80-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7901. Multik ko’radiganlar oramizda yo’q emas albatta .Bu multqaxramonnni ismini eshitib,har kuni ishlatadigan uni nomi shundan olingan ekanda deb qo’ydim. Uni asosan ayollar ishlatishidan kelib chiqib multqaxramon va uni nomini bir so’zda ayting?
Javob: Ariel

7902. “Murabbiylik tajribam yo’qligini yuzimga solishmasa, “qo’ng’iroqlar” bilan tarkibni tanlashga aralashishmasa O’zbekiston MTJni jahon chempionatiga olib chiqa olaman” buni barcha guvohi bo’lgan bu gaplar kimga tegishli?
Javob: Davron Kabulov

7903. Bir necha yil ilgari surilgan fikr:
“U ajoyib futbolchi, buni o‘z mehnati bilan isbotlab berdi. U va uning insoniylik fazilatlari haqida insho yozishim mumkin. yaxshi formada ekanligidan mamnunmiz. Bizda kelajagi bor yoshlar ko‘pligidan xursandman. Ular har kuni ter to‘kib mehnat qilishadi va har qanday vaziyatda jamoaga foyda keltirishga tayyor” – deydi Simeone.
Diqqat savol kim haqida gap ketmoqda?

Javob: Fernando Torres

7904. “Alfaning haqiqat mezoni bu vijdon” degan ekan Salvador Dali. Alfa so’znining birinchi bo’g’ini har birimizga tegishli. Savol alfa nima?
Javob: alfa bu egoizm. Ego lotinchada Men degani

7905. JCH-2010 11-iyul finalida Gollandiya va Ispaniya uchrashuvi bo’lib o’tdi. E’tibor bergan bo’lsangiz, o’yindan oldin davlat madhiyalari musiqasi yangrayotganda Golland futbolchilar vatanparvarlik ila, jo’r bo’lib madhiya kuylashdi. Ispanlar esa hatto og’izlarini ham qimirlatishmadi. Ispan futbolchilarining madhiya aytmaganligining sababi nimada?
Javob: Ispaniya davlat madhiyasi so’zlarga ega emas, faqat musiqadan iborat

7906. Aleksandr Dyuma: «Bu boshqalardan ko‘ra o‘ziga ko‘proq azob berish san’atidir» degan. U nima haqida shunday degan?
Javob: Rashk

7907. Dunyoning eng zo’r 100 ta kitobiga kirgan bu obraz haqida 32 jilddan iborat asar yozilgani aytiladi. Uning ilk tomlari “Arvox”, “Arvoxga o’xshagan odam” deb nomlangan. Bu asarlar asosida 12 ta film ham suratga olingan. Qaysi personaj haqida gap ketmoqda?
Javob: Bu mashhur “Fantomas” filmi edi

7908. “Insonning baxt haqidagi tasavvurlari negadir boylikka borib taqalaveradi. Ba’zan biz o’zimizni hashamatli bir uyda yashayotgandek tasavvur qilamiz, tasavvurimizni haqiqatga aylantirish uchun esa yelib yuguramiz. Ming bir zaxmatlar evaziga orzuyimizdagi hashamatga erishgach esa nadomat bilan tan olamizki asl baxt biz hech bir iztirobsiz tashlab ketgan alfada qolib ketgan ekan!”
Alfa nima?

Javob: Loysuvoq uy.
Eski uy yoki avvalgi uyi javoblari qabul qilinmaydi.
Manba: S. Boboev. ” Armonli dunyo” kitobidan.

7909. Qisqa_savollar_5taligi
1.U yerda ishlaydiganlar bir kunda 46 million mijozga hizmat ko’rsatishadi?
2.Ular qariyb 3 ming yil eng baland inshoot bo’lib kelgan ?
3.Bashariyat tarixidagi Adolat ramzi kim edi ?
4.Sahro “shohlari” deb kim(nima)larni aytishgan ?
5.Ot nomiga qo’yilgan shahar nomi?

Javoblar:
1.McDonalds
2.Piramidalar
3.Umar Ibn Hattob
4.Sfinks
5.Butsefaliya ( Butsefal)

7910. O’tgan asrning 80-yillarida Yevropada “alfa”ning 535 tonnasi qayta ishlangan edi. Qayta ishlangan “alfa” ning 40% pichoq ishlab chiqarishga, 26% har xil sovg’alarga, 21% musiqiy anjomlar(instrument)ga , 13% esa bir o’yin ushun ishlatilar edi. Qaysi o’yin uchun ishlatilar edi?
Javob: Biliard
Izoh: Gap fil suyagi haqida ketayotgan edi. Billiard sharlari fil suyagidan yasalgan

7911. Gruzinlarni aytishicha: u teshikdan kirib kelsa ham eshikdan chiqa olmaydi. U ovoz chiqarmaydi ammo odamga xalal beradi va uxlatmaydi. Odam uxlay olsayu tush ko’rsa u tushda ham ko’payishi mumkin. U nima?
Javob: Qarz

7912. 1773-yilda Fransiyada bir ajoyib soch turmagi urfga kirgan. Bu soch turmagining asosiy jihati yengil matodan uzun dum qilib ishlangan. Bu soch turmagining paydo bo’lishiga “alfa” sabab bo’ldi. “alfa”ni ayting?
Javob: Kometa
Izoh: Sharl Messening yozishi bo’yicha 1772-yilda uzun dumli kometani ko’rishgan,bu Bieli kometasi edi.

