Datchik

Datchik – bir yoki bir nechta asosiy o’lchash o’zgartirgichlarini o’z ichiga olgan tizimli alohida ishlovchi qurilma. Datchik uzatish, keyin o’zgartirish, qayta ishlash va saqlash uchun qulay bo’lgan, ammo kuzatuvchi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri idrok eta olmaydigan shaklda o’lchov ma’lumotlari signalini yaratish uchun mo’ljallangan. Masalan: vakuum datchigi, namlik datchigi, bosim datchigi, zo’riqish datchigi, qarshilik datchigi, harorat datchigi va hokazolar.