Analogiya nimani anglatishini bilasizmi
Analogiya nimani anglatishini bilasizmi – (yunoncha analogia – muvofiqlik, aynanlik, o’xshashlik) 1. Narsa va hodisalarda biror xususiyatning o’xshashligi. 2. Xulosa chiqarish shakli bo’lib, bunda ikki narsa, hodisa o’rtasidagi biror jihatdan o’xshashlik asosida ularning o’xshashligi va boshqa jihatlari haqida xulosa chiqariladi. 3. Biror aniq harakat qonunda o’z aksini topmagan holda shunga o’xshash harakat (hodisa)ni ko’zda tutadigan huquqiy me’yorni mazkur harakatga tatbiq etish. 4. Til birliklarining o’zaro qandaydir munosabat ta’sirida vazifa yoki boshqa jihatdan o’xshashlik, bir xillik kasb etishi. Masalan, boq, qara obyektsiz fe’llarining mustqil va ko’makchi fe’l holida ko’p obyektli fe’liga vazifadosh ma’nodosh bo’lishi: o’qib ko’r – o’qib qara – o’qib boq.