7913. Olimpiya o’yinlarida sportchilar ishtirok etgan. Pifiy o’yinlarida sportchilar va musiqachilar ishtirok etgan. Ikariy o’yinlarida kimlar ishtirok etgan?
Javob: Sirk akrabatlari

7914. Tasavvur qiling.Teatr hooli. Butun kibor xonim va zodagon erkaklar to‘plangan . Oq qayin , turna, toshbaqa, lochin va tovus, turli gullar. Bularning
hammasini shu yerda ko‘rish mumkin. Savol: Teatr hooliga ular qayerdan kelib qoldi?

Javob: Yelpig’ich orqali.

7915. Bir sport mutaxasisi alfa larni dunyoning eng yaxshi raqqoslari deb atagandi lekin u raqqoslar faqat o’zlari aytadigan bir qo’shiqqagina o’ynay olisharkan. Bu qo’shiq muallifi bir kal inson bo’lib uni bastakori 53 yoshda hayotdan ko’z yumgan. Agar bu so’zlar sportga oidligini inobatga olsak demak raqqoslar qo’shig’i qanday?
Javob: Tiki taka qo”shiq. Kal bu Gvardiola. 53 yoshida vafot etgan murabbiy Tita vilanova

7916. 1900-yili Olimpiada o‘yinlari orasiga yangi sport turlari kiritilib, suv bilan bog‘liq bir sport turi dasturdan chiqarib yuborildi. Chunki tomoshabinlar uchun zerikarli ko‘rinish kasb eta boshlagan edi. Ammo uni quruqlikdagi analogi haliyam Olimpiada dasturidan muhim joy egallab kelmoqda. U sport turi nomini 3 ta so‘z bilan toping?
Javob: To’siqlar osha suzish

7917. Bir sport mutaxassisi u sport turini royal chalishga o’xshatadi. Royaldagi bir xil rangdagi klavishlarni bosaversangiz ovozlar xunuklashib, tezda jonga tegib qoladi. Men ham u sport bilan ko’p shug’ullana olmayman. Zerikaman. Bu sport mutaxassisi ta’riflayotgan sport turini toping?
Javob: Bu sport turi muxlislari xafa bo‘lishmasin. Anton Neyshtat degan
shaxmat mutaxassisiga shashka o‘yini yoqmas ekan. Doimo oq yo‘ldan yuruvchi sport turi bu
– shashka edi.

7918. 2006 yili Germaniyada o‘tgan jahon chempionatida Italyanlar g‘olib bo‘lishdi. Final kuni sergap italyan sport sharhlovchilari jamoa himoyachilarini Kolizey devoriga, hujumchilarni yengilmas gladiatorlarga qiyoslashadi. Jamoalari chempion bo‘lganidan ilhomlangan italyan jurnalistlari negadir darvozabon Buffonni “Sevilya sartaroshi” operasi qahramoni Figaroga qiyosladilar. Savol
nima uchun?

Javob: Chunki Buffon darvozani mustahkam qo‘riqladi, to‘p qayerda bo‘lsa, Buffon ham o‘sha yerda paydo bo‘lib qolaverishi sharhlovchilarni operadan parcha aytib yuborishga majbur qildi. “Figaro u yerda, Figaro bu yerda”.

7919. “Arsenal”(Angliya) dan tashqari yana qaysi MDH mamlakatida shu nomdagi jamoa bor?
Javob: Ukraina

7920. Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?

Javob: Dino Badjo o’z singlisiga uylangan va shu tufayli uni hech kim xushlamaydi

7921. Ko’rib turganingiz suratda oddiy bola lekin bu oddiy bola voyaga yetganidan keyin jahon yulduzi darajasiga chiqdi. Bu qaysi futbolchi?

Javob: Ispaniya terma jamoasi va Barselona yarim himoyachisi Andreas Iniesta

7922. Gomerda shunday o‘xshatish bor: «U ochko‘z va johil, o‘z manfaati yo‘lida insonni ayamasdan azoblarga duchor qila oladi. Uning buyrug‘i bilan dengizlarda suzamiz, odamlarni talab, o‘zimizni boyitamiz. Unga sodiq inson taqdiri doimo ayanchli nihoya topgan. Hammamiz uning ovozsiz buyrug‘iga so‘zsiz bo‘yin egamiz. Ertalabdan uni rozi qilish tadorigini ko‘ramiz».
Savol: Gomer dostonidagi qo‘l bilan ushlasa bo‘ladigan johil va ochko‘zning nomi nima?

Javob: Oshqozon. U insonni har baloga duchor qiladi.

7923. 1924 – yil bir qizcha dunyoga keldi. Uni ota onasi Telma Ursula Beatris Eleanor deya nomladi. Aniq ayting , u qayerda tug’ilgan?
Javob: London metrosida.
Izoh: Londonliklar o’z metrolarini TUBE deb ataydi
Telma
Ursula
Beatris
Eleanor

7924. Samarqanddagi Amir Temur xiyobonida joylashgan ko’xna binoning kirish eshigida sher tasvirlangan. Binolar oldiga sher haykalini qurish antik davrlarda ham rusum bo’lgan. Nega azal-azaldan faqat sher haykali qo’riqchi sifatida tasvirlanadi?
Javob: Sherning ko’zlari ochiq holda uxlagani uchun binolar oldiga uning haykali o’rnatilgan.

7925. Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida ilm-fan, ma’daniyatga katta e’tibor berilgan. Ana shu e’tibor tufayli XIV-XVI asrlarda yurtimizdan bir qancha allomalar yetishib chiqqan. Hirotda Gavharshodbegim rahnamoligi ostida iste’dodli talabalarni yig’ib, ta’lim berishgan. Madrasa toliblari to’rt faslga mos kiyim-bosh , oziq-ovqat bilan bepul ta’minlanganlar. Buning ustiga 26 tangadan maosh berilgan. Aslida maosh 24 tanga bo’lganu, toliblar yana qo’shimcha 2 tangadan olishgan. Nega maoshga qo’shib yana ikki tanga berilgan?
Javob: Madrasa toliblari tunda ham ilm bilan shug’ullanishlari uchun qo’shimcha ikki tanga shag’am puli berilgan.

