydi
3709. Bu so’z lotincha “sovg’a qilaman” so’zidan kelib chiqgan. Lekin hozirgi zamonda ko’pincha odamlar “Shunaqa” bo’lganligi uchun pul olishadi.
“Shunaqa” o’rnidagi so’zni aniq ayting?
Javob: “Donor”
3710. 2019-2020 yilda bo’lib o’tgan Chempionlar ligasi nimchorak final ikkinchi o’yinda PSJ klubi Borussia Dortmund klubini 2-0 hisobida mag’lubiyatga uchratib keyingi bosqichga yo’l oldi. Bir Borussia muhlisining bahonasiga ko’ra uning sevimli jamoasiga “X” yetishmagan emish va “X” siz chempionat Borussia uchun qiziq emas emish. Mantiqan olib qaraganda bu to’g’ri. Endi siz Parijdagi o’yinni va Borussianing asosiy qurolini eslagan holda “X”ni toping?
Javob: “Muhlislar”
Izoh: Yevropada eng zo’r muhlislar BvB niki shuning uchun BvB ni quroli muhlislar deyishadi
3711. Patrik Zyuskindning Ifor asarida aytilishicha Ular(odamlar) shunchalar ahmoqki, o‘z burunlaridan faqat “X” uchun foydalanishadi va barcha-barcha narsani ko‘zlarim bilan anglayman deb o‘ylaydilar.
Savol: Iqtibosdagi “X”ni toping?
Javob: Aksi Urush
3712. Hammamiz maktab darsliklaridan Anatomiya fanini bilamiz. Ko’pchilikga bu fan yoqishi tayin. Ushbu fanda ko’plab tibbiyot atamalarini uchratishimiz mumkin. Hammamizga tanish bo’lgan bu atama yunonchada-kesaman, grekchada-kesish degan ma’nolarni anglatadi.
Qaysi atama haqida gap ketmoqda?
Javob: Anatomiya
3713. U aqlni yengsa yoshi ulug’ keksa bo’lsang ham , fikr-u hayoling go‘dak idrokidan farq qilmaydi.
Savol: uni toping?
Javob: nafs
3714. Bir ayol mehmonxonaga joylashadi. Bir soatlardan keyin xonasini eshigini taqillatishadi. U eshikni ochadi. Taqillatgan odam esa “Kechirasiz! men oʻzimni xonam deb oʻylabman” deydi va ketib qoladi. Ayol darrov politsiyaga telefon qilib, mehmonxona koridorida jinoyatchi yurganligini aytadi.
U nimaga bunday shubhaga boradi?
Javob: O‘zini xonasi bo‘lsa kaliti bo‘lishi kerak edi. Ya‘ni kalit bilan ochishi kerak edi. Taqillatish kerak emas.
3715. Yaponlarning afsonasiga ko’ra
Yaponlarda uchta kuch bor :
1) qilich kuchi u qurolni kuchini bildiradi .
2) oltin kuchi u pul kuchini
ifodalaydi .
3) …. dir va o’zini anglashni ifodalaydi .
DIQQAT SAVOL : Yaponlarda o’zini anglash nimaning kuchi deb ataladi ?
Javob: ko’zgu
3716. Bu so’z maktab vaqtlari ayrim bolalar uchun ishlatilgan halos.Ushbu so’zni eng ko’p qo’llaydigon kasb egasi bu arxitektorlardir.Ayni shu so’z ilk maktab peshtoqiga yozilgan.
Ta’rif berilgan so’zni toping?
Javob: Namuna
3717. “U – jinni kampir. Keraksiz yaltur-yultur lattalarni yig’adiyu, nonni tashlab yuboradi”. Yozuvchi Ostin O’Malli insondagi nimaga shunday ta’rif bergan?
Javob: Xotira
3718. Parijda uni Chaqmoq urushi deb atashadi. Bunday holatga tushgan odamlarni Chaqmoq urishi yoki Yashin urdi deb ham atashadi. Xo’sh bunday ataladigan holat aslida nima?
Javob: Gap Sevib qolish haqda edi.
3719. Amerikalik olim Duglas Engelbartning mehnatlari Alan Tyuring nomidagi mukofotga loyiq ko’rilgan. Bu mukofot ba’zida hisoblash texnikasi sohasidagi Nobel mukofoti deb ta’riflanadi. 1998-yilda esa uning bir ixtirosi avvalgi mukofotdan 20 barobar qimmat bo’lgan mukofot bilan taqdirlandi va uning ismini bir umrga bir hayvon bog’lab qo’yadi.
Savol: Duglas Engelbart nimani ixtiro qilgan?
Javob: Kompyuter Sichqonchasi edi
3720. 《Buyuk Biritaniya》olimlarining ta’kidlashicha bir mashhur personaj bu ishni ketma-ket 13 martadan ko’p bajarolmas edi .Chunki bundan keyin u bo’ynidan ajralib qolishi mumkinligini aytishardi.
