83-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

8201.

Bir necha yil oldin Angliyalik ixtirochilar yangi “koʻp qirrali” ajoyib funksiyalarni bajara oladigan koʻzlar uchun maxsus qurilma ixtiro qilishdi. Undan foydalanganizda yotgan planshetda oʻyin oʻynash, televizor koʻrish, kitob oʻqish kabi imkoniyatlarga egasiz. U qurilma tasvirni 90° gradusga oʻzgartirib koʻrsatadi. Unga 2 ta soʻzdan iborat nom jam berishdi. Savol: mantiqan menga aytingchi bu qurilma nima deb nomlangan?

Javob: “Prism Glasses” (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10691?comment=87876)
Savolga eʼtibor qilgan boʻlsangiz KOʻP QIRRALI soʻzi ishlatilgan alohida belgilangan holda keltirilgan. Inglizchadan PRISM-prizma, koʻp qirrali optika. GLASSES-koʻzlar(koʻzoynak) degan ma’noni beradi.

8202.

Nyu-Yorkda yashovchi Charles Steller kurortda dam oliyotganda shuni sezdiki, unga nimadir yetishmayapti. Uyga qaytib, u barcha xis-tuygularni tahlil qildi, oʻziga oʻxshab dam oliyotgan hamkasblaridan ham surishtirib bildi, shundan keyin u audiokassetalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Savol: u kassetalarda nima yozilgandi?

Javob: Katta shaharlarni avtomobil shovqinlari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10693?comment=87891)

8203.

Qadimdan Xitoyda hukmdor har yili oʻz xalqiga 2 dona guruch 1 piyola muqaddas suv 1 dona oltin tanga berarkan. 1 piyola suv xalqi uni yaxshi koʻrgani uchun 1 dona oltin unga ishonib shu yurtda yashayotganliklari uchun ekan. Savol 2 dona guruch nimaga?

Javob: Xudoga va hukmdorga sigʻinib duo qilgani uchun.

8204.

Suqrot shogirdlaridan biriga quyidagi gaplarni aytgandi: Meni shu darajaga yetishimda uning hissasi katta, uning menga koʻrsatgan yoʻlidan yurdim, aytganini qildim, unga buysundim va shu darajaga yerishdim. Diwqat savol: Suqrot nima haqida gapirmoqda?

Javob: Yurak amri (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10695?comment=87933)

8205.

Xitoyda choy, odatda, iliqroq, ya’ni qaynoq bo’lmagan holatda berilgan. Yevropada esa, aksincha, shakar tezroq erishi uchun choyni qaynoq holatda berish odat tusiga kirgan. Bu odat yangi ixtironing yaratilishiga sabab bo’lgan.
Savol: Bu ixtironi 2 so’z bilan ayting?

Javob: Dastali piyola(chashka) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10700?comment=87987)

8206.

De Stal xonimning fikrini eshiting: “Kimki tamaki cheksa cho’chqadek sasiydi,kimki tamaki hidlasa cho’chqadek ko’rinadi.Tamaki chaynaydigan odam esa………..”.
Nuqtalar o’rnin to’ldiring?

Javob: Cho’chqaning o’zi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10709?comment=88064)

8207.

Inson immuniteti inson hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Har xil kasalliklar odam immunitetini tushirib yuboradi. Biz sog’, immunitetimiz mustahkam bo’lishi uchun. Preparatlar qabul qilamiz, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanamiz. Lekin shunday tabiiy omil bor ekanki u odam immunitetini keskin pasaytirib yuborishi mumkin ekan. Hozirda bu omil ko’pincha 14-18 yoshli bolalarda ko’proq uchraydi.
DIQQAT SAVOL: Bu qaysi omil?

Javob: Yolgʻizlik (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10712?comment=88092)

8208.

Savol: “Kimki o’z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o’lsa uning barcha qilgan amallari bekor bo’lur” Baqara surasi 217 oyat.
DIQQAT SAVOL: Yuqorida keltirilgan jumlalar kimning qaysi asariga epigraf qilib olingan?

JAVOB: Said Ahmadning “Qorakoʻz Majnun” asariga (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10713?comment=88102)

8209.

Bu qamoqxona kattaligi jihatdan har qanday rekordlarni yangilashi mumkin. Bu qamoqxonada jinoyatchilarni boqishning ham hojati yoʻq ular oʻzlarini oʻzlari bemalol boqishadi.
DIQQAT SAVOL: Bu qamoqxona qayerda joylashgan va uning kattaligi qancha(oʻlchov soʻralgan masalan 100m.kv)?

JAVOB: Bu qamoqxona Avstraliyada boʻlib uning kattaligi 8mln.kv/km (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10714?comment=88128)

8210.

