73-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7201. Birinchi marta bu ishni xitoylik Xi va Xo eramizdan avvalgi 2600 yilda qilishgan. Keyinchalik bu ishni yana bir marta xitoyliklar, to’rt marta hindistonliklar, bir marta irlandiyaliklar, besh marta vikinglar, va bir martadan uelslikar, arablar, daniyaliklar va portugallar qilgan ekan.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz bu ishni kim yakunlaganini ayting?

Javob: Xristofor Kolumb (Amerikani kashf etilishi)

7202. Siz suratda ko’rib turgan moslama bolalar uchun ishlab chiqarilgan. Bolalar undan BU ISHNI QILISH payti foydalanishlari uchun.
Diqqat savol : BU ISHNI QILISH ni aniq ayting?

Javob: Qorbo’ron o’ynash uchun.

7203. Ma’lumotlarga qaraganda, Yevropoid irqiga mansub odamlarda U taxminan 34 yoshda yuz berar ekan, Osiyoliklarda 30-34 yoshda,
Qora tanli odamlarda bo’lsa o’rtacha 43 yoshda asta paydo bo’ladi ekan?
Diqqat Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Soch oqarishi

7204. Qadimda bir hukmdor g’alati ziyofat uyushtiradi!
Bu ziyofat ishtirokchilari qamoqxona asirlari edi.
O’sha yili mamlakatda UNING hosili shu qadar mo’l bo’lgandiki, ancha munchasi ayniy boshlagan edi!
Bag’rikenglik qilib bu mahsulotni mahbuslarga ulashib qo’ya qolishdi!
Ammo bu harakat ular kutganidek natija olib kelish o’rniga mahbuslarga egzotik kayfiyat bag’ishladi.
Diqqat savol: Mahbuslarga aniq nima tarqatilgan?

Javob: aynigan uzum berilgan
Izoh: aynigan uzumdan vino tayyorlanilishini barchamiz bilsak kerak

7205. Bunday odati borlar oramizda topilsa kerak, ayniqsa maktab davrimizda o’qituvchilarimizning dashnomlariga qaramay bu ishni beixtiyor ko’p qilganmiz.
Yaqinda esa bu odatni yo’qotishga yordam beruvchi maxsus alfa lar paydo bo’ldi.
Bu ishni qilgan sayin alfa kichrayib boradi, lekin bunday vaziyatta ahvolingiz bir joyga borishi aniq, keying safar bu ishni qilishdan tiyiladigan bo’lasiz va odat o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.
Diqqat savol ikkita?

2001-yil
Javob:
1.ODAT: Ruchka tishlash
2.mahsus ruchka (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/9220?comment=70657)
Izoh: Bu yerda Tishlaganda uzilib tushadigan ruchka ixtirosi haqida gap ketyapdi. Har tishlaganizda 1 , 2 santimetri uzilib tushaveradi. 1 marta ruchkani tishlab ado qilib qo’ysayiz, 2- marta bu odatni takrorlamaysiz

7206. Iks yonidagi antiqa ogohlantirish :
“Iltimos qadam bosishdan oldin uning bor yo’qligiga ishonch hosil qiling!”
Diqqat savol: Bu gaplar qayerda yozilgan bo’lishi mumkin?

Javob: Lift

7207. J. Kraysmerning aforizmini eshiting:
“Alfada o’qishni hush ko’ruvchilar xuddi Qirollarga o’xshashadi, ikkalasiyam taxtni uzoq vaqt egallaydi”
Diqqat savol: alfa ni 1 so’z bilan toping?

Javob: Hojatxonada
Izohga hojat yo’q

7208. Marokashlik Xisham Zeruali Shotlandiyaning Aberdin klubida futbolda judayam kam qo’llaniladigan raqam ostida bir mavsum o’yin o’tkazadi.
Buning oqibatida men sizdan so’ramoqchi bo’lgan laqabga ega bo’ladi.
Diqqat savol: Xishamning laqabi qanday bo’lganini aniq ayting?

Javob: ZERO
IZOH: u futbolda 0 raqami ostida to’p surgan. Shundan 0 raqamining inglizcha talqinidagi ” Zero” laqabini olgan. Savolda ham uning nomi Zeruali ekanligi sizga yordam bo’ldi.

7209. Rasmda ko’rib turganingiz o’zi kichkina bo’lgan bu ixtironing vazifasi nimadan iborat?

Javob: Shisha butilkalarni qopqog’ini ochgich

7210. Ularning ko’rinishi bir-birini takrorlamas ekan.
Buni fotograf Uilson Elvin Bentli 1885-yildan boshlab olgan minglab suratlarini solishtirib aniqlagan.
Ulardan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgen eng yirigining diametri 15 dyum, qalinligi 8 dyum bo’lgan. (1 dyum- 2,5 sm)
1887-yili AQSh ning Montana shtatida ro’yxatga olingan.
Diqqat Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Qor Parchasi❄️

7211. London ko’chalarida rasmda ko’rib turganingizdek skameykalarni uchratish mumkun. Nimaga bunday qilib ishlangan?

Javob: Yomg’irdan keyin ham aylandirib yuborasizda, o’tirib dam olaverasiz

7212. Romen Rollaning asar qahramonlaridan biri bo’lmish Jan Kristov ismli bolakay bu eski qutichani, ruxlarni chaqiradigan moslama, deb o’ylardi. Agar uning kayfiyati a’lo bo’lsa, odamni qitiqlab quvontiradi, goho tushkun kayfiyat bilan atrofdagilarni ham qayg’uga sola oladi, deb bilgan. Bolakay rux qo’zg’atuvchi moslamaning birini “Yanki”, ikkinchisini “Habash” deb yuritishi qayd etiladi.
Diqqat savol bu bolakay nimani eski quticha deb nomlagan?

Javob: Gap bu yerda ROYAL cholg’usi haqida edi.

7213. Uni hamma ishlatadi.
Bazilar umri davomida 1 marta, bazilar esa bir necha marotaba.
Kimdir undan foydalanganida yaxshi natijaga erishadi, kimdir pushaymon bo’ladi.
Savolning javobi O’zbekistondagi yirik kompaniyaning nomi.
Diqqat savol: U nima?

Javob: Imzo

7214. Ayris Merdokning personaji bir ishga tayyorgarlik ko’rayotgan vaqtida uning o’ng cho’ntagida o’zining ijod mahsulidan bo’lmish sonet bor edi.
Diqqat Savol: Uning ikkinchi cho’ntagida nima bor edi?