Diqqat savol : Siz menga gap qanday ish haqida ketayotganligini emas o’sha personajni toping ?
Javob: Pinokkio
3721. Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev aynan Alfadan ta’sirlanib “qismat” romanini yozgan.
1928-yil Rus tanqidchisi Mixail Sheverden Alfa ga o’zgartirish kerak va Alfa bizniki bo’lishi kerek deydi.
Sotti Husayni esa Alfa bizga eng kuchli zahar u bizni yakson qiladi deb ta’rif bergan.
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib alfani toping?
Javob: alfa- O’tkan kunlar
3722. Kanstovarlar sotiladigan Doʻkonga Kar saqov xaridor qalam yoʻngʻich sotib olish uchun kirdi. U sotuvchiga buni tushuntirish uchun chap qoʻl barmogʻini chap qulogʻiga tiqib, oʻng qoʻlini oʻng qulogʻi atrofida aylanma harakatlantirdi. Buni sotuvchi darrov tushunib unga xizmat koʻrsatdi. Bir ozdan soʻng doʻkonga koʻr odam kirdi.
U qaychini sotuvchiga qanday tushuntiradi?
Javob: Qaychi bering degan
Izoh:Ko‘r bo‘lsa ham gapira oladiyu
3723. Shved xalqi maqoliga ko’ra :
( Dehqon bilan dehqon tilida ,
Olim bilan ……. manashu tilda
so’zlashish maqul deyiladi ) .
DIQQAT SAVOL : Shved maqolidagi tushirib qoldirilgan so’zni toping ?
Javob: Lotin tilida
3724. Al-Xorazmiyning ajoyib tenglamasi:
Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida soʻrashdi. Olim shunday dedi:
– Agar inson X sohibi boʻlsa, u 1 ga teng.
– Agar inson husn sohibi boʻlsa, birning yoniga nolni qoʻsh = 10 boʻladi.
– Agar inson boy boʻlsa, yana bir nolni qoʻsh = 100 boʻladi.
– Agar nasl-nasabli boʻlsa, yana bir nolni qoʻsh = 1000 boʻladi.
– Agar 1 raqami, yaʼni X yoʻq boʻlib ketsa, insonning qiymati yoʻqqa chiqib, nollarning oʻzi qoladi = 000
X- ni nima ekanligini toping?
Javob: Xulq
3725. Diqqat bilan ro’yxatga e’tibor bering:
1 Temir
2 Uchqun
3 Nishon
4 X
Siz menga Xni emas, ularni qaysi filmda birga uchratishimizni ayting?
Javob: Ulfatlar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3941?comment=11454)
3726. Rus olimi K.A.Timiryazev: «U narsa inson tafakkurining buyuk ixtirolaridan birini
tashkil etadi» degan edi.
Diqqat savol: U nimaga shunday ta’rif bergan?
Javob: Yaxshi yopilgan bug‘doy noni
3727. U -Tobol shahri gimnaziyasining direktori Ivan Pavlovich oilasidagi 17 chi farzand bo‘lgan.Undan avvalgi sakkizta aka-opalari chaqaloqligidayoq o‘lib ketgan,ulardan uchtasi o‘lik tug‘ilgan. U Nobel mukofotining uch karra laureati bo‘lgan.
U ning asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha hunari,aniqrog‘i hobbisi bu-chamadon yasash bo‘lgan.
U kim…?
Javob. D. I. Mendeleyev…
3728. ( Hazil savol ) Qadimda bir boy hayvonlarni davolovchi tabib oldiga borib uzining otidan shikoyat qilibdi:
-mening otim ma’lum vaqt yaxshi yurib keyin ma’lum vaqt oqsoqlanadi debdi.
Shunda tabib juda ajoyib javob beribdi.
Tabibning javobini ayting?
Javob: Tabib oting yaxshi yurgan payti sotib yubor deb maslahat bergan
3729. Diqqat ro’yhatga e’tibor qiling:
-Stivie Wonder.
-Abraham Linkoln.
-Lionel Messi.
-Bo’ri.
-Vinsant van Gog.
Diqqat savol: Ularni bog’lab turgan umumiy bitta so’zni toping?
Javob. Tug’ma…
Izoh: 1. TUG’MA ko’r…
2.TUG’MA kasalik(irsiy) Marfan sindromiga chalingan. Alomati: baland bo’yli bo’lishi… (Qo’shimcha: bunday sindromga chalinganlarning ko’pchiligi Tug’ma daholar bo’ladi)
3.TUG’MA iste’dod. (Juda ko’plab xorijiy nashrlarda Messiga shunday ta’rif berishgan)
4.TUG’MA ovchi, TUG’MA yirtqich. (Maqol: Bo’rining og’zi yesa ham qon, Yemasa ham — qon.)
5.TUG’MA daho. (Shizafriniyaga chalingan.)