Pekinda hozirgi kunda ham ilgarigi imperator saroyi hovlisida 6×6 hajmdagi maxsus tuproq hovuz bor.
DIQQAT SAVOL: Yuqorida taʼriflangan tuproq hovuz ichidagi tuproqlar qayerdan keltirilgan?

JAVOB: Bu tuproq hovuz karta hisoblanadi va uning ichidagi tuproq Xitoyning barcha hududlaridan keltirilgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10715?comment=88142)

8211.

1979 yili bu sovrin angliyalikka nasib etadi. O’sha paytda bu sovrinni oradan 22 yil o’tib 1979 yilda tug’ilgan angliyalik qo’lga kiritishini hech kim o’ylamagan bo’lsa kerak. Bu sovrinni qo’lga kiritgan ikkinchi angliyalikni ayting?

Javob. M.Ouen (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10716?comment=88147).
1979 yili K.Kigan olgan “Oltin to’p”ni

8212.

Qish shamoli uvillar, uychaning ichi esa shinam va issiq ekan. Bu uychada gul yashirinib olgan edi. Albatta, u qor va tuproq ostida o’z ildizini yashirgan ekan. So’ng yomg’ir yog’ibdi. Tomchilar qor pardasini teshib, gul izdizlariga toma boshlabdi. Tomchilar yerdagi yorqin, nurga to’la hayot haqida hikoya qilishibdi, undan keyin esa muloyim va qat’iyatli quyosh nuri qor orasidan o’tib, ildizni ilita boshlabdi.
DIQQAT SAVOL: Yuqoridagi matn bilan boshlanuvchi taniqli ertak qaysi?

Javob: Hans Kristian Andersenning “Boychechak” ertagi edi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10717?comment=88160)

8213.

Ilk bora Kisra nomini olgan fors hukmdori kim?

Javob: No’shiravon (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10718?comment=88171)

8214.

Qizlar parhez qilganda, litrlab undan foydalanishadi. Biroq ortiqcha vazndan xalos qilishi bu ajoyib ichimlikning yagona ijobiy xususiyati emas. U sog‘liqqa juda foydali bo‘lib, undan ayrim kasallikning oldini olish va davolashda foydalaniladi. Gap nima haqida ekanligini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Koʻk choy (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10719?comment=88176)

8215.

Bunday elementlar 7 ta:
1-….
2-vanadiy
3-litiy
4-uglerod
5-kadmiy
6-kyuriy
7-mendeleeviy.
Mantiqni ishga solingda 1-o’rindagi elementni toping?

Javob: Yod (I) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10720?comment=88185)
Bular kimyoviy belgisi rim raqamlariga mos keladigan elementlar edi.
Masalan: I=1 V=5 LI=51 va hokazo.

8216.

Iskandarning oti Butsefal juda hurkovuch boʻlgan. Qariyb 4 ta chavandoz boʻysundurolmagach Iskandarning oʻzi uni boʻysundirgan. U otni chavandozlar haydagan tomonga emas qarama qarshi tomonga haydaydi.
DIQQAT SAVOL: Iskandar qaysi tomonga haydagan?

Javob: Quyoshga qaratib haydagan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10721?comment=88220)

8217.

Biz bilamizki koʻpchilik ofis eshiklari tashqari tomonga ochiladi. Lekin bundan farq qilgan holda xususiy uy egalari koʻchadan uyga kiradigan eshiklarini ichkariga ochiladigan qilib qoʻyishadi.
DIQQAT SAVOL: Uy egalari nima uchun eshiklarni ichkariga ochiladigan qilib qoʻyishadi?

Javob: Ehtiyotkorlik maqsadida shunday qilinadi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10722?comment=88226)
Izoh: Agar eshik ichkariga ochiladigan qilib qoʻyilsa eshikning oshiq moshigʻi ichkarida qoladi va oʻgʻrilar kesib olib ketolmaydilar.

8218.

1930 yillar oxirida Moskva yaqinidagi aerodromdan ko’tarilgan samolyotlar poligonga fugas bombalarini tashlay boshlashadi. Ma’lum bo’lishicha bu shunchaki harbiy mashq emas qandaydir qurilish parametrlarini aniqlash uchun o’tkazilgan ekan. Qanday qurilish parametrlari aniqlangan?

Javob: Metropoliten qurilishi parametri edi. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10723?comment=88245)

8219.

Kamerunning Yaund shahrida “Мсье Валери” ko’chasi bor. Bu ko’chaga nomi berilgan shaxsning kasbini ayting?

Javob: Futbol murabbiyi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10724?comment=88261). V.Nepomnyashiyning Kamerun futboliga xizmatlari uchun nomi berilgan

8220.

