Alp hedizarumi nimani anglatishini bilasizmi

Alp hedizarumi nimani anglatishini bilasizmi – (hedysarum alpinum) dukkakdoshlar (fabaceae) oilasiga mansub, bo’yi 50-100 smga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida ksantonglikozidimangiferin, flavonoidlar (giperazid va hokazolar), vitamin S va boshqa moddalar bor. Yer ustki qismidan dori preparat-alpizarin olinadi. U virusga qarshi ta’sirga ega bo’lib, kattalardagi uchuqlarni davolash uchun qo’llaniladi. Alpizarin preparatini hedizarumning boshqa turi (k jelteyushiy h flavesceces rgl el schmalh.) – sariqlanuvchi hedizarumning yer ustki qismidan olish mumkin. Lekin bu turning tabiiy miqdori kam bo’lib, G’arbiy Tyanshan va Pomir-Oloy tog’larida (O’zbekiston, Qozog’iston janubi va Tojikistonning g’arbiy-janubida) o’sadi.

Leave a Reply