Arnasoy pasttekisligi haqida eshitganmisiz?
Arnasoy pasttekisligi haqida eshitganmisiz? – Mirzacho’lning shimoli-g’arbida, Qizilqum bilan tutashgan yeridagi pasttekislik. Toponim O’rta Osiyo va Qozog’istonda keng tarqalgan arna termini bilan bog’liqdir. Sanskrit tilida arnos (ar-suv) “suv oqimi” demakdir. Xorazmda bu so’z yordamida Qilichbouy arna, Otaliqarna, Taxtaarna kabi gidronimlar yasalgan. Dog’istondagi Arnabuloq, Arnagvay toponimlari ham shu so’z bilan aloqadordir.


