O’simliklar hayotiga jiddiy xavf tug’diradigan hol degidratasiya — suvsirashdir. Shuning uchun ham o’simliklarning po’stloqdan boshqa barcha qismlari suv sarfini kamaytiradigan yog’och qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Tana, shoxchalar va shoxlarni suvsirashdan po’stloq himoya qiladi. Yaproqlarning tashqi yuzasi ko’pincha mum qatlami, o’ziga xos momiq bilan qoplangan bo’ladi. Mum qatlami, ayniqsa, yaproqlarini qishda ham to’kmaydigan nayzabargli hamda dafna daraxtlarida zich bo’ladi. Ko’pgina o’t-o’lanlar va bargli daraxtlarning suvsizlikdan unchalik himoyalanmagan yaproqlari ham bor. Shuning uchun qishda hamma narsa muzlab, qurib qolgach, bunday o’simliklar yoki daraxtlar ko’pchilik hollarda nobud bo’lishi ham mumkin. Daraxtlar nobud bo’lmaslik uchun sovuq tushishidan oldin yaproqlarini to’kadi va qishki uyquga ketadi. Natijada ularning energiya sarfi kamayadi va qishki sovuqlardan omon qoladi. Shuning uchun ham kuzda o’rmonlar arg’uvon, sariq va qizil ranglarga bo’yaladi. O’tlar ham kuzda quvrab qoladi, bahor kelishi bilan esa yer ostida sovuqdan omon qolgan ildizidan ko’karib chiqadi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