3730. Sandiqchadagi predmet 1995-yilda Yaponiyada eng foydasiz ixtirolar safiga kiritilgan. 2014-yilda esa bu predmetni ,,Taym” jurnali eng yaxshi ixtirolardan biri sifatida qayd etdi. Uning har xil ko‘rinishlilari mavjud(simli,simsiz,uzun,kalta)
Diqqat savol: Sandiqchada nima bor.?
Javob: Selfi tayoqchasi
3731. Barchaga tanish bu “Ona Bola” bizni xalqimiz hayotida o’z o’rniga ega ekan. Biz faqat Bu “Ona Bola”ni ko’rganmiz “Ota”si kim bilmaymiz, biz ko’pincha “Ona”sini qo’l bilan g’ijimlaymiz azoblaymiz “bosh”ini tanasidan judo qilib yana qaytarib qo’yib qo’yamiz “Bola”sini esa o’pib erkalab qo’yamiz.
Diqqat savol. Bu ” Ona bola” toping?
Javob: Choynak piyola edi…
Bular xuddi ona boladek ammo otasi kim noaniq…!
Boshini judo qilish bu 3 marta choy qaytarish edi…
3732. ” Suyinchi ” filmidagi har kuni anhorni kechib o‘tadigan sigir kimni sigiri edi…?
Javob: Hoshim akani
3733. 2012-yilgi《 LONDON 》 olimpiyadasida 15 tonna sabizi bir sport turida ishtrok etuvchilar uchun oldindan tayyorlanib qo’yilgan ekan .
DIQQAT SAVOL: qaysi sport turida ishtirok etuvchilar uchun buncha miqdorda sabzi kerak bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?
Javob: Ot sporti
3734. Indamas “X” dan ,
Tinch oqar suvdan qo‘rq.
” X ” -?
Javob: It
3735. Viktor Gyugoning fikrini eshiting:
“Insoniyat bilish, fikrlash va orzu qilish imkonini beruvchi 3 ta kalitga ega.
Bular: 1. Raqamlar,
2.Harflar va
3. …..”
Uchinchisini siz ayting?
Javob: musiqiy nota
3736. Qanday mahsulotni ishlab chiqaruvchilar Karbid ,Volfram va zanglamas po’latdan yasaladigan diametri 1mm dan oshmaydigan shariklardan foydalanishadi?
Javob: Ruchka
3737. U haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunon shifokori Klavdiy Galenning yozma
manbalarida uchraydi. Ilgari undan foydalanish uchun uni surtishgan. Faqatgina Jyulen Lui
Joffruning ixtirosidan keyingina u qattiq holda ishlatila boshlangan.
U nima?
Javob: Sovun
3738. Bu aks qadimgi yunonlarning muhabbat va go’zallik ilohasi Afroditaning ramzi, unga sig’inuvchilar shu aksni kundalik ramzlariga aylantirishgan va islom dinida bu aksdan foydalanish ALLOHga shirk keltirish bilan teng.
Bu belgi barchamizning klaviaturamizda smayliklar orasida bor. Bu qaysi belgi?
Bu belgini jo’natish shart emas qanaqa ekanligini va nomini yozsangiz bo’ldi.
Javob: Qora yurak
3739. Ushbu ismni bosh harfi olinsa bollarning ismi kelib chiqadi. Yana bir harfi olinsa hasharot nomi kelib chiqadi. Yana bir harfi olinsa hayvon nomi paydo bo’ladi.
Ushbu ismni toping?
Javob: Sobit
Obit
Bit
It
3740. Alfa ilk bora Xitoyda paydo bo’lgan. Alfa yigitlarni qanchalar tartibli ekanligini ko’rsatib turadi. Juda kam hollarda alfa ni qizlarda ham uchratishimiz mumkin. lekin alfa qizlarni tartibini belgilamaydi. Eng ko’p alfa larni talabalar orasida uchratamiz.
Alfani toping?
Javob: Bo’yinbog’ (galustuk )
3741. Dunyoda shunday orolcha borki u son jihatdan insonlarga tengdir. Ushbu orolcha eng kichik orolchadir.
Orolcha nomini va qayerda joylashganini toping?
Javob: Langergans orolchasi oshqozonda joylashgan
3742. Fransuz qiroli Karl kutubxonasidagi kitoblar invintarlari yoziladigan daftarga har bir kitobning muallifi va tarjimonidan tashqari yana bir shu kitobga aloqasi bo’lgan insonni ismi va sharifini yozishlarga buyruq bergan.
Kitoblarda muallif va tarjimondan tashqari yana kimning ismi yozilgan?
Javob: Xattotni
Izoh: o’sha davrda kitoblar qo’lda ko’chirilgan.
3743. IX asrda yashagan Xalifa Al Ma’mun shunday degan ekan: “Hayratli tomoni shundaki, men dunyoning sharqda Hindistondan g’arbda Andalusiyaga qadar cho’zilgan hududiga hukmdor bo’lishimga qaramay, ikki tirsak orasidagi masofaga eplab hukmronlik qilolmayman”.