G’alabadan keyingi his tuyg’ularni ta’riflab bo’lmaydi. Buni boshdan kechirganlargina biladi. Lekin keraksiz g’alabalar ham bo’lar ekan. Keraksiz g’alabalardan keyin sizda faqat U qolar ekan. U ni toping?

Javob: Charchoq (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10725?comment=88276)

8221.

Pushkinning “Bogʻchasaroy fontani” poemasi gazetada nashr etilgach gazetada faqat poemaning o’zi emas, she’riyatga yevropacha munosabatning Rossiyaga kirib kelganligi ham muhokama qilinadi. Gap nima haqda ketmoqda?

Javob: Muallifga gonorar to’lash. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10727?comment=88301)

8222.

Birinchi go’zallik tanlovi biz o’ylagandek Amerikada emas XVI asr boshlarida Rossiyada bo’lib o’tgan ekan. 1500 ga yaqin qizlar qatnashgan bu tanlovni rus knyazi Vasiliy Ivanovich o’tkazgan. Nima maqsadda?

Javob: Uylanish maqsadida (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10728?comment=88309)

8223.

Insonning birinchi tishlari yaʼni sut tishlari nimadan chiqadi yaʼni rivojlanadi?

Javob: Ona suti bilan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10729?comment=88318)

8224.

Qadimgi Gretsiyada notiqlar sud yoki xalq yig’inlarida shamollab, tomog’i bo’g’lib qolsagina nutq so’zlashdan bosh tortishgan. Shunday holatlar ham bo’lganki, ba’zi notiqlar haqida “U kumush angina orttirib olgan”- deyishgan. Bu nimani bildirgan?

Javob: Pora olgan va sotilgan notiqlarni shunday atashgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10730?comment=88325)

8225.

Angliyada uylarning narxi 25% gacha oshishiga sababchi bo’ladigan bir narsa bor siz uni nimaligini toping?

Javob: Uylarning narxi oshishiga arvohlar sababchi boʻladi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10731?comment=88330)

8226.

Bir mashhurning aytishicha U ning kaliti bo’lmaydi, U ning eshiklari hamisha ochiq turadi. U ni toping?

Javob: Baxt (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10732?comment=88337)

8227.

Apachi, chux, komanch qabilalari navax qabilasiga nisbatan jangariroq bo’lgan deyishadi. Bunga sabab qo’shni qabilalar tilidagi apachi, chux, komanch, navax so’zlarining ma’nosi ekan.
DIQQAT SAVOL: Chux, Komanch, Apachi, Navax soʻzlari boshqa qabilalarda qanday maʼnoni anglatgan?

Javob: Navax-do’st, qolganlari dushman ma’nosida (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10734?comment=88362)

8228.

Dastlabki rus temir yo’llaridagi 3-klass vagonlari qattiq o’rindiqlar bilan jihozlangan va sostavning oldingi qismida bo’lgan. Bu vagonlardagi yo’lovchilar ko’pincha o’rindiqlar tagida ketishgan.
DIQQAT SAVOL: Ular nima sababdan bunday qilishgan?

Javob: Vagonlarning tomi bo’lmagan. Noqulay ob havoda shunday ketishgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10735?comment=88366)

8229.

Mashhur shaxmatchi Branshteynning aytishicha jahon chempioni bo’lish yaxshi. Lekin bu unvonni 3, 6 yoki 9 yil saqlab turasan, undan keyingi hayoting qo’rqinchlidir.
DIQQAT SAVOL: Shaxmatchi nimadan qoʻrqqan?

Javob: Eks-chempion deyishlaridan qoʻrqqan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10736?comment=88373)

8230.

Kashtado’zlarimizni aytishicha kashtalardagi anor-boylik va farzand, bodom-balo qazolardan asrash, olma-hayot va muhabbat, oftob-yorug’lik, xo’roz yengillik ramzidir.
Diqqat savol: Aytingchi kashtalardagi asalari va baliqning ramzi nima?

Javob: Asalari-mehnatsevarlik
Baliq-poklik ramzi hisoblanadi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10737?comment=88380)

8231.

1983 yili island olimlari Grimsvegn vulqoninig otilishini kuzatishadi. Bu ikki hafta davom etadi. Vulqondan 1,3 kub km miqdorda noodatiy narsa otiladi.
Diqqat savol: Vulqondan nima otilgan?

Javob; Muz otilgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10738?comment=88391)

8232.

Mutaxasislar fikriga ko’ra agar odam uxlashdan oldin uni iste’mol qilsa u ko’proq tiniqroq va qiziqarli tushlar ko’radi
Diqqat savol: U nima?

Javob: Olma sharbati (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10739?comment=88424)

8233.