7926. Uinston Cherchill bilasiz, to’la odam bo’lgan. Shundanmi uni yoqtirmagan. «To’g’ridan-to’g’ri amalga oshirsa bo’ladigan ishni bajarish uchun, dalani u boshidan, bu boshiga yayov yurish kerak. Undan ko’ra villam atrofida kechki salqinda sayr qilishni xish ko’raman. Savol: Cherchill nimani yoqtirmagan?
Javob: Gap shundaki, u ishni boshidan oxirigacha yetkazish uchun 20 gektarlik maydonni u boshidan bu boshiga yetib kelish kerak. Maysazordan tashqari ko’lni, qumlikni aylanib o’tish kerak. Semiz kishilarga oftobda bunday o’yin o’ynash ancha malol keladi. Cherchill yoqtirmagan narsa bu – Golf o‘yini edi.

7927. D.Karnegi doim “Hamisha keskin vaziyatlardan chetda yuring” ayniqsa bahslardan. Bahslarda yutishning eng yaxshi yo’li undan o’zingizni olib qochish. Shunday ekan bahslardan zilziladan yoki alfadan qochgandek chetda yuring deb ta’kidlagan. Alfani toping. Yordam tariqasida sizlarga shuni aytishim mumkunki, Hindistonda u bilan bog’liq hodisalar tez-tez kuzatiladi?
Javob: Zaxarli ilondan.
Izoh: Hindistonda yiliga o’rtacha 15 ming kishi zaxarli ilonlar chaqishi oqibatida hayottan ko’z yumadilar.
Ⓜ️: Deyl Karnegi “Dushman orttirmaslikning ishonchli usuli”

7928. Amir Temur tuzuklari jamiyatning barcha a’zolarini huquqiy, axloqiy, diniy tomondan nazorat qilishga va himoyalashga qaratilgan majmuadir. Temur tuzuklarida xatto harbiy asirlar qonunlar asosida huquqlari belgilab berilgan. Unga binoan aytiladiki, harbiy asirlar joylashgan lagerda 3 narsa bo’lmog’i kerak deyilgan.
Birinchisi: albatta shifoxona,
Ikkinchisi diniy mazxabiga qarab ibodatga sharoit.
Uchunchi narsa nafaqat asirdagilarga, u hammaga zarur. Savol u nima?

Javob: Hammom

7929. Bu ikki narsa bir-birini hosil qiladi. Birinchisi bo‘lmasa, ikkinchisi hosil bo‘lmaydi. Agar birinchi bo‘lmaganda, ikkinchi umuman hosil bo‘lmasdi. Ayrim hollarda birinchidan qochib, ikkinchini qidirib qolasiz. Ko‘p hollarda odamlarga birinchisi ma’qul.
Savol: birinchi nima? Ikkinchi nima?

Javob: Birinchi-Nur. Ikkinchi soya

7930. Yaponiyada ikebanalar tayyorlashni o‘rgatadigan maktablar bor. Ikebana sogesu degan kodeks ham mavjud. Ikebana nafaqat guldasta, uning zamirida kuchli falsafa ham bor. Unga ko‘ra ikebana 3 ta shoxchadan iborat bo‘lib sin, soe, xikae deb nomlanadi. Birinchi shoxcha eng uzuni, ikkinchi shoxcha undan kaltaroq, uchinchisi yanayam kalta bo‘lishi kerak. Uchalasi ma’lum bir ma’noni ifodalaydi.
Savol: agar birinchi shoxcha osmonni ifodalasa, qolgan ikkitasi nimani anglatadi?

Javob: Birinchi shoxcha — sin — osmonni, uchinchi shoxcha — xikae — yerni ifodalaydi. Yer bilan osmon o‘rtasida kim bo‘lishi mumkin. Ikkinchi shoxcha — soe — inson ramzi hisoblanadi.

7931. 2004-yil Isroilda bir bank maxsus kredit kartalarini chiqara boshladi . Bu kartalarni qolganlaridan farqi nimada edi?
Javob: Shanba kunlari ishlamas edi
Izoh: Yaxudiylarda shanba kuni hech kim ishlamasligini bilasiz

7932. Biz deyarli har kun qiladigan bir ishni olimlar qandli diabet kasalligi bor bemorlarga tavsiya qilisharkan, chunki u qondagi qand miqdorini kamaytirarkan. Bu ish deb nima nazarda tutilganini toping?
Javob: Kulish

7933. Sayqal berishga muhtoj bo’lmagan, ayollar uchun qimmatbaho yagona mineral boylikni toping?
Javob: Marvarid (Dur). Chig’anoq ichidagi)

7934. Alfa Qadimgi Bobilda 6ta, Misrda 10ta, Mayyalarda 5ta, bizda esa 7ta. Siz menga alfa ning nimaligini emas, balki ko’pchilik yoqtiradigan oxirgisini ayting?
Javob: Alfa bu hafta kunlari edi. Oxirgisi Yakshanba

7935. Londonda bir mashhur restoran bor. U restoran oshpazlari g’ayri oddiy ya’ni kal ekanliklari bilan ajralib turardi, buni sababi so’ralganda shunday chiroyli javob berishdiki qoyil qolmasdan iloj yo’q edi. Oshpazlar javobini topishga urunib ko’ring?
Javob: Biz xo’randalarni o’ylab sochimizni kal qilganmiz, ovqatga soch tushmasligi uchun

7936. ,,Din xalq uchun afyun” iborasini xammamiz eshitganmiz . AQSH prezidenti Niksonning fikricha Amerika xalqi uchun u afyun ekan. Uni ayting?
Javob: Televizor. Tv

7937. Ehtiros nima? His-hayajon-chi?
Xo‘sh, u qanday tug‘iladi yo nimadan tug‘iladi. Aynan shu xususda bosh qotirgan Karel Chapek «Agar odamlar bir-birlariga shunday gaplarni gapirganlarida edi, atrof jimjit va sukunatga ko‘milgan bo‘lardi», deydi.
Savol: Karel Chapek qanday gaplar ehtirosni tug‘dirmaydi, degan?

