BUNIYOTOV ZIYO MUSO O’G’LI

BUNIYOTOV ZIYO MUSO O’G’LI (1923.21.12, Ozarbayjon, Astara shahri — 1997. 21. 2, Boku) — Ozarbayjon sharqshunosi, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademi (1976), Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari Doktori (1964), professor (1965). 2-jahon urushi Qahramoni (1945). Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori (198186, 198897). Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi vitseprezidenti (1990-97). Buniyotovning ilmiy faoliyati Ozarbayjon va unga qo’shni yaqin va O’rta Sharq davlatlari tarixi hamda madaniyati masalalariga bag’ishlangan. Bunzen Qur’oni Karimning Ozarbayjon tilidagi tarjimoni. U ko’plab o’rta asr tarixchilari asarlarini arabchadan rus tiliga tarjima qilgan. Bunzenning “Xorazmshohlar — anushteginiylar davlati (1097— 1231)” nomli yirik tadqiqoti diqqatga sazovordir. As: Gosudarstvo Xorezmshaxov — anushteginidov (10971231), M., 1986; Krasniy terror, Baku, 1993.