BESSEMER JARAYONI

BESSEMER JARAYONI, cho’yanni bessemerlash—yoqilg’i ishlatmay suyuq cho’yandan po’lat olish usuli. Ingliz ixtirochisi G. Bessemer taklif qilgan (1856). Kislota asosidagi o’tga chidamli g’ishtdan terilgan Konverter (Bessemer konverteri)da amalga oshiriladi. Konverterni gorizontal vaziyatga keltirib, unga suyuq cho’yan quyiladi, so’ngra ostidagi teshikdan havo haydalib, bosimi asta-sekin orttira boriladi. Konverter vertikal vaziyatga kelganda bosim 2-2,5 at ga yetkaziladi. Suyuq cho’yan qatlamidan havo o’tib, cho’yandagi qo’shimchalar (kremniy, marganes, uglerod) oksidlanadi va ancha issiqlik ajraladi, natijada metalldagi qo’shimchalar kamayadi va tra ko’tariladi. Konverterdagi metall temperaturasini va kimyoviy tarkibini o’zgartirib, reaktsiyalarni boshqarib turish mumkin. Bessemer jarayonida po’lat 3 bosqichda olinadi. Bessemer jarayoni 15-20 minut davom etadi. Maxsus ruda kerakligi, kislorod konverter jarayoni taraqqiy etishi bilan Bessemer jarayoni avvalgi amaliy ahamiyatini yo’qotgan.