Savol: Xalifa bu fikrida alam bilan nima qo’lidan kelmasligini nazarda tutgan?
Javob: Shaxmat o’ynash
3744. Mashhur kimyogar o’z laboratoriyasida o’lik holda topildi. Politsiyachi 4 tasidan gumon qilayotgan edi. Ular Sergey, Nikola, Feliks va Mixail edi. Ularning barchasi kimyogarni shodirdi edi. Ulardan faqat bittasi qotil edi. Politsiya dalillarni uzoq o’rganib chiqdi. Faqat 1 ta dalil topdi. Kimyogarni cho’ntagidan qonga belangan qog’oz edi. Kimyogar o’limidan bir necha daqiqa avval yozilgan edi. Qog’ozda 28 27 57 sonlari yozilgan edi. Aynan shu qog’oz qotilni aniqlashda yordam berdi.
Savol: Kimyogarni qotili kim va uni qanday aniqlagan?
Javob: Nikola
Izoh:
28~Ni
27~Co
57~La
3745. Уurtimizning tog‘li xududlarida qiz farzandi ko‘p oilalarda alfa ismini qo‘yishgan.
Diqqat savol : Qiz farzand ko‘rmaslik uchun qanday ism qo‘yishgan?
Javob: To‘xtasinxon
3746. Qadimda jarchilarning bir jumlasida ushbu so‘z shunchaki qofiya uchun qo‘shilgan bo‘lsa kerak deb yurardim. Keyin bilsam unday emas ekan. Aslida (bu so‘z) odamlarga o‘xshab: “qattiq”, “yumshoq” bo‘lar ekan.
Bu nima ekanligini ayting?
Javob: Bodom
3747. Butun zaminu osmon uyquga cho’mgan.
Bo’ronlar tinib, to’fonlar to’xtagan lahzada ham U ziyrak turadi.
U hamisha uyg’oq.
Diqqat savol: Ushbu jumlada yozuvchimiz Tohir Malik nimaga ta’rif bergan?
Javob: Vaqt
3748. Bir boy dehqon to’y qilibdi. to’yida osh tarqatibdi. to’yga 1000 kishini aytibdi. 1000 kishiga 1000 tovoqda osh tarqatibdi. to’yga aytilgan insonlar har xil tabaqa vakillari ekan. boylar , o’rta hol va kambag’al dehqonlarni aytibdi. har bir boy dehqonga 4 tovoqdan, o’rta hol dehqonlarga 2 tovoqdan va har 4 ta kambag’al dehqonga bir tovoqdan osh tarqatibdi.
Savol: to’yga nechta Boy, nechta o’rta hol va nechta kambag’al dehqon aytilgan?
Javob: Boylar 25 ta
O’rta hol dehqonlar 375 ta
Kambag’al dehqonlar 600 ta (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3966?comment=11917)
3749. Birinchi ko’zoynaklar kimlar uchun yaratilgan?
Javob: Sudyalar
3750. Ushbu narsa 1904 yili ilk Sent-Luis shahrida ommaga namoyish etilgan.
U nima.?
Javob: Nonli stakandagi muzqaymoq
3751. Yer yuzidagi ushbu jonzodda o’pka yo’q va ular umri davomida umuman uxlashmaydi. Savol gap qaysi jonzod haqida ketayapti.?
Javob: Chumoli
3752. Qaysi davlat konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va o’zgarmas konstitutsiya hisoblanadi?
Javob: Aqsh
3753. Buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnaynning qo’shinlari orasida maxsus 700 kishilik saralangan jangchilari bor edi. Ularning bir xislati tufayli raqib qo’shinlari ular bilan jang qilishga qiynalishar edi.
Diqqat savol: saralangan jangchilarning qanday hislati bor edi?
Javob: Jangchilar chapaqay bo‘lishgan
3754. Yaponlarda ( kito katso’ ) iborasi g’alaba qozonish yutuqqa erishish degan ma’noni anglatadi . Shu sababli bo’lsa kerak Yapon maktabi o’quvchilari imtihonga o’zlari bilan uni olib kelishar ekan .
DIQQAT SAVOL : Siz menga uni nomini topib bering?
Javob: Kit Kat shokoladi edi.
3755. Betta daraxtining egilgani-singani, er yigitning uyalgani-o’lgani.
Betta ni toping?
Javob: Eman
3756. Isroilning aholi va muhojirlarini ro’yhatga olish tashkiloti chaqaloqlarga qo’yilgan ismlar bo’yicha statistika olib bordi va ro’yhat tuzdi. Yahudiycha va boshqa ismlar o’rin olgan ushbu ro’yhatda ismlar orasida “Muhammad” ismi hamon birinchi o’rinda turibdi.
