BROMINDIGO

BROMINDIGO, bromnil — indigo molekulasidagi vodorod atomlari o’rniga brom atomlari kiritib olingan mahsulot; qizilbinafsha rangdan och yashil-ko’k ranggacha bo’lgan yorqin bo’yoqlar. Bromindigoning rangi molekuladagi brom atomlarining soniga va ularning molekulada joylashgan o’rniga bog’liq. Bromindigo gazlamalarni bo’yashda keng qo’llaniladi.