Javob: Uzuk
Izoh: u sevgi izhor qilishga tayyorgarlik ko’rayotgan edi.

7215. Sayyohlik agentligiga qo’ng’iroq bo’ldi:
-Sizlarda Misrga ham sayohat bormi?
-Ha bor.
-Qaysi kurortlarga sayohat bor?
-Sharm al shayxga, Xurgodaga, Nuvaybaga bor…
-Yaxshi, yaxshi. Nuvayba mos keladi. Rahmat.
-…
Diqqat savol:
Qo’ng’iroq qilgan odamga nega aynan shu kurort mos kelganini ayting?

Javob: chunki o’sha kishi krassvord ishlab o’tirgan edi.

7216. Yevropada bir davlat bor.
Uni biz ataydigan 1-nomi aslida uning faqat 2 ta viloyatini bildiradi.
Biz biladigan 2-nomi esa “pastqam yer” degan ma’noni bildiradi.
Haqiqatdan ham bu davlatning katta qismi dengiz sathidan past.
Hatto bu yerda daryolar dambalar tufayli dalalardan, hattoki uylardan baland oquvchi joylari bor.
Savol: bu davlatning nomini ayting?

Javob: Gollandiya- Niderlandiya

7217. O’zbekistonda 7 turi mavjud u o’simlikni ko’rganimizda qaysidir hayvonni qilgan ishi ko’z oldimizga keldi bu qaysi hayvon?
Javob: Vahima qush ( noksimon uy quradi)

7218. Biz ko’p eshitadigan bu so’z aslida yunoncha “klima” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “og’ish”, ya’ni Yer yuzasining Quyosh nurlariga nisbatan og’ishini bildiradi. Savol: bu qaysi so’z?
Javob: Iqlim

7219. Terri Pratchett mehnatsevar qizlar haqida gapirar ekan, bunday qizlar bu narsani umrida hech qachon sotib olmasligini aytadi.
Boshqa bir ma’lumot orqali ma’lum bo’lishicha bu narsa 2-fevral kuni kamida 3 marta qayta qayta buzib tashlangan.
Diqqat savol: Pratchett fikriga ko’ra mehnatsevar qizlar nima sotib olishmaydi.?

Javob: Budilnik
Izoh: mehnatsevar qizlar budilniksiz uyg’onisharkan. “Sug’ur kuni” filmida esa qahramon budilnikni har tong buzib tashlaydi.

7220. Bir shved olimining ta’kidlashicha: «Agar siz 1200 oy davomida kuniga 1 litr sut ichib borsangiz, siz unga erishasiz» Savol: unga erishish so‘zlari o‘rnidagi so‘zlarni toping?
Javob: 100 yoshga kirasiz.

7221. Olimlar ichki quloqni tekshirish mobaynida uni juda chalkash yo’llardan iborat ekanligini ko’rishdi.
Diqqat savol: Uni nimaga o’xshatishadi?

Javob: Labirint

7222. Ukki- to’g’ri sarflashga, olmaxon- tez jamlashga, it – saqlab qolishga yordam beradi. Gap nima haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz,
Diqqat savol: Nima ko’paytirishga yordam beradi?

Javob: Cho’chqa
( bu yerda gap pul yig’iladigan kapilkalar haqida edi?)

7223. Qirol Kobralarning narlari ba’zan o’zini juda g’alati tutadi. U o’t ustida burila boshlaydi va bahaybat tanasini halqalarga aylantiradi, o’t tutamlari va quruq barglarni ushlab, keyin ularni qo’yib yuboradi. Bu ilon raqsi (2D rejimida) ko’p soat davom etishi mumkin. Nima uchun kobra bularning barchasini qiladi?
Javob: U uy qurmoqda.
Izoh: Qirol kobra – uya quradigan yagona ilon turidir.

7224. Bir vaqtlar amerikalik Filipp Makkrori televizorda dengiz suvsarlari, dengizga to’kilgan neftdan dengizni qanday “qutqarilganligi” haqidagi ko’rsatuvni ko’radi. Biroz o’ylab, tajriba o’tkazgach, u tez orada neft mahsulotlaridan suvni tozalashning yangi usulini taklif qildi. Makkrorining hisob-kitoblariga ko’ra, uning kasbdagi hamkasblari har kuni ushbu usul uchun 100 tonnaga yaqin asosiy ingredientni ishlab chiqarishlari mumkin. Filipp Makkrorining kasbi nima?
Javob: Sartarosh.
Izoh: U sochlar yog’ni faol ravishda so’rib olishini payqadi va uni to’plash uchun foydalanishni taklif qildi.

7225. Zamondoshlari uni qachonlardir dam olganini ko’rmagandilar va shu sababli uni “dam olmas” deb atashardi. Uning familiyasi boshiga bir harf qo’shib o’qilsa, huddi shunday ma’no beruvchi jumlani eshitish mumkin.
Diqqat savol. U mashhur odam kim?

Javob: Jorj Everest
Izoh: Everestning oldiga N harfini qo’yib o’qisak, “Never rest” deb eshitiladi. Bu esa inglizcha ” dam olmas” degan ma’noni beradi.

7226. Ma’lumki, Forbes jurnali mashhurlar hayotini yoritib boradi.
2010-yilgi chiqqan sonlarining birida bir insonga shunday ta’rif beradi, “o’z kasbining fantastik odami”
Diqqat bu ta’rif kimga berilgan?

Javob: Ravshan Ermatov

7227. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Avstraliyada har yili 50 ming qurbaqa ko’katlar, meva va sabzavotlar qoplariga tushib qoladi. Biroq, agar paketdagi qurbaqa tirik bo’lsa, avstraliyaliklar buni hatto yaxshi belgi deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bu nimani anglatadi?
Javob: Mahsulotlar butunlay yangi.
Izoh: Hatto qurbaqalar ham muhrlangan sumkada uzoq yashay olmaydi.

7228. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan X ning shakli yirik kristallaridan iborat. Uning “tug’ilishida” iplarining uchini birlashtirib, yelim bilan yopishtirib qoʻyishadi va   uch sutka shu holicha qoldiriladi.  Bizda uning obro’yi baland. Insonga tirgak, madad kuch bòladi deb ta’riflashadi.
Diqqat savol: Milliy mintalitetimizdan kelib chiqqan holda X ni toping?

