O’ZBEKISTON PEDAGOGIKA AKADEMIYASI
O’ZBEKISTON PEDAGOGIKA AKADEMIYASI — ishchilar ftlari, texnikumlar uchun umumiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlar tayyorlagan oliy o’quv yurti. 1929/30 o’quv yili Samarqanddagi O’zbekiston oliy pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari va oliy maktablar uchun kadrlar tayyorlashni rivojlantirish maqsadida 1931 yil yanvarda akademiya huzurida aspirantura ochilgan. 1933 yil 173 o’qituvchi, jumladan, 15 professor, 40 dotsent, 70 assistent ishlagan. Bular orasida .L.Vyatkin, P. Soliyev, Fitrat, Otajon Hoshim kabi mashhur professorlar bo’lgan. I.M.Mo’minov, A.M. Bahovuddinov, S. Umarov, A. To’laganov kabi olimlar, Oydin, Amin Umariy, Uyg’un, Hamid Olimjon kabi yozuvchilar shu akademiyada ta’lim olgan. O’zbekiston pedagogika akademiyasi asosida 1933 yil O’zbekiston davlat universiteti (O’zDU) tashkil etildi.