Bu talab hamma turdagi kurashchilar, vaterpolchilar, basketbolchilar, ganbolchilar uchun majburiy. Savol: bu talab sigir sogʼuvchilarga qanday aloqasi bor?
Qanday talab haqida gap boryapti?

Javob: Tirnoq oʻstirmaslik kerak. Tirnoqi yoʻq boʻlishi kerak
Sigir sogʻganda sigir yelimini tirnamasligi uchun (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10741?comment=88442)

8234.

Bu so’z aslida yomon so’z emas. Uni sertakalluf kishilar ko’p ishlatishadi. Dunyoning boy tadbirkorlari esa hamkorlar bilan uchrashuvlarda bu so’zni bir yoki ikki martadan ortiq ishlatmaslikni maslahat berishadi. Bu so’zni ko’p ishlatish kishini yordamga muhtoj, o’ziga ishonmaydigan qilib ko’rsatar ekan.
Diqqat savol: Bu qaysi soʻz?

Javob: Rahmat soʻzi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10742?comment=88458)

8235.

U insonni Polvonniyoz va Niyozmuhammad ismlari bilan ham chaqirishgan u qaysi buyuk inson?

Javob: Komil Xorazmiy (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10751?comment=88521)

8236.

Biz uni sabzavot deymiz lekin uni Yevropada 1991-yildan boshlab sabzavot emas meva deb atab boshlashgan.
Savol: U qaysi sabzavot?

Javob: Sabzi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10752?comment=88535)

8237.

Britaniya kemasida kun tartibida albatta an’anaviy choy bo‘lgan. Charliz Dekkensni aytishicha sayohatga chiqishdan oldin kemaga albatta ularni yuklashar ekan
Savol: ular ni toping?

Javob: Sigir (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10753?comment=88556)
Izoh: an’anaviy ingliz choyida albatta sut bo‘larkan. Yangi aynimagan sutni olish uchun albatta sigir kerak.

8238.

Ushbu savol sizlarga notanish boʻlmagan Shum bola filmidan. Oramizda deyarli hamma bu filmni sevib tomosha qilgan. Va hattoki 3-4 marta tomosha qilgan boʻlsangiz ham kerak.
Savol quyidagicha: Shum bola filmi dastlab qanday kadr bilan boshlanadi?

Javob: Qoravoy xo’rozni dumini kesgani uchun arz qilib bitta odam kelishi bilan kino boshlanadi (https://t.me/Eski_Savollar/88565)

8239.

Diqqat savol! Odatda koʻp mamlakatlarda kelin toʻy kuni
Gul otish marosimini oʻtkazadi, yaʼni kelin gul otgan payti kelin oʻrtogʻlaridan kim birinchi ilib olsa oʻsha qizni birinchi toʻyi boʻlarkan. Diqqat qilamiz bilimdonlar Gretsiyada esa ummuman boshqacha ekan.
Bu marosim gul bilan emas oyoq keyim bilan boʻgʻliq ekan, yaʼni kelinni oyoq keyimi bilan bogʻliq.
Demak birinchi boʻlib qaysi qiz toʻy boʻlishini qayerdan bilishgan?

Javob: Kelin to’y boshlanishidan oldin oyoq kiyimining tagiga dugonalarining ismlarini yozadi.Bittasini chap oyoq kiyimiga,bittasini o’nggiga va to’y tugagandan keyin oyoq kiyimlarning qaysi biridagi ism ko’proq o’chgan yoki umuman o’chib ketgan bo’lsa shu qizning to’yi birinchi bo’larkan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10755?comment=88591)

8240.

Dunyoda men bilgan ajoyib 6ta kasb Bor:
Futbolchi – oʻzi tepib
oʻzi quvlaydi
Oʻqituvchi – Oʻzi bilganini
o‘quvchidan soʻraydi
Sartarosh- Oʻzi hammani
sochini oladiyu
oʻzini sochini birovga oldiradi
Avtobuschi- hammani manziliga
oborib qoʻyib
oʻzi uyiga piyoda ketadi.
U- oʻzi yoʻqotmagan
narsani oʻzi izlaydi
Savol: U ning oʻrnida qanday
kasb boʻlishi kerek edi?

Javob: Arxeologlar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10757?comment=88602)

8241

8242

8243

8244

8245

8246

8247

8248

8249

8250

8251

8252

8253

8254

8255

8256

8257

8258

8259

8260

8261

8262

8263

8264

8265

8266

8267

8268

8269

8270

8271

8272

8273

8274

8275

8276

8277

8278

8279

8280

8281

8282

8283

8284

8285

8286

8287

8288

8289

8290

8291

8292

8293

8294

8295

8296

8297

8298

8299

8300