Javob: Novot

7229. Bir sayyoh Rossiyani yangi boylaridan AQSHga borib kelgach do’stlariga tassurotlari haqida gapirib berdi. Ularda ham bizga o’xshash “ko’k”idan ishlatishar ekan. Eng qizig’i men borgan shtatni gubernatori kechalari ko’chalarda yurib odamlarni o’ldirar ekan. O’z ko’zim bilan televizorda ko’rdim deb aytdi.
Savol: U qaysi shtatga borgan edi?

Javob: Bu Kaliforniya gubernatori Arnold Shvarseneger edi. Новый русский o’shani televizorda ko’rgan ko’chada odam o’ldirayotkan kinosini

7230. Bir kuni Frans Kafka Berlin parklarining birida aylanib yurganda, qo’g’irchog’ini yo’qotib baland ovozda yig’layotgan qizchani uchratdi. Unga qo’g’irchog’ini topishda yordamlashishini va’da qildi. Qo’g’irchoq albatta topilmadi ammo Frans qo’g’irchoq nomidan yozgan xatini olib keldi. “Iltimos, mening yo’qligimdan xafa bo’lmang”, . – Men dunyoni ko’rish uchun sayohatga chiqdim. Men sizga barcha sarguzashtlarim haqida yozaman.” deyilgan edi. Ko’p o’tmay Frans sil kasalligi tufayli Venaga sanatoriyaga ketishi kerak edi. U qizaloq bilan uchrashdi va unga qo’g’irchoq sovg’a qildi. Albatta u yo’qolgan qo’g’irchoq emas edi. Qog’irchoqda bir yozuv ilova qilingan edi. Mantiqan o’ylab ko’ringchi Kafka qanday yo’l tutgan?
Javob: Qo’g’irchoqda “Sayohat meni o’zgartirdi” degan yozuv ilova qilingan edi.
Qizaloq qo’g’irchog’i sayohatga ketib o’zgardi deb o’ylashi uchun.

7231. Virtual hayotdagi mojarolar vizual aloqaning etishmasligini kuchaytiradi. “Inson yuzi” dasturiga binoan, bunday muammolarga echim alfa bo’lishi mumkin ekan.
Diqqat savol: X ni inglizcha so’z bilan ayting?

Javob: Smaylik

7232. Hammamiz yaxshi bilamizki qadimda kamondan o’q uzish mashqi juda rivojlangan edi.
IX-XVI asrlarda bir davlat qonunida erkaklar har kuni kamondan o’q uzish mashqini bajarishi majburiy qilib belgilangan ekan.
Savol.Bu qaysi davlat edi?

Javob: Angliya

7233. 1900-yillarda Olimpiada o’yinlarida faqat erkaklar ishtirok etganliklari bizga ma’lum. Keyinchalik ayollarga ham Olimpiadalarda qatnashish huquqi berilgan. Ayollar orasida birinchi Olimpiya o’yinlari chempionligini – grafiniya Elen de Purtale qo’lga kiritgan ekan.
Diqqat savol! Bu ayol qaysi sport o’yinida Olimpiada g’olibi bo’lgan deb o’ylaysiz?

Javob: Yelkanli qayiq⛵️

7234. Bir latifada qizcha onasidan bir so’zning ma’nosini so’raydi.
Onasi “bu shunaqa suyuqlik”-deb javob beradi.
Shunda qizcha – “bu suyuqlik”ni nega unda radioga qo’yishgan, ” deb savol beradi.
Diqqat Savol: Qizcha qaysi so’zning ma’nosini so’raydi?

Javob: Efir so’zi
Ma’lumki efir degan suyuqlik bor.
Qizaloq esa radioda ” efirimizni boshlaymiz” ( va shunga o’xshash gaplarni ) degan gapni eshitib, so’z ma’nosiga qiziqib qoladi

7235. Unga kirish uchun gullar kesilgan, mevalar uzilgan, hayvon va qushlar o’ldirilgan bo’lishi kerak.
Diqqat savol: U ni bir so’zda ayting?

Javob: Natyurmort ( o’lik tabiat degan ma’noni anglatadi)

7236. Mashur Brendlardan biri “Kodak” – firma asoschisi Djordja Istmena “K” harfini juda yaxshi ko’rar edi va u o’z firmasi nomini bosh va oxirgi harfini K sifatida ko’rmoqchi bo’ldi va “Kodak” nomida to’xtaldi. Bundan tashqari K harfi tanlanishining yana bir sababi bor.
Diqqat savol: Siz o’sha sababni ayting?

Javob: K harfi deyarli barcha alifboda bir xil yoziladi.

7237. Qadimgilar fikricha, bu ish mustahkam sog’liq garovi ekan. Yangi tug’ilgan chaqaloqning bu ishni qilishi ilk tiriklik belgilaridan biridir. Rimliklarning ishonishicha, Amur yaxshi qizlar dunyoga kelish paytida bu ishni qilar ekan. Bu ishni qilish bir rusning o’limiga sabab bo’lgan.
Diqqat savol: Bu ishning bir necha bor takrorlanishi kimning hayotini saqlab qolgan?

Javob: Polat ALEMDAR.
Bu ish – aksirish. Chexov hikoyasida qahramon aksirib qo’yib, keyinchalik yuragi yorilib o’ladi. Polat Alamdarning uch marta aksirishi uning qalami sinmasligiga sabab bo’ladi. Odam ko’zini yummasa, aksira olmaydi

7238. Zamonaviy serial qahramoni bo‘lgan ayol U qishda bo‘lgan deb hisoblaydi. Nima bo‘lganda ham U taxminan 45 yil davom etadi.
U ni toping?

Javob: Sovuq urush
SSSR va AQSH o‘rtasidagi qarama qarshilik shunday nom oladi(1946-1991)

7239. Vikipediyaga ko‘ra PUSHKIN ning qiroldan kuchli bo‘lishi an‘anasi Fransuz inqilobi davrida paydo bo‘lib,oddiy xalqning monarxiyadan kuchliligini aks ettiradi.
Biz PUSHKIN so‘ziga almashtirgan so‘zni toping?

Javob: Tuz.
Bungacha tuz eng kichik karta bo‘lgan.
Pushkin A.S-AS(fransuzchada tuz)

7240. Olimlarning hisoblashicha u yerda qushlarning 15 turi, 40 turdagi sutemizuvchi, 44 xil sudralib yuruvchi, amfibiyaning 12 turi,13 xil baliq va 545 xil o‘simliklar bor ekan.
Bu joy bizga qanday nom bilan ma‘lum?

