Badaxshon o’lkasi haqida eshitganmisiz?
Badaxshon o’lkasi haqida eshitganmisiz? – Amudaryoning yuqori oqimida joylashgan o’lka. Badaxshon Pomir tog’larining bir qismi bo’lib, ikki o’lkadan iborat: 1) G’arbiy Pomirni ishg’ol etgan Tog’li Badaxshon avtonom oblasti (Tojikiston SSR). 2. Shimoli-Sharqiy Afg’onistonni ishg’ol etgan Badaxshon. Toponimning Eron tillariga xos badash yoki badaxsh “yoqut, la’l” degan talqini keng tarqalgan. A.Vamberi paydash “oxiri yo’q, ya’ni o’tib bo’lmas” deb izohlaydi. Ayrim tadqiqotlarda Badaxshon forscha doroxshon “yaltiroq, chiroyli” so’zi bilan izohlanadi.


