BASILLALAR
BASILLALAR (lotincha bacillum — tayoqcha) — sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon bakteriyalar. Oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Basillalar saprofitlar (kasallik tarqatmaydigan, zararsiz) va patogen mikroblar (kasallik tarqatuvchilar) deb ikki guruhga bo’linadi. Saprofitlar tabiatda ko’p uchraydi. Patogen Basillalarga kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblar kiradi. Basillalar organik moddalarni mineral moddalarga aylantirishda qatnashadi. Ayniqsa pektinlar hosil bo’lishida ularning ahamiyati katta.