Javob: Ajal vodiysi

7241. Keng tarqalgan hazilga ko‘ra BU ISH ni qilgan optimist g‘alabaga erishsa xursand bo‘ladi. Pessimist esa yutqazgani uchun xafa bo‘ladi. Krokodil Genaga BU ISH ni qilish joniga tekkach do‘st izlab xat yozadi.
BU ISH ni forschadan kelib chiqqan so‘zdan foydalanib toping?

Javob: O’z- o’zi bilan SHAXMAT o’ynash.
“Shaxmat” so’zi forschadan olingan ekan!

7242. “Qadimiy Samarqand” deb nomlangan ushbu rasmni ko’rgan Ilya Ilf bu shaharda aynan U dunyoga kelgan deb aytib o’tadi.
Diqqat savol: rasmga diqqat bilan nazar soling va Uning nomini ayting-?

Javob: Odam ato
Rasmda hamma joy loy bo’lganligidan Odam ato shu joyda tug’ulganmikan deb aytgan.

7243. Angliyada o‘tgan musobaqa tugagach, grossmeyster Flor mehmonxonadagi liftga chiqadi. Ma’lumki «flor» so‘zi inglizchada «qavat» degan ma’noni anglatadi. Liftga birga chiqib qolgan hamrohi undan odatga ko‘ra «Nechanchi qavatga? deb so‘raydi. Haliyam g‘oliblik nashidasidan sarmast grossmeyster gap musobaqa haqida ketayapti, deb o‘ylab, maqtangannamo: Albatta X deb javob beradi .Buni eshitgan hamrohi lift tugmachasini bosolmay angrayib qoladi. Grossmeyster qanday javob bergan edi ?
Javob: “Birinchi” deb javob beradi

7244. XIX asr boshida Fransiyada x lar go’shtga puli yetmaydigan kambag’allarning ovqati bo’lgan. Keyinchalik ularni ovlash nazorat qilinmagani sababli x lar juda kamayib ketadi va ularning narxi oshib ketadi. XIX asrning 2-yarmiga kelib, endi X lar boylar yeydigan qimmatbaho ne’matga aylanadi.
Savol boylar ovqatiga aylangan X lar nima?

Javob: ustritsalar

7245. Aytishlaricha bir necha asrlar oldin uy bekalari ushbu kasb vakillari mehnatini baholash uchun, ulardan bugun tushlikka nima ovqat tayyorlaganlarini topishini talab qilisharkan. Agar ishchi to’g’ri javob bersa, uy bekasi unga ayamasdan haq to’lagan ekan.
Diqqat, savol: Gap qaysi kasb egalari haqida ketmoqda?

Javob: Mo’ri tozalovchilar
Izoh: Agar mo’ri tozalovchi o’z ishini astoydil bajargan bo’lsa qozonda qaynayotgan taomni hididan bexato aniqlashi mumkin bo’lgan.

7246. Braun barcha muammoni Alfa orqali yechish mumkin desa,
Kollinvud alfa barcha tillarning onasidir deydi.
NitsSHe esa Alfa siz o’tkan kun bekor ketdi desa,
FarnXagen Alfa da o’zimiz qirol bo’lamiz deydi.
Alfa ni topgan bo’lsangiz
1973 – yilda Alfa ni hammaga buyurgan insonni nomini ayting?

Javob: Ivan Vasilevich
Alfa- Raqs
Buyruq: “Hamma RAQS ga tushsin”

7247. Xitoyda – “bu eshak yilida sodir boʻladi”.
Amerikada – “osmonda koʻk oy chiqqanda sodir boʻladi”.
Bu iboralar ma’nosi aynan bir xil.

Diqqat savol: agar bizdagi versiyasida bir hayvon qatnashadigan boʻlsa, oʻsha iborani yozib bering?
Javob: Tuyani dumi yerga tekkanda.
Izoh: gap bu yerda ” hech qachon” ma’nosoni berishmoqchi

7248. Ispaniyaning Kadis shahrida ayollar erkinligini cheklovchi qonunlar bor. Bir qonunga ko’ra ayollar ALFA dan foydalanish uchun rasmiy ruhsat olishi va politsiyadan ro’yhatga o’tkazishlari lozim ekan.
Diqqat savol: ALFA ni toping?

Javob: Parik
Izoh: Ayollar tomonidan bir necha banklar talangach qabul qilingan.

7249. U o’zining ismi yo’qligidan hech ranjimaydi, ammo ma’lum vaqtga kelib “asirga” tushib qolgach baxt nimaligini xis qiladi. Baxt bu o’zinggizga “loyiq kiyim” degan iqtibos balki aynan UNGA tegishlidir.
Siz UNI atigi ikki so’z bilan ayting?

Javob: Nomsiz barmoq.
“Asirga” nikoh uzugi tomonidan tushadi))

7250. O’tmishda shumerliklar BU SABZAVOT ni zaharga qarshi dori sifatida ishlatishgani haqida ma’lumotlar bor. Uni laqab qilib olgan mashhur o’zbek aktyorini ayting?
Javob: Ergash Karimov
Laqabi: Sarimsoqpiyoz

7251. Meni bobolarim mendan ancha asrlar muqaddam paydo bo’lgan.
Meni o’zim X asrlarda, Yevropada XIII XVI asrlarda paydo bo’ldim lekin u paytda maqsadim boshqa edi.
Meni Mendeleev tarbiyaladi,
Rossiya imperiyasi finans vaziri meni ko’rsatkichimni dumaloqlashni ta’klif qildi.
Savol egasi esa nomimni eshitganida o’z yoniga yondashtirmas emish.
Xullas meni toping?

Javob: Aroq

7252. Rimlik mashhur o’z asarlaridagi asosiy qahramonlar rolini o’zi ijro etgan. Lekin kunlarni birida kasalligi tufayli o’ziga assistent yordamchi oladi. Ba’zi manbalarda aytilishicha, bu jarayon tarixda alfa ni dastlabki qo’llanilishi ekan. Alfa ni toping?
Javob: Fonogramma
Uni tamog’i og’rigan va yordamchisi uni o’rniga gapirgan, u faqat og’zini qimirlatgan holos.

