BASHAROV QUTLUG’

BASHAROV QUTLUG’ (1925.31.12, hozirgi Olmaota viloyati Malaaksu qishlog’i) — grafik rassom, O’zbekiston xalq rassomi (1975). O’zbekiston Badiiy Akademiyasi faxriy a’zosi (1997). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida ta’lim olgan (1952 — 56), Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1982). Asosan linogravyura, litografiya, akvarel usulida ishlangan dastgoh va kitob grafikasi asarlari bilan tanilgan. Basharov asarlarida bezatilayotgan asar, badiiy asar xarakternoy ochib berishga intiladi, obrazlar ruhiyatini chuqur yuritadi. Dastgoh grafikasiga mansub triptixlari, avtolitografiya turkumlari flomaster bilan qog’ozga ishlagan “O’zbekiston musiqasi va raqslari” turkumi (1973), portretlar (“Alisher Navoiy”, 1968; “Abu Rayhon Beruniy”, 1972; “Akmal Ikromov” va boshqalar), rangli gravyura turkumlari (“Insonga tinchlik kerak”, 1983; “Sharq ayollari”, 1984) bor. Rangtasvirda ham samarali ijod qildi: “Navoiyning hayoti va ijodi (1995), Amir Temur 660 yilligiga moybuyoq asarlari turkumlari (“Amir Temur lashkarboshi”, “Amir Temur portreti” va boshqalar, 1996) va boshqalar. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). “El-yut hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1999).