BRITTEN (BRITTEN) BENJAMIN EDVARD

BRITTEN (BRITTEN) BENJAMIN EDVARD (1913.22.11, Loustoft, Angliya — 1976.4.12, Oldboro) — ingliz kompozitori, pianinochi va dirijyor. Britten musiqaning deyarli barcha janrlarida yetuk asarlar qoldirgan: 20 ga yaqin musiqiy-sahnaviy merosidan “Piter Prayme” (1945), “Yoz tunidagi tush” (1960) kabi operalari dunyo teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitor bir nechta asarini ma’rifiy-targ’ibiy maqsadda yaratgan. An’anaviy lotin matni va U. Ouen she’rlariga yaratilgan “Harbiy Rekviem” (1961) 20-asrning ibratli asarlari qatoridan o’rin egallagan.