7253. Daraxtning yoshini uning tanasidagi xalqalar soniga qarab aniqlash mumkin. Yana nimaning yoshini shu usulda aniqlash mumkin?
Javob. Mollyuskaning yoshini chig’anoqlardagi xalqalar soniga qarab

7254. AQSHda inson hayotiga ta’sir eta oladigan o’ylab topilgan personajlar reytingi chop etildi. Reyting mualliflari fikricha “yil oxiri kvartalida iqtisodni boshqaruvchi” personajni ayting?
Javob: Santa klaus

7255. Bir o’quvchi bola har kuni ota onasiga man “Dars” ga ketdim deb uyidan chiqib ketarkan. Bolakayni onasiga sinf rahbari telefon qilib o’g’li darsga kelmay qo’yganini aytadi onasi xayron. Bolakay uyga kelganda Ota onasidan olganini oldi va bolakayni yolg’onchilikda aybladi. Shunda Bolakay man sizlarni aldagim yo’q shunchaki sizlar noto’g’ri tushungansizlar deb suvdan quruq chiqib ketdi.
Diqqat savol: Bolakay shuncha vaqt nima bilan mashg’ul bo’lgan?

Javob: DARTS o’yini bilan

7256. O‘rningizdan turingda boshni egib diqqat bilan telefonga qarang! Aytingchi siz shu holatda nimani reklama qilishingiz mumkin?
Javob: Facebook

7257. Afrika janubidagi Svaziland degan mamlakatda 10 yoshdan oshgan o’quvchi qizlarga bu ishni qilish qonun bilan qa’tiyan taqiqlab qo’yilgan ekan. Agar ular qonunga rioya qilishmasa hatto maktabdan haydalishgacha borarkan. Savol qizlarga taluqli bo’lgan qanday ish qonun bilan taqiqlab qo’yilgan bo’lishi mumkin maktabda ?
Javob: Kalta yubka kiyish

7258. — Suqrot, afinaliklar seni o‘limga hukm etdilar, — dedilar faylasufga.
Suqrot xotirjamlik bilan dedi:
— Ularni esa X o‘limga mahkum etdi.
Bu haqqoniy gapda qaysi so’z yashirilgan?

Javob: X- Tabiat

7259. Saudiya Arabistonida odamni urib yuborgan avtomobil haydovchisi 150 ming riyol , agarda “U”ni urib yuborsa shu pulning yarimini to’lashga majbur ekan. Uni toping?
Javob: Tuya

7260. “Qashqirlar makoni” serialidan:
Qilich va Po’lat Alemdar suhbati:
Qilich: Bu olamda nimaga erishmoqchisan?
Po’lat: Xurriyat(ozodlik,xurlik)ga
Qilich: Xudoga ishonasanmi?
Po’lat: Xa, albatta.
Qilich: Bir taniqli inson:
“Men har kuni kechasi Xudodan menga velosiped berishini so’rardim. Keyin bilsam boshqacha yo’l tutish kerak ekan. Ertasi kuni ko’chaga chiqdim va birinchi uchragan velosipedni o’g’irladim. Keyin har kuni…” degan.
Sen ham Xudoga murojaat qilish yo’llarini topsang barcha narsaga erishasan. Xurriyatga ham.
Diqqat savol: sizlar taniqli insonni gapini davom ettiring. Nuqtalar o’rniga kerakli SO’ZLARNI qo’ying?

Javob: “Har kuni xudodan kechirim so’rardim….”

7261. Qadimda bir shahar hokimi hududdagi eng kuchli imomni huzuriga chaqirib, shu shaharga qozi bo’lishini so’rabdi. Imom bu taklifni har safar rad etaverar ekan.
Shunda, Shahar hokimi imomga tazyiq o’tkazmoqchi bo’libdi.
Hokim: Shaharga qozi bo’lasan, bo’lmasa seni quroq dengiziga oqizib yuboramiz.
Imom: bemalol, suvdan qo’rqmayman
Hokim: yolg’on gapiryapsan.
Imom: …..
Diqqat savol: Imomning javobini mantiqan yakunlang!

Javob: Yolg’on gapirgan odam qanday qozi bo’ladi?

7262. Aloviddin – Toj Mahal, Hindiston 
Hua Mualan – Imperator saroyi, Pekin 
Tepaga – Anxel sharsharasi, Venesuella 
Jo’shqin yurak – Kallanish, Shotlandiya 
Qirol Sher – ….
Yuqorida bir necha mulfilmlar nomi va qandaydir joylar nomini ko’rib turibsiz. Sizlar menga oxirgi qatorda bo’lishi kerak bo’lgan joy nomini aniq yozing? 

Javob: Klimanjaro, AFRIKA

7263. Aqshlik olimlarni O’tkazgan savol-javoblardan ma’lum bo’lishicha 90% Amerikaliklarni 90% bu ishni ishxonada va uyda deyarlik muntazam ravishda bajarishar ekan. Xatto Aqsh prezidenti Jorj Bush Iroq urushi vaqtida bir yil ichida rasmiy uchrashuv va bayonatlarda 922 marta bajargan ekan. Savol qaysi ish haqida gap ketyapti?
Javob: Yolg’on gapirish

7264. Bir karikaturada hajmi katta alfa yonida qo’lida har xil rangdagi bo’yoqlarini ushlab turgan odam tasvirlangan.
Karikatura ostiga esa ” Muammoni hal qilishning oson yo’li” deb yozilgan.
Diqqat savol: alfa ni toping?

Javob: Kubik Rubik

7265. Murod Mansurning “Judolik diyori” asaridan parcha. Asar bola tilidan hikoya qilinadi. “Yoshligimda qiyomatdan juda qo’rqardim. Hatto tushlarimga kirib chiqardi. Qo’rqib uyg’onib ketardim. Ammo onamni ko’rgach, ko’nglim hotirjam bo’lib, qayta uxlardim. Bir kuni onamdan so’radim:
Ona, qachon qiyomat bo’ladi?
-Toki yer yuzida bitta bo’lsa ham SHUNDAY inson bor ekan, qiyomat bo’lmaydi”, degandi onam.”
Savol: ona SHUNDAY deganda qanday insonlarni nazarda tutgan?

