BRITISH BRODKASTING KORPOREYSHEN

BRITISH BRODKASTING KORPOREYSHEN, Bibisi (British Broadcastinq Corporation — VVS) — Britaniya radioeshittirish korporatsiyasi. 1927 yil Londonda tashkil etilgan. 5 dastur (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) bo’yicha radioeshittirishlar berib boriladi; 1936 yildan 2 kanal bo’yicha teleeshittirish ham (umumiy-ommabop va madaniy-ma’rifiy sohalarda) beriladi. Chet elga eshittirishlar (Bibisi Umumjahon xizmati) kecha-kunduz (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda berib boriladi. Bibisining O’zbekiston taxririyati 1994 yil noyabr oyida tashkil etilgan, eshittirishlar o’zbek va rus tilida olib boriladi. 1996 yil mart oyigacha faqat qisqa to’lqinda eshittirishlar berilgan bo’lsa, keyinchalik o’rta va o’rta qisqa to’lqinlarda berilmoqda. Bibisining O’zbekiston tahririyati O’rta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat o’zbek tilidan tashqari qozoq, qirg’iz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. Bibisi jahondagi ko’pchilik davlatlarda keng yoyilgan muhbirlik tarmog’iga ega.