BAG’DOD TUMANI
BAG’DOD TUMANI — Farg’ona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Uchko’prik tumaniga qo’shib yuborildi. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzildi). Viloyatning Oltiariq, Rishton, Uchko’prik va Buvayda tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming kilometr kvadrat. Aholisi 140,8 ming kishi (2000). Bag’dod tumanida I shaharcha (Bag’dod) va 10 qishloq fuqarolari yigini (Amirobod, Do’rmoncha. Zafarobod, Paxtaobod, Samarqand, Ultarma, Matqulobod, Tinchlik, Chubalanchn, Qaroqchitol) bor. Markazi — Bag’dod shaharchasi. Tabiati. Bag’dod tumani hududi tekislikdan iborat. Janubi-g’arbida toshloqli dasht yerlar bor. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -3°, iyulniki 26°. Yiliga 180 — 220 millimetr yog’in tushadi. Tumandan Usmon Yusupov nomli katta Farg’ona kanali o’tadi. Tuprog’i asosan qo’ng’ir-bo’z tuproq, ayrim joylarda sho’r tuproq uchraydi. Sho’ra, shuvoq, yantoq, qamish, miya, oqbosh, yulg’un va boshqalar o’sadi. Bo’ri, tulki, quyon, yumronqoziq va boshqalar uchraydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar; ruslar, tatarlar va boshqalar ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o’rtacha 425 kishi to’g’ri keladi. Shaharliklar 13 ming kishi, qishloq axoliey 128,3 ming kishi (2000). Xo’jaligi. Qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoq— paxtachilik. Paxta tozalash zavodi, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mahalliy saioat kombinatlari, mebel va poyabzal fabrikalari. avtobaza bor. Xo’jaliklarda chorvachilik, bog’dorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shug’ullaniladi. Tumanda 1 qo’shma korxona, 134 kichik korxona va 1 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimi “Fayz-Yavar” mebel ishlab chiqarish O’zbek-Slovakiya qushma korxonasidir. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlar 18,1 ming gektar, ekinzorlar 17,9 ming gektar, shu jumladan 9 ming gektar yerga paxta, 0,2 ming gektar yerga sabzavot, 1 ming gektar yerga beda, 0,18 ming gektar yerga makkajo’xori, 0,09 ming gektar yerga sholi ekiladi. Bag’dod tumanida 11 jamoa xujaligi, 2 davlat xo’jaligi, xo’jaliklararo korxona, parrandachilik fabrikasi, 82 fermer xo’jaligi va boshqa xo’jaliklar bor (2000). Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 36,2 ming qoramol, 27 ming qo’y va echki, 79,7 ming parranda bor (2000). Tuman hududidan Marg’ilon — Qo’qon temir yo’l o’tgan. 1999-2000 o’quv yilida 55 umumiy ta’lim maktabi bo’lib, 30,6 ming o’quvchi, 1 gimnaziyada 100 o’quvchi, 1 litseyda 130 o’quvchi ta’lim oldi. Tumanning O’ltarma qishlogida O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutining Qo’qon tayanch punkti joylashgan. 48 ommaviy kutubxona, 17 klub, 12 madaniyat uyi, 2 muzey, 745 o’rinli 5 kasalxonp, 62 tibbiyot punkti bo’lib, ularda 192 vrach, 1092 o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1931 yildan “Bag’dod hayoti” tuman gazeta chiqadi (adadi 4000).