Saroy qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Saroy qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblastining Andijon rayonida. Saroy so’zini “uy, qasr” deb izohlaydilar. E.Murzayening fikricha, Baxchisaroy, Sarayevo, Sarayli kabi toponimlar shu ma’nodagi nomlardir. Ammo Saroy nomli etnonim ham bor. “Saroy ham 92 o’zbek qabilasining biridir. Saroy qabilasiga qarashli aholi asosan Samarqand, Qashqadaryo oblastlarida, shuningdek Jizzax va Andijonga yaqin joylarda uchraydi. Shunday ekan, Saroy (Andijon oblasti, Moskva rayonida), Saroy ko’l (QQASSR), Saroy qo’rg’on (Samarqand) kabi toponimlar shubhasiz, etnik nom asosida vujudga kelgan.

Leave a Reply