BENZIN

BENZIN (Fransuzcha benzine) — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30-205° oralig’ida qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Muzlash temperaturasi — 60° , alangalanish temperaturasi 0° dan past, zichligi 680-780 kilogramm/metr kub. Havoda Benzin butlari kontsentrasiyasi 0,074—0,123 kilogramm/metr kubga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil bo’ladi. Benzin, asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yo’li bilan; ozroq toshko’mir va yonuvchi slaneslarni qayta ishlash yo’li bilan, shuningdek tabiiy va yo’lakay gazlardan olinadi. Benzin asosan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg’i sifatida ishlatiladi. Benzin erituvchi, yuvadigan suyuqlik sifatida va boshqa maqsadlar uchun qo’llaniladi. Yonilg’i sifatida ishlatiladigan Benzin avtomobil va aviatsiya benzinlariga bo’linadi. Benzinning eng muhim ekspluatatsion xossasi — detonatsion turg’unligi, ya’ni dvigatelda Benzin qisilgan vaqtda o’z o’zidan alangalanib ketishiga qarshilik qila olishidir. Benzinning antidetonasion xossalari oktan soni bilan, aviatsiya Benzinning shunday xossalari yana Benzin boy aralashmasining navliligi bilan baholanadi. Bir xil rejim va birday sharoitda (etalon yonilg’iga nisbatan) sinalganda dvigatelda detonatsiya boshlanish rejimida indikator bosimishshg kattaligini ko’rsatadigan son (foizlarda ifodalanadi) Benzinning navliligi deb ataladi. Benzinning oktan soni yoki navliligi qancha yuqori bo’lsa, antidstonasion xossalari o’shancha yaxshi bo’ladi. Benzin ana shu xossalarga asosan rusumlarga bo’lingan (aviatsiya Benzinning turg’unligini oshirish uchun unga tetraetil qo’rg’oshin qo’shiladi). Bunday (etillangan) Benzin zaharli, shuning uchun u bilan ishlaganda ehtiyoj bo’lish zarur. Etillangan Benzinni etillanmagan Benzindan ajratish uchun unga rang qo’shib qo’yiladi. O’zbekistonda 3 ta neftni qayta ishlash korxonasi (Farg’ona, Oltiariq va Buxoro) mavjud bo’lib, ular “O’zneftni qayta ishlash” aktsiyadorlik kompaniyasiga bo’ysunadi. Bu korxonalarda etillanmagan va etillangan A72 va A76, etillangan A92 va etillanmagan Li93 hamda Ai95 rusumidagi avtobenzinlar, shuningdek B92 rusumli aviatsiya benzini ishlab chiqariladi. Benzin inson organizmiga asosan o’pka or’t kirib, salbiy ta’sir etadi. Benzin bug’lidan bir yo’la zaharlangan kishining tishi og’riydi, tomog’ida noxush sezgi paydo bo’ladi, yo’tal tutadi, ko’z va burfch shilliq pardasi ta’sirlanadi, qattiq zaharlangan kishining boshi aylanadi, gandiraklaydi, tomir urishi siyraklashadi. Benzin dan surunkasiga zaxarlangan kishining boshi og’riydi. uyqusiz qoladi, injiq, tez charchaydigan bo’lib; (ladi, ozib ketadi, yurak sohasi og’riydi va hokazo. Benzin me’daga tushgan bo’lsa, o’simlik moyi (30-50 gramm) ichiriladi. Surunkasiga zaharlangan kishi organizmini mustahkamlash maqsadida umumiy davo qilinadi. Fizioterapiya buyuriladi. Benzin bilan ishlashdan vaqtincha chetlatlladi. Asab va endokrin bezlarning funktsional kasalliklari bo’lgam kishilar Benzin bilan ishlashga qo’yilmaydi. Ad.: Topliva, smazochnie materiali, texnicheskie jidkosti. Assortimenti i primenenie (Spravochnoe izdanie pod Red. V. I. Shkolnikova). M., 1989. Ehson Umarov.