BANYA-LUKA
BANYA-LUKA — Bosniya va Gersegovinadagi shahar, Vrbas daryosi bo’yida. Aholisi 195 ming kishi (1991). Mashinasozlik (jumladan elektrotexnika, radioelektronika), kimyo, yog’ochsozlik, kun poyabzal, oziq-ovqat (jumladan tamaki) sanoati korxonalari bor. Banya-Luka shahri yaqinida oltingugurtli shifobaxsh issiq buloqlar mavjud. Shahar 1969 yilda zilziladan zarar ko’rgan, keyinroq qayta tiklangan.