“BRITISH AMERIKEN TOBAKKO”

“BRITISH AMERIKEN TOBAKKO” (British American Tobacco) — Buyuk Britaniya va dunyodagi eng yirik tamaki monopoliyasi. 1902 yilda tashkil etilgan. “British Ameriken Tobakko” Buyuk Britaniya va AQSh kapitali qo’yilgan monopolistic birlashma bo’lib, asosan tamaki mahsulotlari, shuningdek oziq-ovqat va kosmetika mollari, qog’ozkarton va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Boshqa mamlakatlarda ham sanoat korxonalari, shu jumladan 67 tamaki fkasi mavjud. Bu fabrikalarda 240 turdagi sigaretalar ishlab chiqariladi. Kompaniya Yevropa va O’rta Osiyoda keng ko’lamda faoliyat yuritadi. Jumladan, kompaniya O’zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik o’rnatib, “O’zBAT aktsiyadorlik jamiyati” qo’shma korxonasini (Samarqand tamaki fabrikasi bilan birgalikda) tuzdi (1994). U yiliga 20 milliard dona sigareta ishlab chiqarish quvvatiga ega. Qo’shma korxonaning qurilish va jihozlanish ishlash uchun 100 million dollar investisiya jalb etilgan.