Almashlab ekish nimani anglatishini bilasizmi

Almashlab ekish nimani anglatishini bilasizmi – qishloq xo’jalik ekinlarini dalalar va yillar bo’yicha ilmiy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini ta’minlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish – dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir. Ekinlarni tartibi bilan belgilangan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt almashlab ekish rotatsiyasi (tartibi) deyiladi; almashlab ekishga kiritilgan ekinlarning guruhi ro’yxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band bo’ladigan dalalarning bir-biriga nisbati almashlab ekish sxemasi deyiladi. Ekinlar kasalliklari, zararkundalariga qarshi kurashda, dalalarni begona o’t bosib ketishini bartaraf etishda almashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi.

Leave a Reply