Malik qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Malik qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Sirdaryo oblastining Sirdaryo rayonida. Hozirgi o’zbek tilida Malik so’zi faqat kishi nomi bilan yuritiladi. Bu so’z arabcha bo’lib, “shoh, hukmdor” degan ma’noni bildirgan. Ammo toponim sifatida kishi nomi emas, balki “yer, joy” nomini bildiradi. Toponim qadimda mulk formasida qo’llanilgan bo’lishi mumkin, chunki mulk so’zning “yer, suv, vatan” ma’nolari bor. Toponim oldin “kimningdir mulki” sifatida vujudga kelib, yer egasining nomi unutilgan.

Leave a Reply