Javob: Hamma eshitgan va biladigan gaplar hech qanday ehtiros tug‘dirmaydi. Hamma biladigan gaplarni hamma bir-biriga aytib yursa, sukunat bo‘ladi.

7938. AQSH da Gitlerning shaxsiy bir buyumi auktsionga qo’yildi. Uning boshlang’ich bahosi 200 ming dollar. Ushbu mahsulotlotni insonlarning hayotiga nuqta qo’ygan eng vayronakor qurol deb atashdi.
Savol: Auktsionda nima sotilgan?

Javob: Gitlerning Siemens telefoni

7939. A.Qahhorning ,,Sarob” romanidan parcha: Murodxo’ja domla o’zining yurishi bilangina emas, boshqa yana birmuncha sifatlari bilan ham unga o’xshaydi. Domla maktabda-muallim,  qishloqda-yer egasi, mehmonxonasida, garchi oshkora bo’lmasa-da, savdogar”. Diqqat savol: Domla nimaga o’xshatilgan?
Javob: O’rdak

7940. Italiyada tashkil topgan bu mafiya guruhi nomini o’zbek tilidagi ma’nosi “Bizning biznes” degan ma’noda keladi.
Va ular o’z faoliyatida odam savdosi, narko biznes, yollangan tarzda odam o’ldirish qurol savdosi va faxsh ishlari amaliyoti bilan dong taratishgan
Savol : gap qaysi mafiya guruhi haqida ?

Javob: Cosa Nostra

7941. U ilk bor XV asr oxirlarida Peruga olib kelingan. Mahalliy
aholi inklar unga «illapa» deb nom berdi. To’g’rimi, noto’g’rimi ular chaqmoq va
momaqaldiroqni «illapa» deb atashardi. Yana nimani ular illapa deb atay boshlashgani aniq qilib ayting?

Javob: Miltiq

7942. Qadimda Tibetda ruhoniylar tayyorlovchi ta’lim ikki bosqichda bo’lgan. BIRINCHI bosqichda: yozuv, hisob-kitob o’rgatilgan. IKKINCHI bosqichda esa: falsafa, matematika, qo’l hunari, meditsina va alfa o’rgatilgan. Alfa ni toping?
Javob: Yoga

7943. M.A. 279 yil, taxt boshqaruvini egallagan Tien Tan dushmani Chi-Mo armiyasi soni orasidegi farqi 100.000 taga 7.000 ta bo’ladi va o’z soni ko’p ekaniga ishonib jang arafa uxlab yotgan Cho odamlariga qarshi Tien Tan minglab buqalarni shohiga qizil rang matoni o’rab, ularni olov bilan yondiradi va dushman qo’shini uxlab yotgan tarafga haydab yuboradi. va ayni shu payt, o’z aholisining kattayu kichigiga baland ovoz chiqarib, nima qilishni buyiradi?
Javob: Vahima ko’tarishni buyurgan

7944. Teatr aktyorlari undan juda qo’rqishadi. Shunchalar qo’rqishadiki, uni
tushlarida ko’rishsa, o’ngida teskarisi bo’ladi deb ham qo’yishadi. Chunki uni holati aktyor ijrosiga ta’sir o’tkazadi. Savol: teatr aktyorlari nimadan ko’proq qo’rqishadi?

Javob: Bo’m bo’sh zaldan

7945. Napoleon Bonapartni bir iborasi bor: Urushda g’alabaga erishmoq uchun 3 ta narsa zarur degan. Napoleon fikricha, urushda g’alabaga erishmoq uchun eng zarur deb nimalarni bilgan?
Javob: Pul. Pul. Va yana pul

7946. Amir Temur, “jang payti ularni o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularni o’rnini bosa olmaydi” deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga bu ta’rifni berganlar?
Javob: Tabiblar

7947. Braziliyada erkaklar bir yerga to’planib qolishsa, suhbatning asosini futbol mavzusi tashkil etar ekan. Braziliyalik xonimlar to’planishganda suhbatlarining asosi nimadan iborat bo’ladi?
Javob: Serial

7948. Dunyodagi eng qadimgi qonunlar majmuasi deb hisoblangan podsho Hammurapi qonunlarida BU TOIFADAGI INSONLAR o’lim jazosiga mahkum etilshi belgilab qo’yilgan. ko’hna Rimda BU TOIFADAGI INSONLAR agar qul bo’lsa so’zsiz o’lim jazosiga tortilgan, oddiy fuqaro bo’lsa yirtqichlarga yem qilingan. Qadimgi Rusda esa tomog’iga qalay yoki qo’rg’oshin eritib qo’yishgan, ko’p hollarda qo’l-oyog’ini kesib jazolashgan. Bu toifa insonlar orasida Diogen ham bor. savol BU TOIFA INSONLAR KIM lar?
Javob: Soxta pul yasovchilar(qalbaki)

7949. Jyul Vern “Suv ostida 20 ming lie (yokida 80 ming km)” asarida u narsaga shunday ta’rif beradi:
kimyogarlar uchun u kalsiy karbonat va fosforli kislota tuzlari birikmasi, tabiatshunoslar uchun plastinkasimon jabralilar sinfiga kiruvchi o’simlik. Misr malikasi Kleopatra uchun yoshlik va go’zallik baxsh etuvchi sirkada eritib ichiladigan jism. Shoirlar uchun esa chuqurdagi ko’z yoshlardir. Savol: Jyul Vern nimaga bu ta’rifni bergan?

