BO’RSIQ QUMLARI
BO’RSIQ QUMLARI — Yevropa va Osiyoda, jumladan O’zbekistonda keng tarqalgan. Tog’, o’rmon, to’qay, cho’l va dashtlarda, hatto qishloq atrofidagi jarliklarda yashaydi. Uzunligi 0,9 metrcha, dumi 0,2 metrgacha. Shimol hududlarda qishda uyquga kiradi. Ko’p vaqtini to’mtoq va kuchli tirnoqlari bilan kovlangan inida o’tkazadi. Bo’rsiq hamma narsani eydi. Mayda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, umurtqalilar, qushlar va ularning tuxumi, shuningdek Makka jo’xori, meva, yong’oq, zamburug’kabi har xil o’simliklar, hatto o’limtiklar bilan ham oziqlanadi. Bo’rsiq tungi hayvon. Ikki yoshida voyaga yetadi. Yog’i shifobaxsh. Junidan cho’tka qilinadi.
BO’RSIQ QUMLARI — Orol dengizidan shimoldagi qumli cho’llar, Qozog’istonning Oqto’ba viloyatida. Katta bo’rsiq va kichik bo’rsiq qumli cho’llarga bo’linadi. Katta Bo’rsiq qumlarining uzunligi qariyb 200 kilometr, kichik Bo’rsiq qumlarining uzunligi 100 kilometrcha, o’rtacha balandligi 100 metrgacha bo’lib, qator qum tepalari va barxanlardan iborat. Katta Bo’rsiq qumlari va kichik Bo’rsiq qumlari bir-biridan gilli, qumoqli, sho’rxok va taqirli pastliklar bilan ajralib turadi. Tekis yerlarda shuvoq, sho’ra, erkako’t, buta, kserofit o’simliklar o’sadi, qum tepalarining yon bag’irlari yulg’un, quyonsuyak, Qandim va chingilzorlar bilan qoplangan. Qum tepalari orasidagi pastliklarda esa namsevar o’simlik ko’p. Bo’rsiq qumlari chorva mollari bokiladigan bahorgi va kuzgi yaylov.