BENZOY ALDEGID
BENZOY ALDEGID (benzaldegid), S6N5SNO — organik birikma, aromatik aldegidlarning dastlabki vakili. achchiq bolom hidi keladigan rangsiz moysimon suyuqlik; tabiatda achchiq bodom va shaftoli mag’zida amigdalin DSB ataluvchi glikozid holida uchraydi. Molekulyar modda 106,12; zichligi 1048 kilogramm/metr kub. Qaynash temperaturasi 179°; suvda oz (0,3%) eriydi, spirt, benzol va dietilefirda yaxshi eriydi. Benzil xlorid, fenol va boshqalar bilan azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Uzoq saqlansa sarg’ayadi. Havoda juda tez oksidlanib, benzoy kislota hosil qiladi. Aldegidlarga xos hamma reaktsiyalarga kirishadi. Fenol yoki aromatik aminlar bilan kondensatlanib, trifenilmetan hosilalarini beradi. Ishqor qo’shib qizdirilsa, benzil spirt va benzoy kislota aralashmasi, KCN ishtirokida kondensatsiyalansa, benzoin hosil bo’ladi. Benzoil xlorid nitrolanish, xlorlanish,sulfatlanish reaktsiyalariga kirishib, asosan, lizomer birikmalar hosil qiladi. Toluolni katalizatorlar ta’sirida oksidlash yo’li bilan olinadi Atir upa ishlab chiqarishda xushbo’y modda, oziq-ovqat essentsiyalarining komponenti sifatida hamda turli organik moddalar (xushbo’y birikmalar, benzoin, bo’yoqlar) ni sintez qilishda ishlatiladi.