BAHOR KATARI

BAHOR KATARI — kon’yunktivitning o’ziga xos bir turi; bot-bot qo’ziydi va yillab davom etadi. Bahorda qo’ziganligi uchun “Bahor Katari” deb ataladi. Asosan 6 — 20 yoshdagi o’g’il bolalarda uchraydi. Bunda erta bahorda kuesh nuri, ko’kat va gullar hidi ta’sirida ikkala ko’z qizaradi, achishib qichishadi, qovoqlar qirrasi shishib, yuqori qovoq bir oz salqib turadi. Surunkali kechadi. Ko’proq allergiyaga sabab bo’ladi. Bahor katarini oldini olishda ko’zni kuchli yorug’lik va changdan ehtiyot qilish; ko’zning qichishishini yo’qotish uchun vrach buyurgan dorilarni qo’llash tavsiya etiladi.