Bilvosita (ko’ndalang) armatura

Bilvosita (ko’ndalang) armatura – siqilgan temir-beton konstruktsiyalar yoki ular qismlarining yuk ko’tarish xususiyatini va beton ko’ndalang deformatsiyasining toraytiruvchi rivojlanishini oshirishga mo’ljallangan armatura. Ko’ndalang armatura sifatida spiralli o’rama, halqa, xomut, po’lat plastina, quvurli armatura yoki ko’ndalang to’rlar qo’llaniladi.