Jaloyir qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Jaloyir qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Bunday qishloqlar Farg’ona, Surxondaryo, Toshkent oblastlarida bor. Jaloyir etnik nom bo’lib, ular yashagan qishloqlar shunday atalgan. Jaloyirlar turk-mo’g’ul qabilalarining aralashishi natijasida tashkil topgan qurama qabulalari uyushmasi. Jaloyirlar XII asrlarda Onon va Kerulin daryolari bo’ylarida o’rnashganlar. Jaloyirning katta bir gruppasi XIII-XIV asrlarda Ohangaron vodiysi va Xo’jandda yashagan. Ular Amir Temurga tobe bo’lgan. 1376 yili Temur hukmronligidan chiqish uchun ular qo’zg’olon ko’targan. Qo’zg’olon bostirilgach, ular turli tomonlarga tarqatib yuborilgan. Ularning bir qismi Ozarbayjon va Iroqqa ko’chib borib, o’z davlatini barpo etgan. Farg’onadagi jaloyichek toponimi ham shu etnonim bilan bog’liq.

Leave a Reply