Sheroziy nimani anglatishini bilasizmi

Sheroziy nimani anglatishini bilasizmi – ko’k tusli qorako’l teri turi. 1-3 kunlik qorako’l qo’zilaridan olinadi. Uning gulini hosil qiluvchi ko’k, qora va oq rangli jun tolalarinign aralash o’sishi natijasida juda chiroyli tovlanadi. Tolalarning nisbati va uzunligiga qarab Sheroziy terining och Sheroziy (sutsimon va po’latrang), o’rta Sheroziy (havorang, kumushrang, marvaridrang, qo’rg’oshinrang), to’q Sheroziy (oqish rang, sadafrang) turlari bor. Sheroziy teri jingalaklari o’lchami bo’yicha mayda gulli (5 mm gacha), o’rta gulli (5-10 mm), katta gulli (10 mm va undan ortiq) terilarga bo’linadi. O’zbekistonda 10 dan ortiq ixtisoslashgan qorako’lchilik shirkat xo’jaliklarida ko’proq o’rta gulli Sheroziy teri beradigan qorako’l qo’ylari boqiladi.

Leave a Reply