So’g’d va uning poytaxti Samarqand
Antik mualliflari tomonidan tasvirlangan voqealarda So’g’d poytaxti Marokanda nomi ham tilga olingan bo’lib; bu voqealar miloddan avvalgi IV asrning so’nggi uchinchi davriga – makedoniyalik Iskandar qo’shinlari O’rta Osiyoga bostirib kirgan vaqt (miloddan avvalgi 329-327 yillarga)ga to’g’ri keladi. Uning O’rta Osiyoga qilgan yurihi tarixi Arrian (milodiy II asr) va rimlik yozuvchi Kvint Kurtsiy Ruf (I asr) bayonnomalari orqali yetib kelgan.
Manbalarga ko’ra, Iskandar Kaspiy darvozasiga yetib kelganida Doro III tarafdorlari lagerida Baqtriya satrapi va Doroning qarindoshi Bess boshchiligida isyon ko’tarilganligi haqida xabar oladi. Isyonchilar Doroni tutib taxtdan ag’daradi va o’ldiradi. Ahomaniylar armiyasining katta qismi, shu jumladan, baqtriyaliklar, saklar va so’g’diylay ham Bess tomoniga o’tadi. O’rta Osiyoliklar Ahomaniylar qo’shinlarining ancha qismini tashkil etib, ular miloddan avvalgi V asrda bo’lgan Grek-Eron urushlarida, so’ngra esa Iskandarga qarshi olib borilgan harbiy harakatlarda aktiv qatnashganlar.
Miloddan avvalgi IV asrning so’nggi choragida Ahomaniylar hokimiyatining sharqiy viloyatlarida, shu jumladan, Baqtriya va So’g’dda Eron ma’muriyati atigi satrap va uning atrofidagi kishilardan iborat bo’lgan. Grek-makedoniyaliklar bostirib kirgan yillarda Baqtriya hokimi bevosita Bessg bo’ysungan va shundan oldingi davrlarda Ahomaniylarning markaziy ma’muriyati, shuningdek, baqtriyalik noib bilan ham tez-tez janjal qilib turgan mahalliy oqsuyaklar bundan asosiy rol o’ynagan bo’lsa kerak.
Eramizdan avvalgi IV asrdayoq So’g’diyona sun’iy sug’orishga va yirik daryolarning, avvalo, Zarafshonning suvidan foydalanishga asoslangan, rivoj topgan dehqonchilik mamlakati edi. Arxeologik ma’lumotlar bu yerda hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilikning yuksk darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda O’rta Osiyo uchun xarakterli bo’lgan mehnat taqsimoti o’troq dehqonchilik va ko’chmanchi chorvachilikning mavjud bo’lishi va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan milodiy V-IV asrlarda tovar tusini olib, savdo-sotiqni rivojlantirishga yordam berdi. Iskandar yurishlarini yoritgan tarixchilarning ma’lumotlariga ko’ra, miloddan avvalgi IV asrda So’g’d qishloqlari, odatda, daryolar bo’yidagi vodiylarda, tekisliklarda joylashgan hamda paxsa devorlar bilan o’rab olingan mustahkam qishloq va qo’rg’onlardan iborat edi. To’g’li joylardagi qishloq va qo’rg’onlarda esa murakkab harbiy istehkomlr mavjud edi. Ma’lum yozma manbalar va arxeologik ma’lumotlarga k’’ra, So’g’dning yirik qishloqlari orasida devor bilan o’rab olingan va juda katta qal’asi bo’lgan poytaxt – Marokanda shubhasiz birinchi o’rinni egallar edi.