Javob: Dengiz chig’anoqlaridan ajratib olinadigan marvarid donalari.

7950. Xiva xonlikida qadimda eriga xiyonat qilgan ayollarni jazolashgan bu jazoni amalga oshirishda uy xayvonlardan foydalanishgan ekan bu qanday xayvon va qay tarzda jazolashganlar o’sha ayollarni?
Javob: Bir qopga mushuk bilan ayolni solib qopni savalashgan. Og’riqqa chidolmagan mushuk ayolni tirnab tashlagan

7951. Ispaniya ramzi buqa albatta buni har xil shoulari orqali bilamiz. Ispaniya tarkibiga kiruvchi Kataloniyada esa buqa bilan birga yana bitta hayvon davlat ramzi ekan. U hayvonni qaysarligi orqali yaxshi bilamiz. Savol u qaysi hayvon?
Javob: Eshak

7952. Dunyoning yirik shaharlari hozirgi kunda ko’p millatli bo’lib bormoqda. Bu narsa restoran sohasida ham namoyon bo’lmoqda. Savol muallifi “Selon” nomi ostidagi restoranlarni ko’pgina davlatlarda, masalan AQSh, Finlyandiya, Germaniya, Buyuk Britaniyada izlab topdi. Savol: Umumiy ovqatlanish joylari yana qanday nomlanishini o’ylab ko’ringda, «Selon» nomli kafe-restoranlarda qaysi xalqlarning milliy taomlari pishirilishini yozib bering?
Javob: Kataloniya yoki ispan
Izoh: Ushbu restoranlar nomi “Bar Celona” deb yoziladi.

7953. Bir o’yindan keyin mashhur darvozabon Vladimir Maslachenkoga jamoadoshlari “nega u ni zarbasini qaytarmading? Axir qaytarganingda gol bo’lmas edi” deb tanbex berishadi. Shunda Maslachenko-” meni qo’llarim keyingi o’yinlarga ham kerak” deya javob beradi. Siz menga zarba egasini ayting?
Javob: Gennadiy Krastnitskiy

7954. “Sizlar qo’ldan kelgancha gol uringlar, biz esa xohlagancha!
Bu shior qaysi milliy terma jamoani shiori bo’lgan?

Javob: Braziliya

7955. Men bir davlat chempionatini tomosha qila turib vino nomini, sherni, Yevropadagi ilk bozorlardan birini, rus va tatarlarda keng tarqalgan bir ismni, eng kichik davlatlardan birini nomini ko’rdim. Men qaysi davlat chempionati futbol jadvalini tomosha qilayotgan edim?
Javob: Fransiya chempionati

7956. Bu rus hakami 1966-yilgi jahon chempionati finalida ishlagan va nemislarni golini hisobga olmagan. O’limidan oldin “nega bunday qilgandiz” deb so’rashganda u bir so’zni aytgan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki u so’zni biz dastlab shaxs nomi, keyinchalik esa daryo nomi orqali bilamiz. Siz menga hakamni va u aytgan so’zni ayting?
Javob: Tofik Baxramov va Stalingrad. U shu tariqa nemislardan o’ch olgan.

7957. “Messi 3-oltin to’pni qo’lga kiritdi?! Xo’sh nima bo’pti! Meni telefonimda bir o’yin bor. Unda ketma-ket beshta kubokni qo’lga kiritsang ularni hammasi birdan g’oyib bo’ladi”. Ushbu so’zlar muallifi bo’lgan mashhur kalondimog’ murabbiyni ayting?
Javob: Joze Mourinyo

7958. Laqabi “Quyoncha” bo’lgan futbolchining ismi-familyasi va millatini ayting?
Javob: Argentinalik Xaver Saviola

7959. Mashhur murabbiy Valeriy Lobanovskiyni 3 shogirdi turli yillarda Oltin to’p soxibi bo’lgan. Bu uch futbolchini siz menga ayting?
Javob: Oleg Bloxin, Igor Belyanov, Andrey Shevchenko

7960. Luis Suares Barselona klubi bilan shartnoma tuzganda shartnomaga kulguli bo’lsa ham bir band kiritilgan. Bu band o’yinchining bevosita Barsadagi keyingi faoliyati bilan bog’liq. Savol: qanday band?
Javob: O’yinchilarni o’yin vaqti tishlamaslik.

7961. O’zbekiston milliy terma jamoasining eng yirik g’alabasi qaysi terma jamoaga qarshi o’yinda qo’lga kiritilgan va hisob qanday bo’lgan?
Javob: Mo’g’iliston. Hisob 15:0

7962. Men bir davlat futbol chempionati jadvalini tomosha qila turib sherni, afsonaviy qadimiy maxluqni, insonning hozirgi vaqtdagi asosiy transport turlaridan birini, bahor elchisini va ov qushini ko’rdim. Savol men qaysi davlat chempionatini tomosha qilayotgan edim?
Javob: O’zbekiston chempionati

7963. U narsaga X-XI asrda Angliyada qiziqish kuchaydi. Gersoglar, graflar, xatto qirolning xobbisi edi u. Uning bahosi yaxshi qullarning narxidan bir necha barobar
yuqori bo’lgan. Savol: baquvvat quldan ham bahosi yuqori bo’lgan zodagonlar xobbisi nima edi?

