Janikent qadimiy shahri haqida eshitganmisiz?
Janikent qadimiy shahri haqida eshitganmisiz? – Orol dengizining shimoli-sharqiy qirg’og’ida, hozirgi Kazalinsk shahri yaqinidadir. Shahar juda boy va qadimiy tarixga ega bo’lib, yozma manbalarda turli formalarda qayd etiladi. Shahar nomi arab manbalarida Qariyat ul-Hadisa (yangi shaharcha), Madinat ul-Jadida (yangi shahar), fors-tojik yodnomalarida Dehinav (yangi qishloq) shaklida tilga olinadi. Bu nomlar shaharning turkiy nomining aynan tarjimasidir. Shahar IX-XIII asr yodgorliklarida Yangikent nomi bilan mashhur. Janikent turkiy tillarga xos so’z bo’lib, “yangi shahar” degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, juz etnonimi “yuzta urug’ining birlashmasi” emas, balki “qabila yoki qabilaning tarmog’i”, ma’nosini bildiradi.