Grek-makedoniyaliklr So’g’dga kelib, bu yerga ulardan ancha keyin kelgan va o’lkaning unumdorligi, boyligiga qoyil qolgan Istarxi tasvirlagn mamlakatni ko’rgan edi: “Biron tepalikka chiqib, atrofga nazar tashlaydigan bo’lsangiz, Samarqand So’g’dida, shuningdek, Samarqandning o’zida ham nigohingiz ko’kalamzorga va yoqimli joylarga tushadi, uning yaqinida daraxtsiz tog’lar va changi chiqib yotgan dashtlar yo’q… Samarqand So’g’di biz tilga olib o’tgan uchta joy orasida eng go’zaldir, chunki u Buxoro chegarasiga qadar So’g’d daryosi bo’ylab o’ng va chap tomondan uzilmay davom etib keladi, uning kattaligi shunchaki, ko’kalamzor va bog’lar orasidan sakkiz kun yurasan. Bu doimo suv oqib turadigan kanallar bilan o’rab olingan yaxlit bog’lardir, o’tloqlar va dalalar o’rtasida esa hovuzlar bor. Daryoning har ikki yoqasi ko’m-ko’k daraxtlar va ekinzorlar bilan qoplangan. Yashil daraxtlar ekinlarni himoya qiladi, ekinzorlardan keyin esa chorva mollar uchun yaylovlar yastangan. Bu yerdgi har bir shahar va qishloqda qo’rg’on bo’lib, u ko’kalamzorlar orasida bamisoli suv o’zanlari bilan to’qilgan va qasrlarning jilvasi bilan bezatilgan yashil parcha libosdek yarqirab turadi. So’g’d olloh mamlakatlarining eng unumdor yeridir, unda eng yaxshi daraxtlar va mevalar, odamlar yashaydigan hamma joyda bog’lar, hovuzlar va oqar suvlar bor; oqar suvli arig’i bo’lmagan ko’cha yoki uy kamdan-kam uchraydi”.
Qadimiy So’g’dning, antik manbalarida aytilishicha esa, So’g’diyonaning chegarasi janubda Amudaryoga, shimolda esa Sirdaryoning yuqori oqimigacha borardi. Strabon “Geografiya”sida So’g’diyonaning chegaralari ana shunday ko’rsatilgan bo’lib, uni ishonchli ma’lumotlar deb hisoblash mumkin. Geograf Klavdiy Ptolemeyning Marin Tirskiyning (milodiy II asr boshlari) bizga yetib kelmagan asariga asoslanib yozgan kitobida So’g’diyonaning batafsil tavsifi mavjud. Ptolemey o’z asarida So’g’diyonaning janubiy chegarasi qisman Oks (Amudaryo) bo’ylab o’tadi, qisman esa “Hind tog’lari deb nomlangan Kavkaz tog’lari yaqinidan” (bunda Paropamis, ya’ni Hindiqush tog’larining davomi nazarda tutiladi) o’tadi. Bu joy Oks boshlanadigan joylardan koordinalati 125o va 38o gradus 301 bo’lgan nuqtalargacha boradi. Ptolemeyning fikricha, g’arbda So’g’diyona Oks orqali Marg’iyonadan ajralib turgan. Shimolda “Oks tog’lari” va “Skifiyadan” ajratib turgan, sharqda Yaksart (Sirdaryo) va Komed tog’lari So’g’diyona bilan saklar o’rtasidagi chegara bo’lgan.
Strabon singari Ptolemey ham Amudaryoni So’g’diyonaning janubiy chegarasi deb hisoblagan. Bunda u Baqtriyaning (ilk o’rta asr manbalarida Tohariston deb ataladi) o’ng qirg’oq rayonlarini So’g’diyona sostaviga qo’shgan.
Shunday qilib, qadimiy So’g’d o’rta asrlardagi tarixiy-geografik manbalarda ko’rsatilganidan ko’ra ancha keng territoriyani egallab turgan. Chunki o’rta asr manbalarida So’g’d degan avvalo Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari tushunilgan.