Savol: Siz menga ikkinchi o’rinda turgan ismni ayting?
Javob: Yusuf
3757. Rivoyat qilishlaricha bir zukko podshoh vazirlarining aql zakovatini imtihon qilish maqsadida shunday jumboq aytibdi: “Saroy darvozasi oldiga chiqsangiz bir qariya o’tiribdi. Uning barmog’ida men bergan uzuk bor. Men unga uzukni hech kimga bermang. Faqatgina podshohning yuzini 100ming marotaba ko’rsatgan kishiga bering deb tayinlaganman
Siz menga shu uzukni olib kelolasizmi?”.Vazirlar bu vazifaning uddasidan chiqishibdi.
Savol:Vazirlar qanday qilib bu vazifani uddalashgan?
Javob: Podshoni yuzi tushirilgan tangani 100 ming marta ko‘rsatgan va 100 ming tanga bergan.
3758. U savol emas lekin unga hamma javob beradi.
bu biz foydalanmaydigan, ammo doim biz bilan bo’lgan yagona narsa.
Uni toping?
Javob: O’z ismi
3759. Kulgili savol: Qishloqqa kelgan sayyohlarni doim bir narsa ajablantirar ekan. U yerda telbaroq bir o’spirin bo’lib, sayyohlar unga 50 sentlik yaltiroq tanga yoki 5 dollarlik qog’oz kupyuralardan birini olishni taklif qilishsa doim 50 sentlikni tanlar ekan. Holbuki, 50 sent 5 dollardan 10 barobar kam. Qiziq, telba o’spirin nega doim 50 sentlik tangani tanlashi mumkin? Balki, bunga sababi bordir, juda telba ham emasdir
Javob: 5 dollarni olsa sayyohlar uni telba deb o’ylamidi va unga boshqa pul bermay qo’yadi, natijada o’spirinning bozori kasod bo’ladi.
3760. M.Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘at turk ” asaridan bir masal : Insonlar orasida shunaqa munosabatlar shakllangan. Bir nom bilan aytganda arqon mavjud. Arqonning bir uchidagi kishini arslonga ikkinchi uchidagi kishini sichqonga o‘xshatsa bo‘ladi. Garchi sher bo‘lsangiz ham arqonni bu uchi sizni qo‘rquv va hadik sichqonga aylantirib qo‘yadi.
Savol arqonni nomi nima?
Javob: Qarz
3761. AQSHlik psixologlarni fikricha bu jarayon eng ko’p polisiya idoralari va kutubxonalarda kuzatilar ekan. ʺBu jarayonʺning ishchi varianti ʺXo’jayin Zolushka haqida ertakʺ deb nomlangan. Bu jarayonni ikki so’z bilan ayting?
Javob: Ishqdagi ishq
3762. O‘zbeklar hamma ishlarni “Bismillahi rahmanir rahim” deb o‘ng oyoqdan boshlashadi. Lekin hamma bu ishni chap oyoqdan boshlab, chap tomondan tugatadi. Kimda-kim bu ishni orangizda qilgan bo‘lsa, u ham chap oyoqni birinchi bo‘lib qo‘ygan?
Savol: Qayerga qo‘yganda?
Yordam bino emas!
Javob: Otga minish
3763. Dedektiv savol: to’y marosimi edi. to’yi bo’layotgan yigitni uyiga dushmani yollanma qotilni yo’llaydi. to’yga Martin ismli mehmonni sherigi sifatida to’y marosimi bo’layotgan uyga kiradi. nazorat qattiqligi tufayli faqat ro’yxatda bor insonlarni kiritadilar yollanma qotil Martin orqali ichkariga kirishga muvofaq bo’ladi. yollanma qotil to’y marosimdagi xizmatchi qizlaridan birini o’ldirib kiyimini kiyib oladi va 2 ta soqchini ham o’ldiradi. soqchini qurolini olib qotillikni amalga oshirish uchun ichkariga kiradi. Yollanma qotil to’yi bo’layotgan yigitni singlisini o’ldirishi kerak edi. sharbat ko’tarib xonalardan biriga kirsa adashib to’yi bo’layotgan yigitni oldiga kirib qoladi. Keyin singlisi sharbat so’raganini aytadi yigit singlisini xonasini aytadi. qotil yigitni oldidan chiqib qizni xonasiga ketadi. kuyov kelin bilan to’y marosimiga chiqaverishda xizmatchilarga e’tibor berib qoladi va sharbat keltirgan xizmatchi qotil ekanligini tushunib singlisini xonasiga yuguradi va qotil endi o’ldirmoqchi bo’lgan payt kirib qoladi va singlisini qutqarib qoladi.
savol: yigitni e’tiborini tortgan narsa nima edi?
Javob: Qotil ayol poshnasi baland oyoq kiyim kiygan edi. Chunki bunaqa oyoq kiyim xizmatchilar uchun noqulay edi va ularda bir xil oyoq kiyim edi.
