Jumurtov tog’i haqida eshitganmisiz?

Jumurtov tog’i haqida eshitganmisiz? – QQASSRdagi tog’. Amudaryoning chap qirg’og’i bo’ylab shimoli-sharqiy yo’nalish bo’yicha joylashgan. Toponimning kelib chiqishi haqida har xil fikrlar bor. S.P.Tolstoy nomni qadimgi afsonaviy qahramon Jovmard, Govmard (ho’kiz odam) nomidan olingan deb hisoblaydi. Q.Abdimuratov bu nomni turkiy tillardagi Jumir, Yumir “yumaloq” so’zi bilan bog’laydi. Toponimning qadimgi Govmard, Jovmard nomi bilan atalishi ishonchli emas, chunki birinchidan Jumurtov strukturasiga ko’ra turkiy so’z. Ikkinchidan, Xorazmiylar davrida tog’ Chaqrayo’g’iz deb atalgan. Uchinchidan, katta geografik ob’yektlar (tog’, daryo, dengiz)ning nomi kishi nomi bilan atalishi toponimiyada uchramaydigan hodisa. Shunday ekan, nomning “yumaloq tog’” degan etimologiyasi haqiqatga yaqin. Amudaryo rayonidagi shahar posyolkasi tog’ nomi bilan atalgan.

Leave a Reply