Ahomaniylar yozuviga va antik mualliflarning ma’lumotiga ko’ra, miloddan avvalgi VI asr oxiri va V asr boshlarida So’g’d Kir davrida bo’lmasa ham, biroq Doro I davrida ayrim hokimlik bo’lgan bo’ls kerak. Geradot bayonicha, Ahomaniylar davlatiga kiradigan okruglarning ro’yxatida So’g’d Parfiya, Xorazm va Arey (hozirgi Hirot viloyati) bilan birga XVI okrug tarkibida ko’rsatiladi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu ro’yxat Kserks (486-465 yillar) va, ayniqsa, Artakserk I (465-423 yillar) hukmronlik qilgan davrda Ahomaniylar podsholigining siyosiy-ma’muriy bo’linishi, hatto undan oldingi vaqtdagi bo’linishni ham aks ettirsa kerak. Arrian, Kurtsiy va Ruf “Iskandar yo’lchisi” ma’lumotlaridan ravshan ko’rinib turganidek, miloddan avvalgi VI asrda, Doro III davrida so’g’dlar ham Ahomaniylar qo’l ostida bo’lgan Hindistonning bir qismi aholisi va “Baqtriyaning boshqa qo’shnilari” singari Bess boshchilik qilgan Baqtriya hokimligiga kirgan. Bess Gavgameladagi jangda baqtriyaliklar, so’g’dlar va hindlarga (hindlar deganda bu o’rinda Hindistonning shimoliy chegaralarida yashagan qabilalarni tushunmoq kerak) qo’mondonlik qilgan.
Ahomaniylar uchun halokatli bo’lgan Gavgamela jangida Eron armiyasi tasvirlanayotganda tilga olingan xalqlar va qabilalar bir yildan so’ng Iskandarga qarshi uzoq davom etgan kurashga otlandilar. Gavgamela jangida ham, undan ancha oldin-miloddan avvalgi V asrdagi grek-eron urushlari davrida ham Sharqiy Eron va O’rta Osiyo xalqlari og’ir soliqlar solgan va ular hokimiyatiga juda ko’p majburiyatlar yuklagan (imtiyozli forslargina bundan mustasno) Ahomaniy sulolasini himoya qilishga majbur edi.
Gerodotning ma’lumotlariga ko’ra, Ahomaniylar shohlariga Baqtriya 360 talant, Parfiya, Xorazm, So’g’d va Ariya 300 talant, saklar va kaspiyliklar 250 talant to’laganlar. Shunday qilib, O’rta Osiyodagi uch hokimlik Ahomaniylarga har yili 910 talant kumush to’lab turgan. Bu esa “shohlar shohi” davlatining eng boy hokimligi bo’lgan Vaviloniya va Assuriya to’laydigan kumushdan salgina kame di. Natura holida to’laydigan majburiyatlar, shu jumladan “shohlar shohi”ga (aftidan, satraplarga ham) ixtiyoriy ravishda mahsulot va sharob tortiq qilish deb nomlangan majburiyatlar nihoyat darajada og’ir bo’lgan. Bu haqda Tavrot va antik manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. Gerodot O’rta Osiyoda qo’shimcha soliqning yana bir turi – suv uchun soliq to’laganligi: suv omborining to’g’onlarini ochganligi uchun eron shohining “odatdagi o’lponlardan tashqari ko’plab pul olganligi” to’g’risida hikoya qildi.
Doro I ning qurilayotgan inshootlarga yozib qoldirgan xatlari va Persepoldan topilgan elam hujjatlri so’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va davlatning sharqiy viloyatlaridagi boshqa xalqlar g’oyat og’ir kun kechirganliklaridan dalolat beradi.
O’rta Osiyo xalqlari Ahomaniylar davlatini qashshoq holga keltirgan Kserksning Gretsiyaga qilgan yurishlarida qatnashihga majbur bo’lganlar. Saklarning piyoda askarlari Fermopiladagi janglar tasvirlanganda tilga olinadi, Plateyada bo’lgan jangda baqtriyaliklar bilan saklar qatnashadi. Esxil Salamindagi (miloddan avvalgi 480 yil) jangd halok bo’lgan baqtriyaliklar to’g’risida yozib, “Baqtriya xalqi butunlay halok bo’ldi”, degan.
Zarafshon vodiysining g’arbiy qismida qishloqlar juda erta vujudga kelgan, lekin bu yerda Ahomaniylar davrida shahar markazlarining bo’lganligi to’g’risida ishonarli ma’lumotlar yo’q. Miloddan avvalgi IV asrning so’nggi choragida makedoniyalik Iskandar So’g’dga yurish qilgan vaqtda Zarafshonning quyi oqimida shahar bo’lganligi haqida ham yozma manbalarda bevosita ko’rsatma yo’q. Ptolemey o’z “Geografiya”sida ko’rsatib o’tgan Tribaktrani ba’zan tadqiqotchilar Buxoro shahrining nomi deb hisoblaydilar. Lekin boshqa manbalarda bu nom uchramaydi va keyingi toponomikada bu sohada hech qanday ma’lumot saqlanmagan.
