BERTELS YEVGENIY EDUARDOVICH
BERTELS YEVGENIY EDUARDOVICH [1890.13(25). 12, Peterburg1957.7.10, Moskva] — sharqshunos olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (1956). Turkmaniston Fanlar Akademiyasi (1951) faxriy a’zosi. O’zbekistonda (1944) va Tojikistonda (1946) xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor (1928), Filologiya fanlari doktori (1935). Peterburg universitetining huquqshunoslik (1914) va Sharq (1918) fakultetlarini tamomlagan. Fanlar Akademiyasi Osiyo muzeyi (keyinchalik Sharqshunoslik instituti) da (1918-42, 1946 yildan umrining oxirigacha), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida, ayni vaqtda O’rta Osiyo davlat universitetida (1942-46) ishlagan. Bertels Yaqin va O’rta Sharqxalqlari, ayniqsa turkiy xalqlar madaniyati, tili, adabiyoti, tarixiga oid nlmiy ishlar yaratgan. Sufnylik tariqati va adabiyotiga ayuhida e’tibor bergan. Mazkur sohalar bo’yicha matnshunoslik maktabi asoschilaridan biri. Firdavsiy (1935), Nizomiy (1940), Navoiy (1948), Jomiy (1949) ijodi haqida monografiyalar yaratgan. Nizomiyning “Iskandarnoma” asarining ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlagan (1948), Firdavsiy “Shohnoma”sining ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlashda rahbarlik qilgan. Fors, o’zbek, tojik, turkman adabiyotlari tarixidan ocherklar yozgan (1928-35). O’zbek yozuvchilari, jumladan Oybek va uning “Navoiy” romani haqida ilmiy tadqikrtlar olib borgan. As: Izbrannie Trudi 1t. 1-5], Moskva, 196086. Ad.: Bertels Yevgeniy Eduardovich (Bibliograficheskie ocherki o deyatelyax obshestvennix nauk O’zbekistana], |t. 1], T., 1976.