BAR

BAR (Yunoncha baros — og’irlik) — bosimning MKS birliklar tizimidan tashqari birligi. 1 bar = 105 Pa = 0,986923 ATM. Meteorologiyada — atmosfera bosimini o’lchash uchun millibar (mbar) birligi ishlatiladi. 1 mbar = 100 Pa=1 g Pa.

BAR (inglizhc bar — to’siq) — dengizning qirg’oqqa yaqin qismida unga parallel cho’zilgan, qum yoki chig’anoqlar to’plamidan hosil bo’lgan kambar to’siq, quruqlik. To’lqin keltirmalaridan hosil bo’ladi. Ba’zan yuzlab kilometrga cho’ziladi. Bar ko’pincha egik marza shaklida bo’lib, qavariq qismi dengiz yoki qirg’oq tomonga qaragan bo’ladi. Dengizning chekka qismini ajratib qo’yib, qo’ltiq va ko’llar hosil qiladi. Daryolar quyiladigan joydagi suv osti qum to’sig’i ham Bar deyiladi.

BAR (inglizcha bar) — 1) xo’randalar tik turib ovqatlanadigan kichik restoran; 2) vino va boshqa ichimliklar saqlanadigan kichik bufet (yoki servant, shkafning bir bo’limi).