BAYANDIYEV TESHABOY
BAYANDIYEV TESHABOY (1931.19.12, Toshkent) — teatrshunos olim. Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). San’atshunoslik fanlari doktori (1994). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1954). 1954— 59 yillar Qoraqalpog’iston davlat filarmoniyasida badiiy rahbar. 1968-74 yillar Toshkent davlat san’at institutida dotsent, fakultet dekani, o’quv ishlari bo’yicha prorektor (1974-85), 1992 yildan professor vazifasini bajaruvchi o’qituvchi. 1986-92 yillar O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi Tarix, til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi. Ilmiy faoliyati asosan qoraqalpoq va o’zbek teatri muammolariga bag’ishlangan. “Qoraqalpoq qizi”, “Nevara” nomli pyesalarning muallifi.