BESTUJEV QORAMOL ZOTI

BESTUJEV QORAMOL ZOTI — go’shti va suti uchun boqiladigan zot. Vatani Rossiya. 18-asr oxiri— 19-asr boshlarida mahalliy sigir zotlarini shortgorn, golland, simmental va boshqa zotlar bilan chatishtirib yetishtirilgan (nomi zotdor mollar yetishtirish ishlariga asos solgan zavodchi Bestujev familiyasidan). Rangi targ’ilqizil, tanasi cho’zinchoq, suyaklari baquvvat. Boshida, ko’krak qafasida, qornida oq dog’lar uchraydi. Buqalarining tirik vazni 750-900 kilogramm, sigirlariniki 500-550 kilogramm, 3000— 3800, ba’zan 4500 kilogrammgacha sut beradi. Sutining yog’lilik darajasi 3,8—4,1%, eng yuqorisi 5,5%. Bestujev qoramol zoti tez yetiladi. So’yilganda go’sht chiqishi 60%. Bestujev qoramol zoti Rossiyaning Ulyanov, samara, Penza va boshqa viloyatlarida keng tarqalgan. O’zbekistonda faqat xususiy xo’jaliklarda uchraydi.