Marg’ilon shahri haqida eshitganmisiz?

Marg’ilon shahri haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblastida. Marg’ilon O’rta Osiyodagi qadimgi shaharlardan biri. Uning barpo bo’lgan vaqti aniq emas. X-XII asrlarda Marg’ilon yirik savdo markazi sifatida ma’lum bo’lgan. Toponim yozma manbalarda Marg’ilon, Marg’inot shaklida uchraydi. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Marg’ilon fors tilidagi Marg’ “o’tloq” so’zi bilan aloqdordir. J.Latipovning Marg’ilon toponimning kelib chiqishi haqidagi fikriga qaraganda u Margi etnoniim bilan aloqadordir. Haqiqatan ham toponimning qadimgi variantlaridagi on va ot qo’shimchalari ko’plik belgilari bo’lib, kishilar gruppasini anglatadi. Shunday ekan, toponim marg’lar degan ma’nodadir. Marg’i etnonimining etimologiyasi “o’tloq, o’rmoncha, yashil yer” kabi ma’nolarni bildiruvchi Marg’ so’zi bilan bog’liqdir. Marg’i “o’tloqda yashovchi, o’rmonda yashovchi yoki chorvador” degan ma’nodadir. Etnonimdagi –qo’shimchasi boshqa nomlarda ham uchraydi. Masalan, G’archi “tog’lik” (g’arch – tog’) Sahroyi “cho’ldagi kishi” kabi.

Leave a Reply