3764. Ikkinchi jahon urushini boshlagan mashhur nemis arbobi Adolf Gitler haqida hamma bilsa kerak. Lekin uning hayoti haqida g’alati ma’lumotlar mavjud. Uning millati nemis bo‘lsada u Germaniyada tug‘ilmagan. Adolf Gitler qaysi davlatda tug‘ilgan?
Javob: Avstriya
3765. Diniy_Savol
1.” Qur’on ” lafzining lug’aviy ma’nosi qanday…?
2.Rasululloh S.A.V. ga ilk bor vahiy kelgan g’orning nomi nima edi…?
3.Qur’on oyatlarini dastlab kim sanab chiqqan…?
4.Rasululloh S.A.V. ning qullari bo’lgan, so’ng uni ozod qilib, o’g’il qilib olganlar. U inson kim edi…?
5.Kim birinchi bo‘lib arab tilida gapirgan…?
Javob: 1. O’qish (Qiroat)!
2. Hiro!
3. Oisha onamiz!
4. Zayd ibn Horisa!
5. Ismoil (a.s.) 14 yoshli bola bo‘lganlar! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3987?comment=12230)
3766. Diniy_Savol
1. Makkada nechta sura tushgan, “Makkiy” suralar soni qancha…?
2. Madinada nechta sura tushgan, ya’ni “Madiniy” suralar soni…?
3. Birinchi ro‘za tutgan inson kim…?
4. Rasululloh S.A.V. ning nechta farzandlari bo’lgan…?
5. Eng uzun sura qaysi…?
Javob: 1. 86 ta!
2. 28 ta!
3. Odam (a.s.). Har oyda 3 kun tutganlar!
4. 7 ta!
5. .Baqara surasi!
3767. Diniy_Savol
1. Eng qisqa sura qaysi…?
2. Qur’onda Eng ko‘p qaysi payg‘ambarning nomi zikr etilgan…?
3. Rasululloh S A V ning otalari Abdulloh, onalari Ominaga necha yoshlarida uylanganlar…?
Nuqtalar o‘rnidagi so‘zni toping…?
Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etmaslar. Alloh……larni yaxshi bilguvchi Zotdir.
“Fil voqeasi” dagi Abraha qayerning podshohi edi?
Javob: 1.Kavsar surasi!
2. Muso(a.s)!
3. 18 yoshda…
4. Taqvodorlarni
5. Yaman
3768. Oxirgi vaqtlarda Angliyalik oʻsmirlar koʻz doʻxtiriga qatnashi koʻpayib ketgan. Koʻzoynak taqishga shunchalik ishqiboz boʻlishganki. Shuning uchun bu turdagi koʻzoynaklar bozori chaqqon boʻlgan. Bu koʻzoynakning tuzilishi dumaloq va opravasi qora. Bu koʻzoynaklarni koʻp sotilishidan koʻzoynak ustalari shunchalik xursandki, hatto unga nom qoʻyib olishgan.
Diqqat savol: Koʻzoynakni nomini siz ayting?
Javob: Garry Potter
3769. Qadimgilar fikricha , U xuddi qog‘oz kabi yupqa bo‘lishi , xuddi ko‘zgu kabi yarqirashi, xuddi bong kabi jarangli bo‘lishi, xuddi quyoshli kundagi ko‘l kabi silliq bo‘lishi kerak ekan. Nimaga shunday ta‘rif berilgan?
Javob: Chinni
3770. Shatranj tarixida bir buyuk yurish bulgan. Bunga kura qirol Marko juda qiyin vaziyatga tushib qoladi u g’alaba qilmasligi aniq bulgan vaqtda bir yurish qilgan bu yurishni juda kamchilik odamlar qullaydi aynan shu yurishdan so’ng Markoning raqibi hayratdan qotib qoladi va u shatranjda Markoga yutqazadi Shunda Marko raqibiga qarab kichik yuqotish katta g’alabaga olib keladi degan iborani ishlatgan.Shatranj tarixida bu yurish buyuk Marko yurishi deb ham nomlangan.
Buyuk Marko yurishini toping?
Javob: Farzinni qurbon qilgan
Izoh: Marko farzinni f3 ga yurgan buning oqibatida u farzindan ayrilgan .Farzinni qurbon qilganini kurgan raqib hayratdan dovdirab qoladi va buning oqibatida yutqazadi
3771. Aktrisa Kate Mossning aforizmini yakunlang: “Ideal odam ichmaydi, chekmaydi, poyga o’ynaydi, hech qachon himoya qilmaydi va …”
Savol: Nuqtalar o’rnidagi so’zni 2 yoki 3 so’zda ayting?
