Akt nimani anglatishini bilasizmi
Akt nimani anglatishini bilasizmi – (lotincha actus; actum – amal, harakat; hujjat, qaror) 1) Biron-bir sodir etilgan ish, xatti-harakat yoki bo’lib o’tgan voqea, hodisa. Terroristik akt. 2) Muassasa yoki ayrim shaxs (shaxslar)ga oid xatti-harakat (voqea, hodisa) yoki holatni tasdiqlash, guvohlik asosida qayd etuvchi, birdan ortiq kishi tomonidan tuzilgan hujjat; dalolatnoma. 3) huquqda. Yuridik ahamiyatga ega qaror yoki hujjat. Yerdan foydalanish haqidagi akt. 4) Dramatik asar yoki teatr tomoshasining tugallangan qismi; parda.