Kvint Kurtsiya Ruf tomonidan miloddan oldingi 329 yilda So’g’diyona territoriyasidagi bo’lgan urush harakatlari to’g’risidagi hikoyasida tilga olingan Baqtriy shahri va Spitamenning go’yo So’g’d poytaxti Marokandadan shu yerga chekinganligini ba’zi tadqiqotchilar Buxoro o’rnida eramizdan avvalgi IV asrdayoq shahar tipidagi markaz bo’lganligidan dalolat beradi deydilar. Biroq bu fikr boshqa manbalar bilan taqqoslab ko’rilganda, Kvint Kurtsiya bunda Baktra nomini noto’g’ri qo’llaganligi ma’lum bo’ladi.
So’g’dlar o’z mamlakatini qadim zamonlarda So’g’d deb ataganlar, ancha so’nggi vaqtlardagi fonetik variantlari esa Sg’ud va Sug’uddir. Sifat ma’nosini bildirgan so’g’diki, so’g’dlik ularda sug’dik yoki sg’uduk shaklida qo’llangan; qadimgi prototipga o’xshash bo’lgn so’g’diya-so’g’dlik so’zlari so’g’dikana, so’g’diyona, so’g’de va sudik variantlari ham ana shu ma’noda ma’lumdir.
Viloyat poytaxti Samarqand to’g’risida zoroastrizmda keltirilgan rivoyatlarda shaharning paydo bo’lishi epik qahramonlar, Qayqubadaning o’g’li Kaykovus va Siyovus nomlari bilan bog’lanadi.
Zarafshon vodiysining hozirgi toponimikasida o’lkaning qadimgi talaffuzi kamdan-kam nomlarda saqlangan-So’g’du Yagnob daryosi vodiysidagi nom va ehtimol So’g’ut (yoki “So’gut”) so’zi Samarqanddan 75 km narida joylashgan qishloqning nomidir. Shunday qilib, qadim zamonlarda Amudaryodan Sirdaryoga qadar bo’lgan territoriyada qo’llanilgan So’g’d nomining mohiyati bir necha bor o’zgargan. Amudaryo miloddan avvalgi II asr o’rtalarigacha – Grek-Baqtriya podsholigining qulashiga qadar So’g’diyonaning janubiy chegarasi deb hisoblab kelingan. Baqtriyaning sak-toxar qabilalari tomonidan bosib olinishi va shu qabilalarning Amudaryodan shimol va janubroqdagi rayonlarda o’troq bo’lib qolishi tufayli Toxariston viloyati vujudga keladi (bu nom milodiy IV asrdan boshlab manbalarda qayd etiladi). Qadim zamonlarda Baktra deb atalgan Balx ana shu viloyatning markzi bo’lib qoladi. “Temir darvoza”dan tortib, qisman so’g’dlar joylashgan Bamianga qadar bo’lgan territoriya shu viloyat tarkibig kiradi. Biroq grek-makedon istilochilari o’lkani vayron qilganliklari sababli miloddan oldingi IV asrning oxiridayoq bir qism so’g’dlar Zarafshon va Qashqadaryo vodiylaridan shimol va sharqqa tomon ko’chgan va bu ko’chish ming yildan ko’proq vaqt davom etgan bo’lsa kerak. Qadimiy so’g’d territoriyasidan tashqari so’g’dlarning juda ko’p qishloqlari vujudga kelgan. Ana shu tariqa Yettisuvda so’g’diy aholi yashagan butun bir viloyat So’g’dok tashkil topgan. Lekin Zarafshon vodiysida So’g’d nomi ancha tor ma’noda qo’llanib, faqat Samarqand so’g’digagina, keyinchalik esa uning ayrim volostlarigagina taalluqli bo’lib qoladi.