Zarangori qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Zarangori qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining G’ijduvon rayonida. Toponimning birinchi qismi zar “tilla” so’zi bilan hech qanday aloqasi yo’q. Zar aslida old qo’shimchasi zirning o’zgargan formasidir. Zir “pastki, quyi” degan ma’noni bildirib, hozir ham O’rta Osiyo va Eron toponimiyasida ko’p ishlatiladi. Toponimning ikkinchi qismi angor – “poyasi o’rib olingan dala” demakdir. Zarangori “dala pastidagi, dala chetidagi qishloq” degan ma’noni anglatadi.

Leave a Reply