Javob: Namoz o’qiydigan

7266. G’or odamlarining hayoti talqin etilgan bir multfilmda bosh qahramonlardan biri SHU ISHni loy va basketbol to’pichalik keladigan yapaloq tosh orqali amalga oshirish mumkinligini o’z ixtirosi deya ko’rsatadi. Oramizda ham SHU ISH bilan shug’ullanuvchilar borligini bilgan holda aytingchi, loy va yapaloq tosh ularga tegishli qanday ixtironing asosi edi.
Yoki SHU ISH ni toping?

Javob: Selfi
Avval loy yuzga chaplanadi, so’ngra, yapaloq tosh bilan yuzga zarba beriladi. Qarabsizki, toshda o’z aksingiz chiqadi)

7267. Bu ikki personajning nomlari internetta katta bahsga sabab bo’libdi. Bu personajlar ostida ikki millat tasvirlangan deb yuritiladi, dalil sifatida esa bu davlatlarning harbiy kiyimlarining rangi deb ko’rsatadi . Wikipedia malumotida esa ularnining nomlarini quyidagicha kelib chiqqan deb yozilgan : XIX asr o’rtalarida ingliz yozuvchisi Pirs Igan ga tegishli “Londondagi turmush” nomli ocherklar to’plami nashr qilingan bo’lib, Uning qaharmonlari mayishatparast ko’ngilxushlikka berilgan “Tilla yoshlar” vakillari haqida hikoya qilinadi. O’sha paytta ular bilan ma’nosi “ ichib olib, o’zidan-o’zi muammo chiqarib yuruvchi“ larga nisbatan foydalaniladigan ibora ham paydo bo’ladi.
Bu personajlarni ayting?

Javob: TOM VA JERRY

7268. Sizlar uchun maxsus Qoraqalpoq xalq topishmog’i :
Ekige ekini qossan’ to’rt boladi,
Birewi – birewine sep boladi,
Tiykarg’i u’ylesimi tabilmasa,
Jansiz zat janli zatti jep boladi.

Tarjima :
Ikkiga ikki qo’shilib bo’ldi to’rtta,
Biri birisining sepi bo’lar,
O’zining tengi agar topilmasa,
Jonsiz narsa jonlisini yeb bitirar.
Topishmoqning javobi nima?

Javob: Ko’zoynak

7269. Bu joyga 1620 soni qaysidir ma’noda yaqin. Bu joy nomini ikki qismga bo’lsak 1-qismini bu dunyoda ko’plab uchraydigan bir tabaqani qozoqcha atamasi tashkil etadi, 2-qismini esa Abduxoshim g’ijjakchi va Mayk Taysonni bir o’xshashligi tashkil etadi.
Men qaysi joy nomini ta’riflayapman?

Javob: Baykal ko’li
Izoh: qozoqlar boy tabaqali insonlarni Bay deyishadi. Abduxoshim va Taysonlarni o’xshash jihati ular Kal.
Baykal ko’lini eng chuqur joyi 1620-metrni tashkil etadi.

7270. Savolda almashtirilgan so’zlar bor!
Aytishlaricha, BARGSIZ DARAXT jannatda bo’larkan.
Alp tog’larining deyarli yetib bo’lmas joylarida BARGSIZ DARAXTLAR borligini ko’rish mumkin.
Diqqat savol: “BARGSIZ DARAXT” so’zlari o’rnidagi so’z birikmasini toping?

Javob: Tikonsiz Atirgul

7271. Pepsi kompaniyasining bir reklamasida Pepsi logotipi  pechene da tasvirlangan va yonida X turibdi. Bu sizga bir nimani eslatgani aniq. Kreativlik juda ajoyib chiqqan. Pepsi kompaniyasi bu reklamada nimaga ishora qilgan?
Javob: Kalmar o’yiniga
X-igna

7272. Agar ULAR bo’lmaganda XX asrning yarmidan to XXI asrgacha AQSHdagi saylovlarda faqat respublikachilar g’olib bo’lgan bo’lardi. Agar Ular bo’lmaganda Gomer bunchalik mashhur bo’lmagan va biz bilgan ko’plab odamlar suvsizlikdan halok bo’lgan bo’lardi. Ular?
Javob: Ayollar
Izoh: 1968-yildan 2004-yilgacha saylovlarda, agar ayollar demokratlarga ovoz bermaganda, faqat respublikachilar prezident bo’lardi. Agar Yelena bo’lmaganda Troya urushi bo’lmasdi, agar Shirin bo’lmaganda Farhod tog’ni teshmasdi

7273. Mashhur yozuvchining ta’kidlashicha huquqshunoslik idoralaridagi qog’oz uyumlari aslida insoniy munosabatlarning ……… . Savol: Jumlani bir so’z bilan to’ldiring?
Javob: Mozorlaridir (Frans Kafka)

7274. Qur’oni Karimni ismlari
1.Musxaf
2.Kalomullox
3.Burxon
4.Zikr
5.Nur
6.Kitob
7.Xaq
8.Tanzil
9…..va nima uchun shu nom bilan ham ataladi?

Javob. Furqon
23 yil mobaynida bo’linib bo’linib nozil bo’lgani uchun

7275. Alloh o’z kitobini Tavba surasida,
“Ayting sizlar biz uchun ikki xayrli ishdan biri (bo’lishi) ni kutmoqdasiz” deydi. Ikki xayrli ishni ayting?

Javob: G’alaba va shahidlik

7276. Ibn Ma’sud r.a rivoyat qilgan hadisda Rasululloh Sallollohu alayxi vasallam ikki toifa insonga hasad qilish joiz deganlar.
Qanday insonlar?

Javob
1.Alloh bir odamga boylik bergan bo’lsa u odam boyligini Alloh yo’lida sarflagan bo’lsa.
2.Bir odamga Ilm berilgan bo’lsa u odam shu ilmdan odamlarga ta’lim bergan bo’lsa.

7277. “Musulmonlar madaniyati, yovvoyi Yevropani ham odamlar qatoriga qo‘shgan. Shu sabab musulmonlar bizning ustozimiz sanaladi.
Gʻarb oliygohlarida arabiy kitoblardan boshqa darsliklar bo‘lmagan. Yevropaning aqlini, axloqini, dunyosini musulmonlar yuksaltirdi.
Yevropa musulmonlardan qarzdor. Ular butun dunyoga to‘g‘ri din va erkin fikrlaydigan jamiyat bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Ular nasroniy xalqlarga ta’lim berib, ularga insonning eng yaxshi sifati bo‘lgan oliyjanoblikni o‘rgatdi. Musulmonlar axloqi butun yer yuzi xalqlari axloqidan ustundir
Bu so’zlarni muallifini ayting?