Javob: Angliya zodagonlarining eng sevimli mashg’uloti- bu ov. Javob esa ovchi itlar edi.

7964. 1906 yili Parijda yugurish musobaqasi tashkil etilgan. 300 ta qatnashchi ishtirok etgan bu turnir g‘olibining natijasi 3 daqiqa-yu 12 soniya bo‘lgan.
Savol: bu musobaqa qanday sana munosabati bilan o‘tkazilgan?

Javob: Bu Eyfel minorasi ochilganiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan minora zinalaridan yuqoriga yugurib chiqish turniri.

7965. X Buxoroda kashf etilgan desa ishonavering. XIII asrda venetsiyalik sayyoh Marko Pologa Buxoroda Y yoqib qoladi va Y ni ichiga sim o’tkazib quritib uni yurtiga olib ketadi. Y ni esa xitoyliklar kashf etgan. X va Y ni topgan bo’lsangiz Y ni nomi qadimiy xitoy tilida qanday ma’noni anglatishini aytib bering?
Javob- ««hamirdan yasalgan ilon taom»»
X-makaron
Y-lag’mon

7966. Qadimgi Rim tarixi juda qiziqarli. Ularning har sohadagi erishgan yutuqlari hozir ham qadrli. Endi maqsadga o’tsak. Mazkur yulduz yozning eng issiq paytida ko’kda paydo bo’lgan. Qadimgi Rim senati aynan shu payt ya’ni bu yulduz osmonda yuz ko’rsatganda fuqarolar uchun dam olish kunlari e’lon qilingan. Savol oddiy, o’sha yulduz nomini toping?
Javob: Kanikula yulduzi

7967. X ning asl vatani Peru, Chili hamda Galapagos orollaridir. Uni hindular atsteklar bizga tanish kanservalangan nomi bilan atashgan. X ni yevropaga Ispanlar XVI asrda olib kelishgan.
Savol: Ispanlar X ni yevropaga qanday nom bilan olib kelishgan? Aniq javobni qabul qilaman

Javob: “Peru olmasi”
X-pomidor hindlar uni “tomat” deb atashgan

7968. XVII asrgacha bu qishloq edi. 1639-yilda inglizlar tomondan unga shahar maqomi beriladi. Shahar nomi judayam mashhur “Oliy O’quv Yurtlarini” eslatadi. Bu qaysi shahar?
Javob: Madras shahri yoki madrasalar shahri

7969. Zimbabvega borgan chet elliklar bir narsadan hayron qolishar ekan: aborigenlar, agarda restoran yoki kafelarga kirgudek bo’lsalar ovqatlarni juda tez hatto chaynamasdan ham yeyishar ekan. Buning sababini ular bitta so’z bilan tushuntirishadi. Qanday so’z?
Javob: Inflatsiya

7970. Ushbu rasmdagi ko’z yoshlari yoki yovuz ruhlar deb ataluvchi ko’llar qaysi davlatda joylashgan?

Javob: Indoneziyadagi Kilimutu tog’i

7971. Kamerun mamlakatining Mamfe viloyatida xalqlar bir tabiat hodisasini istab xudoga yolvorganlarida tunda «mavu» degan raqsni ijro etadilar. Afrikani ko‘z oldingizga keltiringda, ular raqsga tushgan holda xudodan nimani so‘rashlarini ayting?
Javob: Yomg’irni

7972. Uning orginal variantida Ben Stiller, Kris Roc, Devid Shvimmer va Djart Pinket.
ruscha versiyasida esa Konstantin Xabeyskiy, Oskar Kuchera, Alexandr Sekalo va Masha Malinovskayalar. savol bularni qaysi geografik joy birlashtiradi?

Javob: Madagaskar
Izoh: shartmasdir a multifilmni ko’rganlar uchun

7973. U 21-bobosi bilan Aleksandr Nevskiyga ulanadi. Uning qarindoshlari orasida Yaroslav Mudriy, Yuriy Dolgorukiy, Dmitriy Pojarskiy, Mixail Kutuzov, Modest Musorgskiy, Sergey Raxmaninov ham bor. Bu mashhur kishi kim?
Javob: Aleksandr Sergeevich Pushkin.

7974. Men sizdan qaysi syujet eng ko’p ekranlashtirilganini so’ramayman, faqatgina unda mavjud bo’lgan poliz ekinini ayting?
Javob: Bu personaj Zolushka. Poliz ekini esa qovoq.

7975. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o’qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?
Javob: Madrid

7976. Yunon tiliga “Sakkizinchi oy” degan so’zni tarjima qiling?
Javob: Okta sakkiz degani javob oktabr

7977. Xitoyda bu predmetlar ko’plab o’g’irlanayotganligi sababli ularni maxsus g’ishtlar bilan almashtirishdi Savol Qayerda?
Javob Avtobusda
Izoh Avariya paytida oynani sindirish uchun qo’yilgan maxsus bolg’achalar odamlar tomonidan olib ketaverilgach ularni g’ishlar bilan almashtirishgan

7978. U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?
Javob: Tut daraxti

7979. Qisqa_savollar_5taligi
1.“Morg ko‘chasidagi qotillik”, “Oltin qo‘ng‘iz” kabi dedetktiv asarlarning muallifi kim?
2. 1220 yildan umrining oxirigacha Kichik osiyoning Konya shahrida yashagan fors so‘fiy shoiri kim?
3.Fransiya Respublikasining madhiyasi qanday ataladi?
4. Qaysi uglevod “uzum shakari” deb ham ataladi ?
5.“Bitlz” guruhi 1959 yilda qaysi shaharda tashkil etilgan?

