Govxona qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Govxona qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblastining Bog’dod rayonida. Toponimni tojik tili asosida ikki qismga bo’lib izohlaydilar, ya’ni gov “sigir”, xona – “joy”. Bu toponimning tashqi ko’rinishi asosida vujudga kelgan “xalq etimologiyasi”dir. Aslida nomning birinchi qismi ob so’zining fonetik variantidir. Govxona “suv saqlagich yoki suv ombori” degan ma’noni bildiradi. Turkmanistonda bu termin xovdan shaklida qo’llaniladi. Qashqadaryo oblastidagi Govxona, Govxonsoy toponimlari ham shu so’z bilan aloqador.

Leave a Reply