Amerika fitolakkasi nimani anglatishini bilasizmi

Amerika fitolakkasi nimani anglatishini bilasizmi – Fitolakkadoshlar oilasiga mansub, bo’yi 100-200 (300) santimetrga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Vatani Shimoliy Amerika. Kavkaz va Qrimda yo’l yoqalarida, uylar atrofida begona o’t sifatida uchraydi. Tibbiyotda bargi va ildizi ishlatiladi. Bargi tarkibida triterpene saponinlar, ildizida alkalodlar (fitolaksin), efir moyi va boshqa moddalar bor. Barg va ildizidan tayyorlangan tindirma (nastoykasi) radikulit, tonzillit, faringit, shamollash kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan dori preparatlar tarkibiga kiradi.