Toshkent shahri haqida eshitganmisiz?

Toshkent shahri haqida eshitganmisiz? – O’zbekiston SSRning poytaxti. O’rta Osiyoning yirik iqtisodiy va madaniy markazidir. Toshkent eng qadimgi shaharlardan biridir. Arxeologik tekshirishlarning xulosalariga ko’ra, bu yerda bir necha ming yil ilgari qishloq bo’lgan. Toponim yozma manbalarda bir necha variantda uchraydi. Arab avtorlari Shosh shaklida, sug’dlar choch va joj kabi formalarda tilga oladi. Toponimning eng ko’p tarqalgan etimologiyasi Toshkent – “tosh qal’a, tosh shahri”dir. Qadimgi yozma manbalar ham bu haqida dalolat beradi. Beruniy shunday yozadi: “Binkent – Shosh shaharlaridan, turkiycha Toshkent. Bu yunonlarning Burj ul-xijora qal’asidir. Tashkent – Tosh qal’a” demakdir. Mahmud Koshg’ariy ham toponimni “toshdan qurilgan shahar” deb izohlaydi. Grek avtorlari shahar nomini Lifivos Petros “Tosh qal’a” deb tilga oladilar. Ye.D.Polivanov “Toshkent – toziklar shahri, musulmonlar shahri yoki arablar shahri demakdir. Mahalliy xalq arablarni tozi, tozik deganlar” deb yozadi.

Leave a Reply