Javob: Gyustav Lyubon

7278. Dunyoda hali inson zabt eta olmagan bitta cho‘qqi bor, bu cho‘qqiga hali bironta ham alpinist chiqa olmagan. Bu cho‘qqining nomi- Alfa Uni Vayli, ham deb ataydilar.
Butan va Xitoyning chegarasida joylashgan. Cho‘qqining balandligi- 7570 metr.
Bu cho‘qqiga chiqish uchun to‘rt martta urinish bo‘lgan, ammo hammasi muvaffaqiyatsiz tugagan. 2003 yil cho‘qqiga chiqish batamom taqiqlangan.
Alfani toping?

Javob Kankar- Punsum

7279. Bu sahoba Rasululloh Sallollohu alayxi vasallamga yaqin sahobalardan. Janglarda urush hiylalarini juda yaxshi bilganlar. Islomdan oldin ham aql zakovatlari tijoratda ham ko’p yutuqlar olib kelgan. Agar islom bo’lmaganida arablarni kuchi aqli yetmaydigan hiylalar qilar edim deganlar. Bu sahobani ismini ayting?
Javob: Qays ibn Sa’d r.a

7280. Dunyodagi birinchi parfyumer alfa bo’lgan. U miloddan avvalgi X asrda Mesopotamiyada yashagan va gullar va yog’lar bilan kimyoviy tajribalar natijasida turli xil hidlarni yaratgan. U haqida qadimgi taxtachalarda xotiralar saqlanib qolgan.
Alfa kimligini ayting?

Javob: Tapputi.

7281. Tarixda muqaddas shahar Quddusni ozod etgan Salohiddin Ayyubiy haqida faxr bilan so‘z boradi. Ammo bu sharif shaharni Ayyubiydan oldin ham, keyin ham ozod va obod etganlar o‘tgan. Ular esa bizning ajdodlarimiz edi.
Ular kimlar ismlarini ayting?

Javob: Atsiz Ibn Uvaq al Xorazmiy va Barokatxon.

7282. U haqida bir nechta ko’rsatmalarni tinglang:
· U yashaydigan joyda tug’ilishi kerak;
· malakali oiladan bo’lishi kerak;
· Unga mos juftlikni tanlash muhim;
· Mashg’ulotlar 100 kunlik yoshdan boshlanishi kerak;
· Uni tashishga o’rgatish, chidamlilikni rivojlantirish va  yomg’irdan qo’rqmaslikka ko’niktirish kerak.
Diqqat savol: ushbu ko’rsatmalarga binoan gap qanday jonzot haqida ekanligi toping?

Javob: xat tashuvchi kabutar

7283. X larning ot va eshaklar bilan umumiy ajdodlari bor. Bu turlar taxminan 4,5 million yil oldin ajralishgan. Agarda X nima ekanini topgan bo’lsangiz, X lar nomi bilan mashhur bo’lgan futbol jamoani yozib bering?
Javob: Yuventus
Izoh: Yuventus jamoasi bizga zebralar tahallusi bilan tanish.

7284. San’at, bu holatda tarixiy asar yaratilishigacha olib kelgan tasviriy san’at bu. Bekonning 1969 yildagi asari 2013 yilda StivVinning sobiq xotiniga 142,4 million dollarga sotilgan. Bekon bu asarni do’stiga atab chizganini inobatga olgan holda asar nomini aniq qilib yozib bering?

Javob: Lyusyen Freyd portretiga uch yondashuv
Izoh: Bekon va Lyusyen do’st bo’lishgan va Bekon bu asarni nomlashda Lyusyenni ismidan foydalangan.

7285. Savolda bir so’zdan harflar tushurib qoldirilgan.
Demokratiya – davlatning xalqga tayanib boshqarish,
Monarxiya – davlatning qirol yokida qirolicha tarafidan boshqarilishi.
OY – xristian davlatning ruhoniy tarafidan boshqarilishi. Harflar tushurib qoldirilgan so’zni to’liq holida yozib bering?

Javob: Teokratiya

7286. Xayrulla Hamidov o’z telegram sahifasida bir post ostiga bu ishni qilish Napaleonga xos deb izoh beradi. Bu izohni qaysi voqeaga nisbatan berganini yozib bering?
Javob: Cristal palesnini murabbiyi o’zgarishiga nisbatan
Izoh: Roy Hodgson Crystal palace bilan shartnomasi tugamasdan turib lavozimidan ozod bo’ladi, va bu ishni Xayrulla Hamidov Napaleonga hos deb izohlab ketadi
(Manbaa- Xayrulla Hamidovning telegram kanali)

7287. Alfa fikrni jamlash va dam olishga yordam berish uchun muqaddas tovush, so’z yoki iborani takrorlashni o’z ichiga olgan meditatsiya shakli. Fikringizga diqqatni jamlash uchun oddiy vazifa berib, siz fikrlaringiz va tashvishlaringizning yo’qolishiga yo’l qo’yasiz. Alfani unlilari bir xil bo’lgan so’z bilan yozib bering?
Javob: Mantra meditatsiyasi

7288. Gazet.uz da berilgan bir maqolada jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing o’zbek tili haqida bergan intervyusi Rossiya tashqi siyosat idorasiga xush kelmaydi. Shunda Sherzodxon Qudratxo’ja bu fıkralar Rossiya fuqorolariga emas, balki X larga qaratilgan edi deb o’z fikrlarini izohlaydi.
Bizga X ni iloji boricha aniq qilib yozib bering?

Javob: O’zbek tilini bilmaydigan o’zbeklarga.
Izoh: Sherzodxon Qudratxo’ja o’zbek tilini rivojlanishi uchun birinchi o’zbeklarga o’rgatish kerak deb aytadi va shu o’rinda o’zbek tilini bilmaydigan rossiyadagi o’zbeklar haqida gap olib boradi.

