BARTOK
BARTOK (Bartok) Bela (1881.25.3, Nadsentmiklosh — 1945.26.9, NyuYork) — Venger kompozitori, pianinochi, etnomusiqashunos, pedagog. Bartokning “ko’k Soqol gersogning qasri” (1911) operasi va “yog’och Shahzoda” (1914— 16), “ajoyib mandarin” (1919) baletlari, raqs kuylari, simfonik asarlari, kontsert, kvartet, sonatalari, fortepiano uchun 85 pyesadan iborat “Bolalarga”, 153 pyesadan iborat “mikrokosmos” to’plamlari mashhur. Bartok ijodida ko’p yillar davomida turli mamlakatlar (Vengriya, Ukraina, Ruminiya, Turkiya va boshqalar) da o’zi yozib olgan (jami 11 mingdan ziyod) Venger dehqonlari folo’slori, rumin, slovak, arab, turk, ukrain va boshqa xalqlar kuylarini qiyosan o’rgangan va qiyosiy musiqa folklorshunosligiga asos solgan.