Javob: U mavjud emas
3772. Dunyoda shunday bir hasharot turi mavjudki uning katta to’dalarini hattoki ba‘zi bir olimlar va rahbarlar global muammo deb atashadi. Uning ba‘zi bir turlari zararsiz. Ammo uning shunday turlari mavjudki uning bir galasi bitta viloyat yoki tumanning aholisining va
qoramollarning ochlikdan qiynalishiga sabab bo’ladi . Uning O’zbekistonda xavfli 3 ta turi uchraydi.
Savol : Gap qaysi hasharot haqida ketyapdi?
Javob: Chigirtka
3773. Diqqat bilan o‘ylang. Suratdagi predmet nimaning noodatiy bir turi?
Javob: Gugurt
3774. Donishmandlar 3 narsani birovga ishonma deyishdi:
1. Minib yurgan ulovingni
2. Belingdagi qurolingni
3.?
3-ni Siz toping?
Javob: Ayolingni
3775. Aspirin (atsetilsalitsilovaya kislota)ning katta dozasini(500mg) ko’pchilik isitmalaganda, kichik dozalarini (50, 75, 100, 125 mg) qon suyultirishga, Paratsetamol dorisini ham isitmalaganda(kattalar uchun 500mg, bolalar uchun 200 mg.gacha) iste’mol qilinadi. Buni qarangki U mahsulot ushbu 2 dorining ta’sir kuchini 3-4 hissa kuchaytirar ekan. Yuqoridagi dorilarni Ushbu mahsulot bilan ichilsa oshqozon juda tezlik bilan dorilarni parchalab yuborar ekan. Siz menga U mahsulot bilan bog’liq serial borligini hisobga olib U mahsulotning nima ekanligini ayting?
Javob: Qahva
Izoh: bir vaqtlar Braziliya davlati seriallari haqida gap ketayotgan edi.
3776. Alfa bor joyda: ishonch, vafo, sadoqat, mehr zarracha qadrga ega bo’lmaydi; subutsizlik urug’i ko’payadi, hiyonat barq uradi, muqaddas tuyg’ular chilparchin bo’ladi. Eng achinarlisi sanab o’tilganlar oqibatida bir inson umri zoye yashab o’tiladi.
Savol oddiy: Alfani bir so’z bilan ayting?
Javob: Yolg’on
3777. Buster Varenskiy tomonidan yaratilgan dunyodagi eng qimmat Xanjar 18 karatli oltindan yaratilgan va Alfa deb nom olgan.
Alfani toping?
Javob: Sharq marvaridi
3778. Dunyoda shunday mavjudod borki uni yuragi 3ta bo’ladi. Savol qaysi mavjudodning yuragi uchta bo’ladi.?
Javob: Sakkizoyoq
3779. Nomalum faylasufning aforizmini yakunlang: “Omadning dumidan tutdingizmi? Xursand bo’lishga shoshilmang.
Ehtimol u • • • • dir “?
Javob: Kaltakesak
3780. Bu jonivor suv ichmas ekan lekin bu degani uni suvga ehtiyoji yoʻq degani emas. Bu jonzot suvni shimib suvga boʻlgan ehtiyojini qondirar ekan?
Javob: Qurbaqa
3781. Bu tashkilotga o’tgan asrning 20-yillarida Avstriyada asos solingan. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 194 ta davlat a’zo. Shular orasida O’zbekiston ham 1994-yildan buyon a’zo hisoblanadi.
Tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomini nima?
Javob: Interpol
3782. Bir yaponiyalik chet elliklarga o’z kasbini tushuntirishga harakat qildi va stol ustini qo’lining yon tomoni bilan taqillatdi. Bu orqali qolganlar uning kasbini bilib oldilar.
Yaponiyalikning kasbi nima edi?
Javob: Oshpaz
3783. O’zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida
2,5 metr balandlikda turishi kerak. Gap nima haqida ketayotganini toping?
Javob: Bayroq
3784. Faqat uchta turdagi tirik mavjudotlar armiya to’plab, bir-birlariga qarshi urush qiladilar.
Bular qaysilar?
Javob: 1. Odam
2. chumoli
3 . qarg’alar
3785. U odamzod o’zi uchun tuzib olgan qora ro’yxatda turadigan, lekin hech qachon modadan qolmaydigan sirli narsa. Uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari xavfliroq. Bu kattasimi, kichigimi hammamizda bor.
Bu nima deb o’ylaysiz?
Javob: Xato
3786. Aslida o’zi bo’lmagan qanday tosh kimyoning fan sifatida rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan?
Javob: Falsafa toshi
3787. 1831-yili 19 yashar laborant Sharl Soria Bertolle tuzining oltingugurt bilan aralashmasiga qattiqroq kuch bilan tasir qilganda yengil portlash yuz beradi. Bo’lg’usi olim mazkur aralashmaga fosfor qo’shib, uni cho’p yordamida aralashtiradi. Aralashmani cho’p bilan aralashtirilganda cho’p yonib ketadi. Olim nimani ixtiro qilgandi?