Javoblar:
1.Edgar Alan po
2.Jaloliddin Rumiy
3. Marseleza
4.Glyukoza
5.Liverpul

7980. XV-XVI asrlarda yashagan rassom Vegillio chizgan rasmlarni dunyoning ko’pgina muzeylarida ko’rish mumkin. Tasavvur qiling, Vegillio suratlari qarshisidamiz. Yaxshilab qarasangiz, surat burchaklarida 3 raqamini, keyingisida 5 raqamini ko‘rish mumkun. Rassom Vegillio bu raqamlarni ataylab o‘zi yozib ketgan. Hurmatli bilimdonlar, siz rosa bir daqiqadan so’ng bu raqamlar nimani belgilashini aytasiz?
Javob: 3 raqam 3 metr naridan ko’rish kerakligini bildirgan. 5 raqami 5
metr naridan turib suratni tomosha qilish kerakligiga ishora edi.

7981. O‘tkir Hoshimov bir asarida eng oson pishadigan taom nima? degan savolga odamlar turlicha javob berganini, ammo 12 yoshli bir qishloq bolasining javobi hammasinikidan to‘g‘ri bo‘lib chiqqanini yozadi. Yana shunisi ham borki, bolakayning taomi uchun faqat bitta u zarur bo‘ladi.
Savol: bolakay qaysi taom nomini aytgan?

Javob: Cho‘g‘da pishiriladigan kartoshka.

7982. Sergey Orlov degan shoir alfa nomli to’plamini Svetlovga sovg’a qiladi. U esa hazillashib shunday deydi:
-Seryoja, shundan yana uchta bo’lsa, moshinali bo’lasan.
Alfa nima?

Javob: G’ildirak

7983. Ularning ikkalasi ham Atlantika okeanida joylashgan. Ular uchun umumiy bo’lgan nom birinchisining asosiy nomi emas, lekin uni ko’pincha shu nom bilan atashadi, ikkinchisi uchun bu nom haqiqiy nom hisoblanadi. Birinchisi o’zining yetakchisi bilan mashhur bo’lsa, ikkinchisi o’zining arxitektura inshooti bilan mashhur. Siz menga ular uchun umumiy bo’lgan nomni ayting?
Javob: Ozodlik oroli.
Izoh: Kuba davlatini “Ozodlik oroli” deb atashadi, haqiqiy Ozodlik oroli esa AQSH ga tegishli bo’lib, unda mashhur inshoot – Ozodlik haykali qad ko’targan.

7984. Ispaniya, Meksika, Lotin Amerikasining ko‘pgina davlatlarida korrida o‘yini juda keng tarqalgan. Korrida — buqalar jangi. Xavfsiz buqalar jangi Azor orollarida bo‘lib o‘tadi. Unda turistlar ham bemalol qatnasha oladi.
Savol: uni boshqa korridalardan farqi nimada?

Javob: Shoxsiz buqalar bilan jang o’tkazgan

7985. Pol va Linda Makkartni, Jon Lennon va Yoko Ono, Salvador Dali va Yelena Dyakonova, Radion Shedrin va Maya Pliseskaya, Lerri Fontenski va Elizabet Teylor. Bu mashhur er-xotinlarni muhim o‘xshashligi bor.
Savol: Qanday?

Javob: Xotinlarning yoshi erlaridan katta bo‘lgan.

7986. Hind afsonasiga ko‘ra, Budda yer yuzida 550 marta paydo bo‘lgan ekan. 83 marta ruhoniy, 58 marta shoh ko‘rinishida, 24 marta oddiy monax bo‘lib.
Savol: Aytingchi, u 18 marta qaysi jonivor ko‘rinishida paydo bo‘lgan?

Javob: Maymun

7987. Styuart Britning fikricha usiz biznes yuritish – qorong’uda qizlarga ko’z qisish bilan barobar, nima qilayotganingni o’zing bilasan , ammo boshqalar bilmaydi.  Uni ayting?
Javob: Reklama

7988. Britaniya muzeyida Maputuda Angliya uchun tayyorlangan “Qurolli taxt“  nomli eksponat bor. Bunda bir ramziy ma’no ham bor. Bu taxt nimadan tayyorlanganini aniq ayting?
Javob: AK – 74
Izoh: Maputu – Mozambik poytaxti. Mozambik gerbida (va bayrog’ida) avtomat Kalashnikov tasvirlangan.

7989. Cherchilning so’zlariga qaraganda , bu ayol jinoyatlar bilan hammaga ma’lum Lukretsiy Borjiaga qaraganda ko’proq pul ishlab topdi. U kim ?
Javob: Agata Kristi

7990. To‘pponchalarning ilk nusxasi Germaniyada ishlab chiqarila boshlangan. Avval ularni og‘ir metallardan yasalgan, chunki hali metallsozlik rivojlanmagan, qurol qancha og‘ir bo‘lsa, uning o‘qi shuncha uzoqqa otilgan. XVI asrga kelib yengilroq to‘pponchalarga ehtiyoj kuchaya boshladi. O‘qi uzoqqa otilmasa ham ustalar bir muncha ixcham va yengil qurollar yasay boshladilar.
Savol: u to‘pponchalardan nima maqsadda foydalanilgan?

Javob: XVI asrdan boshlab duellar avj ola boshladi. Duel qoidasiga binoan qurolni faqat bir qo‘lda ushlash kerak. Og‘ir qurolda mo‘ljalga xato urib qo‘yish hollari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun uzoqqa otmasa ham yengilroq qurollarga buyurtmalar bo‘lgan.

