BARATOV RAUF BARATOVICH

BARATOV RAUF BARATOVICH (1921.10.10, Konibodom, Tojikiston) — tojik geologi, Tojikiston Fanlar Akademiyasi akadek (1968). Tojikistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1945). 1948 yildan Tojikiston Fanlar Akademiyasi Geologiya institutida ishlagan (1953 yildan institut direktori). Tojikiston Fanlar Akademiyasi Fizika-matematika, va geologiya kimyo fanlari bo’limining akademiya kotibi (1959-76), Tojikiston Fanlar Akademiyasi vitseprezidenti (1976 81). 1990-yillar oxirida Tojikiston Fanlar Akademiyasi Prezidenti maslahatchisi. Hisor tizmasining magmatik komplekslari va u bilan bog’liq rudalanishni tavsiflagan. Regional magmatik tuzilmalarning yoshi bo’yicha ketma-ket joylashganligi sxemasini ishlab chiqqan. Pomir va Hisor-olay magmatik formasiyalari petrologiyasi va geokimyosining asosiy xususiyatlarini, regiondagi endogen konlarining hudud bo’ylab joylashish qonuniyatini aniqlagan va metallogenik zonalarni ajratgan. Baratov nomiga baratovit minerali quyilgan (1975).