Aloye, aloye nimani anglatishini bilasizmi

Aloye, aloye nimani anglatishini bilasizmi – loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub, bo’yi va vatanida 4 metrgacha yetadigan, doim yashil daraxtsimon o’simliklar. Vatani-Afrikaning janubi-sharqidagi yarim cho’l hisoblanadi. MDH da ikki turi: Aloe derovovidnoye (Aloe. arborescens Mill.)- daraxtsimon aloe va Aloe polosatoye (A. striatula Haw.) – yo’l-yo’l aloe Gruziya, Ukraina va Markaziy Osiyoda bir yillik o’simlik sifatida xonalarda o’stiriladi. Tibbiyotda aloe bargaining quritilgan shirasi – sabur preparatlari ishlatiladi. Barg va sabur tarkibida antratsep hosilalari, smolalar, efir moyi, achchiq moddalar bor. Saburning katta dozasi surgi dori sifatida, kichik dozasi ovqat hazm qilishni yaxshilash va ishtaha ochish maqsadida ichiladi. Biogen stimulatorlarga boy barglaridan suyuq ekstrakt (flakon va ampulalarda chiqariladi), liniment (emulsiya), shira, sharbat va tabletka tayyorlanadi. Suyuq ekstrakti va tabletkasi ko’z kasalliklarida hamda boshqa kasalliklarda (me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi, bronxial astma) qo’llaniladi. Aloe liniment va shirasi kuyganda, turli yaralarga, quruq va ho’l epidermitlarga, nur terapiya natijasida II-III darajali kuyganda ishlatiladi hamda shirasi gastrit, enterokolit va qabziyatda ichiladi.

Leave a Reply