7991. Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarida shunday deyilgan :
“Alkimyogarlarning 3 toifasi bor. 1-si faqat mavhumlik tomon sudraladi, chunki oʻzini fanini oʻzi bilmaydi. 2-si toifasi oʻzini fanini biladi, lekin ularning alkimyo tili qalbga emas, aqlga yoʻl izlaydi”
Diqqat savol: 3- toifa insonlar kimlar ?

Javob: Alkimyo haqida umuman eshitmagan, ammo oz hayotlari davomida “Hikmat toshi” yarata olganlar.

7992. Aflotun alfa ni “odamlar ongini boshqarish san’ati” deb ta’riflagan. Agar inson bu sa’natni to’laqonli egallay olsa, uning yo’lida ulkan imkoniyatlar eshigi ochiladi. Diqqat savol: alfa ning o’rnidagi so’zni toping?
Javob: Ritorika

7993. Stefan Sveyg «Mariya Styuart» romani boshida xuddi pyesalarda ishlatiladigan uslubdan foydalanib, romanda qatnashuvchilarni nomma-nom zikr qilib chiqqan. Personaj lavozimi va ism-sharifi ko‘rsatilgan. Tanishtirilganlar orasida yana bir personaj bo‘lganki, muallif uning kasbini yozib qo‘ygan, xolos.
Savol: personajning kasbini toping?

Javob: Jallod

7994. U inson haqida Tadqiqotchilarning topilmalari bir paytlar uning o‘limi haqida odamlar taxmin qilgan narsadan, jumladan, uning gangsterlar tomonidan o‘ldirilgani, hasadgo‘y sevgilisi tomonidan zaharlangani, la’nat qurboni bo‘lgan va issiq urishdan vafot etgani haqidagi mish-mishlardan uzoqdir. Aslida uning o’lim sababi jumladan, ortiqcha suv iste’moli bilan bog’liq.
Diqqat savol: U mashhur inson kimligini topib bering?

Javob: Brus Li

7995. XX asrning 80-yillarida yaratilgan asarda bir toponim nomi oyoq ostidagi ULAR dan kelib chiqqan degan farazi borligi va keyinchalik bilishicha bu nom Oq podshohning savdogari nomidan kelib chiqqani aytilgan. Ushbu toponimni yozib bering?
Javob: Tezakop bozori
Oq podshoning savdogari Tezikov nomidan kelib chiqqan
Manba: Oʻtkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”

7996. 2024-yilda katta ekranlarni koʻrgan jannat onalar oyogʻi ostida filmida ULAR maqsadlariga bu ishni qilish orqali yetishishadi. XX asrning 80-yillarida yaratilgan bir asarda ULAR izlaganini qidirayotganda bu ishni qilish jumlalari qoʻllanilgan. Bu ishni qilish soʻzlari bilan almashgan iborani yozib bering?
Javob: Soʻrab soʻrab Makkani topmoq
ULAR bu yerda ona va bola soʻzlari bilan almashgan. Ushbu ibora “Dunyoning ishlari’ asaridagi opamni topib oldim hikoyasida obaki sotayotgan qandolatchiga yozuvchining oyisi tomonidan qoʻllanilgan

7997. XX asrning 30-40 yillari Britaniya radiosi ob-havo ma’lumotidan tashqari ko‘pchilik uchun juda ahamiyatli bir ma’lumotni ham berar edi.
Savol: ob-havo bilan birga yana qanday ma’lumot berilgan?

Javob: Qaysi hududda chivinlarning ko‘p bo‘lishi e’lon qilib turilgan.

7998. Bundan 40-45 yillar ilgari uy bekalari orasida bir narsa haqida “Qishda odamday, yozda bodomday” degan gap yurgan. O‘sha vaqtlarda uni har bir o‘zbek oilasi ishlatgan. Hozir esa uning zamonaviy qadoqlanganlari chiqib ketgan. Shunga qaramasdan, bugungi kunda ham ayrim joylarda uning avvalgi variantini ishlatishadi.
Diqqat savol: “Qishda odamday, yozda bodomday” iborasi nimaga nisbatan ishlatilgan?

Javob: Xamirturushga. Non yopayotgan ayollar keyingi xamir oshirganda qo‘shish uchun bir nonlik xamirni olib qolishgan. Yozda kun issiq bo‘lgani uchun bodomdekkina xamirturush bir tog‘ora xamirga yetib ortgan, qishda esa havo sovuq bo‘lgani uchun xamirning ko‘pchishi qiyin bo‘lgan. Shunga katta xamirturush qo‘shilgan. Shundan kelib chiqqan holda “Qishda odamday, yozda bodomday” deb ramziy o‘xshatish qilingan.

7999. Insonda ikkita ko‘z, ikkita quloq, bitta burun, bitta og‘iz bor. “Zakovat” sandiqchasidagi narsaning bitta o‘zida 5 juft ko‘z, 3 ta og‘iz, bir necha yuzta tish bor.
Diqqat savol: sandiqchada nima bor?

Javob: Sharqda u bir necha yuz yillardan beri mavjud bo‘lib, odamlar undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib kelishmoqda. Tromblarni tozalashda uning o‘rni katta. 10 ta ko‘zli, 3 ta og‘izli, 270 dan ortiq tishli bu ajdar — zuluk.

8000. Mo‘g‘ul jangchisi 4 ta jang amalini bilishi shart bo‘lgan. Birinchisi otda yurish, ikkinchisi qilich chopish, uchinchisi kamondan otish. To‘rtinchi ularga tinchlik paytida ham zarur.
Savol: to‘rtinchi jang usulini toping?

Javob: Arqon otish. Bu otlarni tutish uchun ham zarur bo‘lgan amal.