7289. 1518-yilning yozida Strasburg shahri ma’murlari o’z ko’chalarida juda g’alati manzarani kuzatdilar. Yuzlab shahar aholisi to’xtovsiz bu ishni qilishni boshlagadi. Ular kunlar, haftalar davomida bu ishni qilishardi. Hech kim ularga nima bo’layotganini va nima uchun bunday qilishayotganini tushuna olmaydi. Hatto halokatli oqibatlar ham bor edi: ba’zi ular charchoq va ochlik tufayli shunchaki yerga yiqiladi, ba’zilari hatto insult va yurak xurujiga uchraydi.Bir nazariyaga ko’ra, ular javdarda o’sadigan psixoaktiv mog’or bo’lgan ergotni iste’mol qilgan bo’lishi mumkin.Boshqa nazariyada esa, aholi boshdan kechirgan kuchli stress va tashvish unda ommaviy ishtirok etishga olib keladigan kollektiv psixologik buzilishni keltirib chiqarishi mumkin deyiladi. Diqqat savol, bizga bu ishni qilish o’rnida kelgan 2 so’zni yozib bering?
Javob: Raqsga tushish
Izoh: G’alati tuyilsada o’rta asr aholisi shunaqa voqeani ham boshlaridan o’tkazishgan.

7290. X – yuqori sifatli metalldan yasalgan qadimiy Viking qilichlari bo’lib, ular deyarli hech qanday ko’chmalarga ega emas va juda yuqori uglerodli tarkibga ega. Bu qilichlarining 170 ga yaqin namunalari topilgan va ular milodiy 800-1000-yillarga tegishli. Bugungi kunda bunday sifatli qurollarni ishlab chiqarish deyarli ilojsiz deb hisoblanadi. Bundan tashqari X larga nisbatan o’rta asr qurollarining mukammalligi ramzi sifatida qaraladi. Bizga X ni 2 so’zda yozib bering?
Javob: Ulfbert qilichlari

7291. Bir ijtimoiy reklama plakatida chap burchakda basketbol to’ri yonida to’p ushlagan holda turgan sportchi , o’ng burchakda esa bir qo’lida sigareta va bir qo’lida bir bokal viski ushlagan kishi tasvirlangan.
Diqqat savol: bu ikki tasvir o’rtasida qanday so’z yozilgan?

Javob: Tashla.
Izoh: Yomon odatlarni tashla va to’pni savatga tashla, ya’ni sport bilan shug’ullan degan.

7292. Bir fransuz hikoyasidagi qahramon doimo gapirganida duduqlanib, so’zlarini uzib-uzib gapirar edi. Uning familiyasidagi dastlabki ikki harf DE.
Diqqat savol: Familiyasidagi qolgan 3 harfni yozib bering?

Javob: Fis.
Izoh: Savoldagi uzib-uzib gapirish jumlasi sizni defis , ya’ni chiziqchaga olib borishi kerak edi.

7293. Kriket O’yini kun bo’yi davom etishi ham mumkin. Shu sababli o’yin qoidalariga ishtirokchilarni o’ylagan holda orada U ham ko’zda tutilgan.
Diqqat savol: Qaysi Amerika shahrida U ning muzeyi joylashgan?

Javob: Boston.
Izoh: U- choyxo’rlik edi. Boston choyxo’rligi degan tushuncha mavjud.

7294. Bir necha yil oldin Romelu Lukaku haqida chiqqan postda futbolchi ulkan gavdasi, og’ir vazni bo’lishiga qaramay o’ta tez yugirishiga urg’u qaratilib, Lukaku Uni buzmoqda deb ta’rif berilgan. U ilk bor 1687-yil “Tabiiy falsafaning matematik asoslari” asarida yoritilgan.
Diqqat savol: Uni aniq yozib bering?

Javob: Nyutonning ikkinchi qonuni.
Qabul: Inertsiya qonuni.

7295. Xitoyda poraxo’rlik qattiq jazolanadi, katta amaldorlar hatto o’limga ham hukm qilinadi, ammo tarixdagi bu kasb egalarining olgan porasi oldida amaldorlar olgan pora hech narsa emas, u butun millat uchun falokatga sabab bo’lgan.
Diqqat savol: bu kasb egalarini toping?

Javob: Chegarachilar.
Izoh: Xitoylik chegarachilar tarixda Buyuk Xitoy Devorida mo’g’ullarga chegarani ochib berishgan

7296. Surxondaryoda joylashgan U haqidagi bir maqola nomi Janub Gavhari deb nomlangan. Uning nomi fors-tojik tilidagi “yumaloq tosh” so’zidan olingan.
Diqqat savol: Uni yozib bering?

Javob: Sangardak sharsharasi.
Izoh: “Sang”- tosh, ” gardak”- yumaloq degan ma’nolarni anglatadi

7297. Diqqat Savol: Bu studentlar nima maqsadda bu ko’rinishda turishibti?

Javob: jahon rekordini o’rnatish
Izoh: 1959 yil bir telefon butkasiga 25 ta student joylashib jahon rekordini o’rnatgan ekan.

7298. Anton Shiryaevning yozishicha, 70-yillarda ular xavfsizlikka unchalik ahamiyat berishmagan. Ehtimol, shuning uchun ko’plab Ular rok musiqachilaridan kam mashhur bo’lmagan va haqiqatan ham tez yashab, yosh vafot etishgan. Ularni mutlaqo aniqlikda ayting?
Javob: Formula 1 haydovchilari
Sharh: “Formula-1”ning ko‘plab haydovchilari beparvolik bilan ichishgan, chekishgan. Ehtimol, haqiqat past darajadagi xavfsizlik tufayli chavandozlar orasida o’lim darajasi yuqori bo’lgan.

7299. Bir necha yillar oldin A.Pugachyova Quddus shahrida noodatiy xaridni amalga oshirdi.
Bu odat qadimda qorayimlar qabilasida ham bo’lib, unashtirilgan yoshlar nikoh mustahkam bo’lsin deb bu ishni amalga oshirishgan.
Pugachyova hali o’z xarididan foydalanmaganini bilgan holda u nima xarid qilganini ayting?

Javob: Qabr o’rni

7300. Siz qarshingizda ko’p tugunli arqonni ko’rib turibsiz.
Diqqat, savol: Qadimgi Misrda arxitektorlar nima maqsadda bunday arqondan foydalanishgan?

Javob: Bunday arqonlar yordamida muhandislar tomonlari 3, 4, 5 bo’lgan uchburchak yasashgan. Bunday uchburchakda katta tomonining to’g’risidagi burchak – to’g’ri (90°) burchak bo’ladi. Shu tariqa qadimgi ehromlari va boshqa inshootlar geometrik jihatdan o’lchamlari yuqori aniqlikda aniqlanib qurilgan.