Javob: Gugurt
3788. Yevropada bu mitti davlat aholisini “qora burgut naslidan” deb atashadi. Bu davlatning tarjimasi ham Burgutlar mamlakati degan ma’noni bildiradi.
Bu qaysi davlat?
Javob: Albaniya
3789. Ibtidoiy tuzumi davri odamida u 18 ta,
XVII asrga kelib, u 25 taga ko‘paydi,
XIX asrda 47 taga yetdi.
XX asr boshida 54 ta,
XXI asr boshida 97 ta bo‘ldi.
Savol: bu raqamlar nimani bildiradi.?
Javob: Inson tanasidagi kimyoviy elementlar miqdorini.
3790. Inson tanasi har-xil kimyoviy unsurlardan tashkil topgan. Bir umr davomida tanamizdan ajralib chiqqan xlor moddasi katta-katta oltita suv havzasi (basseyn)ni zararsizlantirish (dezinfektsiya)ga yetar ekan…! Tanamizdan ajralib chiqqan alfa esa, 200 quti gugurt yasashga yetar ekan.
Xo‘sh alfa qaysi element.?
Javob: Fosfor (P)
3791. 1999-yil 15-iyun Belgiyada kimyoviy moddalari ko’pligi uchun bu salqin ichimlikni sotish taqiqlab qo’yildi.
Ho‘sh bu qaysi ichimlik?
Javob: Coca cola
3792. Uning tarkibida:
70% suv, 18% uglerod,
4% azot, 2% kalsiy,
2% fosfor, 1% kaliy,
0,5% natriy, 0,4% xlor va boshqalar,
Xullas 20 dan ortiq kimyoviy elementlar bor.
Uning 100 foizini ayting?
Javob: Inson odam
3793. Qaysi kimyoviy modda ayollar tanasida erkaklarnikiga nisbatan 5 barobar ko’p bo’ladi.?
Mendeleyev davriy jadvalidagi 79-elementning nomi nima.?
Javob: Oltin (Au)
3794. Mashhur brendlardan biri o’zining avvalgi nomini amerikaliklar talaffuz qilolmagani uchun bugungi kundagi nomiga o’zgartirgan.
Bugungi kundagi kompaniya nomining ma’nosi ” kichik daholar” “tovush” so’zlaridan kelib chiqqan.
Kompaniya nomini ayting?
Javob: Sony
3795. Arastuning fikricha:
Xudbinlarning xudbinligi o’zini-o’zi sevishidamas, bu sevgining … …dir.
Nuqtalar o’rnini to’ldiring?
Javob: Oshib ketishida
3796. Aytishlaricha Tomas Edison yosh paytlarida juda kambag’al bo’lgan , va bir kuni u o’rtog’inikida o’tirganda barmoqlari orasida po’lat simni aylantirib o’tirib qayerdan pul topsam ekan deb o’ylanib turgan paytda o’ylab o’ylab ta’sodifan bir kichik buyumni ixtro qilgan ekan. DIQQAT SAVOL: Edison ta’sodifan nimani ixtro qilganligini toping?
Javob: To‘g‘nog‘ich
3797. Haridor soatsozga soat yasashga buyurtma beradi va shuni ta‘kidlaydi. Soatda raqamlar teskari joylashsin va soat millari teskari aylansin deydi
Diqqat savol: Haridor qaysi kasb egasi bo’lishi mumkunki unga teskari soat nimaga kerak bo’lgan?
Javob: Sartarosh
Izoh: Chunki sartarosh haridorni sochini olayotgan vaqtda orqasidagi soatga oynadan qaraydi.
3798. 1 Rossiya
2 Tojikiston
3 Xitoy
4 O’zbekiston
5 Qirg’iziston
6 Qozog’iston
7 Pokiston
8 Hindiston
Diqqat savol bu davlatlarni nima bog’lab turadi?
Javob: Shanxay hamkorlik tashkiloti
3799. Tepada bir ummon pastda bir ummon.
Ikki dengiz aro kechar lahzalar,
Xayolga tolaman: men uzi kimman?
Ojiz bir notavon…zarra alhazar!
O’tkir Hoshimov ushbu bitiklar bilan nimaga ta’rif bergan?
Javob: Atlantika okeaniga
Izoh: Atlantika okeani ustida turib deb yozilgan. Okean ustida turib aynan okeanga ta’rif bergan.
3800. «Kim ekan»
Rasmdagi shaxs Che Gevara bo‘lmasa aytingchi qaysi so‘zni boshlang‘ich harflarini ko‘rsatib qo‘ydik?
Javob : CHEVROLET (Shevrole)
Rasmdagi kishi mo‘ylovli va sigaret chekib turgan bo‘lsa-da u Che Gevara emas balki avtogonshik Lui Shevrole. Shlemidagi yon tomonlari kompaniyaning emblemasini eslatadi. Emblemaning o‘zi Shveytsariya bayrog‘ini eslatadi chunki Shevrolening o‘zi Nevshatelda tug‘ilgan.